Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
121 1.4.4. Fayl menedjerlari Fayllar bilan ishlash. Fayl-bu tizimda o‗z nomi va bayoniga ega bo‗lgan mantiqiy bog‗liq yozuvlar majmuidir. Fayl nomidan foydalanib, unga birlashtirilgan ma‘lumotlarga murojaat qilish mumkin. Fayllarda ixtiyoriy axborotni saqlash mumkin. Axborotlarni kompyuter orqali qayta ishlash mumkin. Foydalanuvchilar fayllarga jamlangan ma‘lumotlarni ochishi, o‗zgartirishi, saqlashi, o‗chirishi yoki chop etish qurilmalariga yuborishi mumkin. Fayl nomi va uning tavsiflari maxsus yozuv boshqaruvchisi–fayl belgisida bo‗ladi. Tizimdagi mavjud barcha fayllar, ularni saqlash manzillari bilan birgalikda maxsus katalogga yoziladi, uning yordamida fayllarni nomi bo‗yicha avtomatik tarzda izlash ta‘minlanadi. Faylning to‗liq nomi ikki qismdan iborat bo‗ladi: a) Fayl nomi. b) Nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi. Odatda, fayl nomida fayl kengaytmasi bo‗lishi shart emas. Agar u mavjud bo‗lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlash mumkin bo‗ladi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratiladi. Masalan, Informatika.txt deb nomlangan faylning fayl kengaytmasi-.txt. Bu kengaytma orqali biz faylning matn muharririga tegishli ekanligini bilishimiz mumkin. Fayl atributlari esa, katalogda berib borilayotgan fayl nomi, turi, sanasi va vaqtini aniqlaydi. Papka bu-foydalanuvchilar yaratgan dastur va fayllar saqlanuvchi grafik interfeysga ega bo‗lgan konteyner. Ekranda ushbu ko‗rinishga ega bo‗ladi. Diskdagi dastur va hujjatlarni saralash uchun papka ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda papkada dastur va hujjatlardan tashqari fayllar jamlangan boshqa papkalar ham bo‗lishi mumkin. Fayl va papkalarni nomlashda quyidagi belgilar ishlatilmaydi: /, /, *, ?, :, !, ―, <, >. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling