Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.4. Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog‗lanish imkoniyatlari Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik
- Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati
- Ishonchlilik
111 platasida (L2-ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3-uchinchi bosqich kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo‗ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun operativ xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira tashkillashtiriladi (L4-to‗rtinchi bosqich kesh-xotirasi). E‘tiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majudligi ShK unumdorligini taxminan 20% oshiradi. 1.3.4. Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog‗lanish imkoniyatlari Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik. Boshqa kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik-bu kompyuterda boshqa kompyuterning texnik elementlarini va dasturiy ta‘minotini ishlash imkoniyatini berishi tushuniladi. Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati. Ko‗p masalali ish tartibi bir vaqtning o‗zida bir necha dasturlar ustida hisoblashlarni bajarish imkonini beradi (ko‗p dasturli ish tartibi) yoki bir necha foydalanuvchi uchun (ko‗p foydalanuvchili ish tartibi). Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bo‗yicha ustma-ust ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani), bunday ish tartibida kompyuterning samarali unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi. Ishonchlilik. Ishonchlilik–bu tizimning unga qo‗yilgan vazifani to‗liq va to‗g‗ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir. 112 1.4§ Xotira qurilmalari Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira (OZU)dagi barcha ma‘lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda o‗chgan ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi. Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi: - Magnitli saqlash qurilmasi. - Optik saqlash qurilmasi. - Elektr saqlash qurilmasi. Endi har bir turiga qisqacha to'xtab o'tamiz. Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar (ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar) foydalanishadi. Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi: -Qattiq disklar (HDD). -Egiluvchan disklar (floppi disk). -Magnit lentalar. Qattiq diskni (vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham har xil bo'ladi (250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb). Hajmi qanchalik katta bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga tashqi qattiq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling