Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichli tezliklar
323 oxiri 1 bayt olinishi kerak bo‗ladi. Kommutator kadrlardagi baytlarni kerakli darajada ―aralashtirib‖ tarmoqdagi abonentlarni talab etilgan ulanishlarni taminlaydi. M2 multipleksori teskari masalani hal qiladi – u kadr baytlarini tanlab oladi va ularni o‗zining bir necha chiqish kanallariga taqsimlaydi, bunda u baytning kadrdagi tartib nomeri chiqish kanalining nomeriga mos deb xisoblaydi. Sinxronlikni buzilishi abonentlarning talab etilgan kommutatsiyasini buzib yuboradi, bu holda slotning nisbiy joylanishi o‗zgaradi, demak manzillangan axborot yo‗qoladi. Shuning uchun TDM qurilmasida turli kanallar o‗rtasida taym- slotlarni operativ ravishda qayta taqsimlashni amalga oshirib bo‗lmaydi. Hatto, agarda multipleksorning qaysidir ishlash siklida kanallardan birining taym-sloti ortiqchalik qilsa ham, chunki hozirgi vaqtda bu kanalning kirishida uzatish uchun axborot yo‗q (masalan,telefon tarmoq abonenti sukutda), bu holda u bo‗sh uzatiladi. Umumiy holda TDM tarmoqlari dinamik kommutatsiyalash ish tartibini yoki doimiy kommutatsiyalash ish tartibini quvvatlashlari mumkin, ba‘zida esa bu ikki ish tartibini ham quvvatlaydilar. Raqamli telefon tarmoqlari tarmoq abonentlarning tashabbusi bilan dinamik kommutatsiyalashni quvvatlaydilar. PDH tarmoqlarining asosiy ish tartibi bu doimiy kommutatsiyalash bo‗lib (kross-konnektor nomi ham doimiy ulanishni aks ettiradi). Odatda PDH ulanishlarini o‗zgartirish (konfiguratsiyalashtirish) boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi, katta bo‗lmagan tarmoqlarda esa uni qo‗lda amalga oshiriladi. Bosqichli tezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali multipleksorlashning juda bo‗sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida namoyon bo‗ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‗oyasi joriy etilgan. To‗rtta T-1 turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil qilinadi, u axborotlarni 6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2 kanalini birlashtirish orqali hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling