Основы пакета
-rasm. Boshqarish jarayonining umumlashtirilgan tarkibiy sxemasi
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
1.19-rasm. Boshqarish jarayonining umumlashtirilgan tarkibiy sxemasi:
1-tashqi omillar (bozor holati, resurslarning mavjudligi va hokazolar haqidagi axborotlar); 2-yuqori tashkilotlardan keluvchi boshqarish haqidagi 2 1 3 4 5 АS Boshqariladigan obyekt (boshqariladigan jarayon) 134 axborotlar, shu jumladan, boshqarishni bajarish maqsadi; 3-boshqarish axboroti; 4- obyekt holati haqidagi axborot; 5-faoliyat haqidagi axborot (teskari ulanish). Katta obyektni boshqaruvchi (firma, korporatsiya) axborot hisoblash tizimining vazifasini tizimlashtirish va tarkibini tahlillash natijasida quyidagi umumlashtirilgan vazifalarni aniqlash va ajratishga imkon berdi: hisoblash–boshqarish tizimini qiziqtirgan sohalarning barchasida axborotlarga o‗z vaqtida va sifatli ishlov berish; kommunikatsion–berilgan joyga axborotni operativ uzatishni ta‘minlash; xabar berish–barcha ko‗rinishdagi zarur bo‗lgan axborotlarga tez ega bo‗lish, qidirish va berishni ta‘minlash (ilmiy, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, tibbiyot, seysmik, texnik va boshqa); saqlash–zarur bo‗lgan axborotlarni uzluksiz yig‗ish, tartibga solish, saqlash va yangilash; kuzatish–boshqarish uchun zarur bo‗lgan tashqi va ichki axborotni kuzatish va hosil qilish; sozlash–boshqarish obyektiga uning ishlashining ko‗rsatkichlari berilgan (rejalashtirilgan) qiymatlardan o‗zgarsa, axborot-boshqaruv ta‘sirini amalga oshirish; optimallashtirish–obyektni ishlash sharoiti va ko‗rsatkichlari o‗zgarsa, maqsadning o‗zgarishi bo‗yicha optimal rejali hisoblashlar va qayta hisoblashlarni ta‘minlash; o„z-o„zini tashkillashtirish–yangidan qo‗yilgan maqsadga erishish uchun AXT ko‗rsatkichlari va tarkibini osonlik bilan o‗zgartirish (shu jumladan ―tadqiqot-loyihalashtirish-tatbiq etish-ishlab chiqarish‖ siklini joriy etish uchun); o„z-o„zini rivojlantirish–boshqarish, ishlab chiqarish va loyihalashtirishning eng yaxshi usullarini tanlashni asoslash maqsadida tajribalarni yig‗ish va tahlillash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling