Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
295 Hozirgi vaqtda 10BASE –5 uskunasi deyarli ishlatilmaydi, lekin ba‘zi hollarda uni asosiy tarmoq (Backbone) tashkil qilish uchun ishlatiladi. AUI razyomli tarmoq adapterlarining ulushi hozir 5 % dan oshmaydi. 10BASE2 uskunasi. Ingichka koaksial kabeli yo‗g‗on kabel turidan farqi ikki hissa ingichka (diametri 5 mm atrofida), ancha egiluvchan, montajni amalga oshirish ancha oson, narxi arzon (taxminan uch hissa). Uning asosidagi tarmoqlar ko‗p tarqalganligi taajjubli emas albatta. Ingichka kabelning ham to‗lqin qarshiligi 50 Om va 50 Omli moslashishni ta‘lab qiladi. Agarda yo‗g‗on kabelni albatta devorga yoki polga puxta mahkamlash kerak bo‗lsa, ingichka kabelni osma montaj qilish mumkin, sababi bir xona chegarasida kompyuterlar joyini bemalol o‗zgartirish imkonini beradi. Ingichka kabelning eng katta kamchiligi tarmoq qismining (segment) kam uzunligidir (185 metrgachan). Ba‘zi hollarda tarmoq adapterini ishlab chiqaruvchilari segment uzunligini 200 m yoki 300 metr qilib ko‗rsatadilar. Bunday tarmoq adapterlarini boshqa turdagi tarmoq adapterlari bilan ulab bo‗lmaydi, sababi bu vaziyatda standart bo‗lmagan signallar ishlatiladi. RG-58A/U – ingichka koaksial kabel turi eng ko‗p tarqalgandir. Ingichka kabelda ishlatiladigan uskunalar (4.22 - rasm) yo‗g‗on kabel uskunalariga nisbatan ancha sodda. Tarmoq adapteridan tashqari, kerakli uzunlikdagi kabel, razyomlar, T-konnektorlar va terminatorlardan (bittasi yerga ulanadigan turi) iborat. Har bir juft abonent o‗rtasida ikki uchida BNC turdagi razyomli alohida kabel bo‗lagi o‗tkaziladi. Bu kabel bo‗lagining eng kam uzunligi (abonentlar o‗rtasidagi minimal masofa) – 0,5 metr. Kabel bo‗laklarini o‗zaro ulash uchun ruxsat etilmasa ham BNCI – konnektori (Barrel-konnektor) yordamida ulashni amalga oshiradi. Razyomlarni kabelga kavsharlash usuli bilan ham ulanadi, lekin ko‗pincha maxsus siqish orqali ulaydigan asbob yordamida kabelni razyomga ulash amalga oshiriladi, ammo eʻtibor qilish kerakki siqish asbobi razyom turiga mos ravishda tanlanashi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling