Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

Buzilishga 
barqarorlik
Birlamchi 
SDH 
tarmoqlarining 
kuchli 
tomonlaridan biri buzilishga barqarorlikning turli tuman vositalar to‗plamining 
mavjudligidir, ular tarmoqni tez (o‗nlab milli sekund) qandaydir elementi – aloqa 
yo‗lida, portning yoki multipleksor kartasida, multipleksorning o‗zida buzilish 
sodir bo‗lsa ish qobiliyatini tiklash imkonini beradi. 
SDH da buzilishga barqarorlik mexanizimini umumiy nomi sifatida 
avtomatik himoyaga ulanish (o‗tish) (Automatic Protection Switching, APS) 
atamasi ishlatiladi, bu asosiy elemen buzilganda zahiradagi yo‗lga yoki zahira 
element multipleksoriga o‗tish dalilini aks ettiradi. APS himoyaning bir necha turi 


 
327
mavjut, ulardan eng tanilgani tarmoq ulanishini himoyalash va halqani taqsimlash 
asosidagi himoya. 
Tarmoq ulanishini himoyalash oxirgi nuqtalar o‗rtasidagi ulanishni 
xohishiy topologiyasini tarmoqda o‗rnatishga asoslangan: ishchi va zahiradagi. 
Trafik bu ikki ulanishdan parallel uzatiladi va qabul qilish nuqtasi u qaysi ulanishni 
asosiy deb bilsa o‗sha ulanishdan trafikni oladi. Tanlash SDH kadrida uzatiladigan 
signal sifati haqidagi axborotga asosan amalga oshiriladi. Ishchi ulanishda buzulish 
sodir bo‗lgan taqdirda qabul qilish nuqtasi zaxiradagi kanaldan axborotni qabul 
qilishga o‗tadi, bunda o‗tish juda tez amalga oshiriladi, odatda 50 ms vaqt atrofida. 
Bu usulning kamchiligi uning ortiqchaligida, yaʻni bitta kanal o‗rniga tarmoqda 
ikkita kanal ishlaydi. 
Halqani taqsimlash asosidagi himoya ancha tejamkor, u tarmoqda 
parallel kanallarni yaratmaydi, agarda halqaning qaysidir qismi buzilgan bo‗lsa, 
axborotni orqaga qaytarib yuborishga urinadi. Tabiiyki, bu usul faqat SDH halqa 
topologiyalarida ishlaydi. Qayd qilib o‗tish kerakki, SDH halqa topologiyalari 
ulanishlarni himoyasining joriy etilish nuqtai nazaridan o‗zining tejamkorligi 
uchun juda ham taniqlidir. 
Xatoliklarni tuzatish texnikasi (Forward Error Control, FEC) odatda SDH 
multipleksorlari 2,5 Gbit/s va undan yuqori tezlikda ishlatadi. Bu texnika o‗z-
o‗zini tuzatuvchi kodlarga asoslangan, ―uchib‖ axborot bitlarni o‗zgarishini 
to‗g‗rilashga imkon beruvchi, yani ularni qayta uzatishga murojaat qilmay kodning 
ortiqcha qismidan foydalanish orqali. Bunday texnika xalallar yoki qabul qilish va 
uzatish qurilmalarida nosozliklar bo‗lgan taqdirda axborotlar uzatilishining 
samarali tezligini jiddiy oshirishi mumkin.
DWDM tarmoqlari. Zichlashtirilgan to‗lqinli multipleksirlash (Dense 
Wave 
Division 
Multiplexing, 
DWDM 
– 
uplotnennoye 
volnovoye 
multipleksirovaniya) texnologiyasi yangi avlod optik magistrallarini yaratish 
uchun mo‗ljallangan, ular multigigabitli va terabitli tezliklarda ishlaydilar. 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling