126
WordPad-Windowsning amaliy
dasturlaridan hisoblanib, mantli hujjatlarni
tuzish, ko‗zdan
kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiladi va
Windows ilovalari guruhiga kiradi.
U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
Pusk->Programmi->Standartniye->WordPad
WordPad yordami ixtiyoriy ko‗rinishdagi oddiy
hujjatlarni juda tez va
sifatli tayyorlash mumkin. Dasturning bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda
bir necha hujjatlar bilan ishlash, ya‘ni ularni qo‗shish, biridan ikkinchisiga kerakli
joyni olib ko‗chirish, harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta o‗lchamda chop
etish mumkin.
Paint grafik muharriri rangli tasvirlar bilan ishlashga mo‗ljallangan. U
quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
Pusk->Programmi->Standartniye->Paint
Ayrim hollarda Paint yorlig‗i WINDOWS ish stoliga ko‗chirilgan bo‗ladi.
Bunday holda Paint yorlig‗i ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni
tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so‗ng ekranda Paint dasturining ishchi
oynasi (darchasi) ochiladi. U bir necha sohalardan iborat.
1.17-rasm. Paint dasturi.
127
Oynaning asosiy qismini ish sohasi egallaydi.
Uning chap yonida uskunalar
paneli joylashgan. Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari
(ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda
panelning tagida
ushbu uskunaning xossalarini qo‗shimcha sozlash uchun darcha paydo bo‗ladi.
Ish sohasining tagida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda
ishlatiladigan ranglar to‗plamini o‗z
ichiga olgan
Do'stlaringiz bilan baham: