Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
41
- sig‗imi: operativ xotira 20–500 Gbayt, diskli xotira 1–10 Tbayt (1 Tbayt 
=1024 Gbayt);
- razryadligi 64–256 bit. 
1996-yili dekabrda Intel firmasi dunyoda birinchi marotaba tezlik bo‗yicha 
teraflopli chegaradan o‗tilgan Sandia superkompyuterini yaratganligi haqida e‘lon 
qildi. Kompyuter 1 soat-u 40 minut davomida suriluvchi vergulli 6,4 kvadrillion 
operatsiyani bajardi. MP LINPAK testidan o‗tgan 1060 Mflops unumdorlikka ega 
tarkibli (konfiguratsiya) kompyuter 57 ta Shkafda joylashgan bo‗lib, u takt 
chastotasi 200 MGs li Pentium Pro protsessorlaridan 7000 ta va operativ xotirasi 
454 Gbayt bo‗lgan. Superkompyuterning oxirgi varianti 1,4 Tflops unumdorlikka 
ega bo‗lib, 160 m2 da joylashgan 86 ta shkafdan tashkil topgan, 573 Gbayt 
operativ xotiraga va 2250 Gbayt disk xotira sig‗imiga ega bo‗lgan. Kompyuterning 
massasi 45 tonna, cho‗qqi energiya iste‘moli 850 kVt ni tashkil etgan. [4],[5] 
1998-yili Yaponiya firmasi NEC Corporation SX-5 superkompyuterini 
yaratganligi haqida xabar berdi, uning unumdorligi 4 Tflops bo‗lib, 512 ta 
protsessordan tashkil topgan va axborot uzatishni 32 Tbayt/s tezligini ta‘minlagan.
2003-yili IBM firmasi tarkibida milliondan ko‗p Pentium III bo‗lgan va 
tezligi sekundiga 1015 operatsiyani bajaruvchi superkompyuter yaratilishi haqida 
xabar bergan.
Juda quvvatli, unumdorligi 42 Tflops bo‗lgan Space Exploration Simulator 
superkompyuteri SGI korporatsiyasi tomonidan NASA (Columbia loyihasi) uchun 
2004-yili yaratilgan. U 10 240 ta (512 tali 20 ta klasterlar) Itanium 2 
mikroprotsessoridan tashkil topgan. 
Dunyodagi eng quvvatli superkompyuterlarning 2005-yildagi reytingida 
IBM kompaniyasining unumdorligi 70 Tflops bo‗lgan Blue Gene/L 
superkompyuteri birinchi o‗rinni egalladi. Bu superkompyuter klasterli tarkibga 
ega bo‗lgan. Blue Gene/L maksimal tarkibi 64 ShKafdan iborat bo‗lib, 
unumdorligi 270 Tflops bo‗lgan. Superkompyuterning keyingi versiyalari Blue 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling