Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
144
qilishga ancha oson ko‗rsatkich. Ko‗p protsessorli tizimlarda tizimga kiruvchi 
alohida protsessorning qo‗shimcha ko‗rsatkichi sifatida ishlatiladi. Takt 
chastotasini kompyuterning unumdorligi haqida real tasavvur hosil qilish uchun 
ishlatilishi ancha mushkul, chunki ancha qo‗shimcha ko‗pchilik omillarni bilish 
kerak bo‗ladi, masalan, bitta mashina buyrug‗iga to‗g‗ri keladigan taktlarni 
o‗rtacha sonini, konveyerning bosqichlar sonini, superskalyarli protsessordagi 
funksional bloklarning sonini, keshning barcha bosqichlar ko‗rsatkichini va 
hokazo. Bu omillarning barchasini bir vaqtda hisobga olish juda qiyin masala. Takt 
chastotasi, ayiniqsa, ko‗p protsessorli hisoblash tizimlarining unumdorligi haqida 
sust tasavvur beradi. 
 
1.6.2. Cho‗qqi va real unumdorlik 
Hisoblash tizimlarining unumdorligini ko‗p baholash usullari uchun cho„qqi 
(eng yuqori nuqta) va real tushunchalari ishlatiladi. Cho‗qqi unumdorlik–bu 
nazariy yo‗l bilan olingan hisoblash tizimining unumdorligini yuqori bahosi, real 
unumdrolik esa tajriba yo‗li orqali real dasturlarni bajarish vaqtida olinadi. 
Cho‗qqi unumdorlikni hisoblashda, dasturni bajarishda kompyuterning barcha 
qurilmalari o‗z imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatadilar, deb faraz qilinadi. 
Cho‗qqi unumdorlikka deyarli yaqin kelish mumkin, ammo unga real sharoitda 
erishib bo‗lmaydi. Cho‗qqi unumdorlik so‗zsiz har bir hisoblash tizimi uchun 
hisoblanadi, biroq u aniq masalalar uchun erishish mumkin bo‗lgan aniq 
ko‗rsatkich bilan sust bog‗langan, u ba‘zi masalalar uchun 90% bo‗lishi mumkin, 
boshqa masalalar uchun esa faqat 5–10% bo‗lishi mumkin.  


 
145
1.6.3.MIPS va Flops birliklari 
 
MIPS birligi. Hisoblash tizimlarining quvvatini ancha aniq baholash uchun 
vaqt birligi ichida tizim tomonidan bajariladigan mashina buyruqlar sonini 
ko‗rsatishga asoslangan yo‗nalish ishlatiladi. Qayd qilishimiz kerakki, agarda 
barcha tizim tomonidan bajariladigan buyruqlar soni hisobga olinsa, bu 
ko‗rsatkichni ko‗p protsessorli mashinalar unumdorligini baholash uchun ham 
ishlatish mumkin. 
Hisoblash tizimlarining unumdorligini hisoblashdagi bu yondashishda 
baholash MIPS (Million Instructions Per Second–million mashinnix komand v 
sekundu, sekundiga million mashina buyrug‗i) birligida amalga oshiriladi, unda 
kompyuterning quvvati mashina buyruqlarining (ko‗rsatmalar) bajarilish sonini 
bajarilish vaqtining nisbatiga teng. Unumdorlikni baholash usulining farqi 
quyidagicha, markaziy protsessor bajarayotgan hisoblashlarning amallarida 
axborotlar o‗lchami inobatga olinmasligida, yaʻni dastur buyruqlarining butun 
sonli va haqiqiy sonlar ustida bajariladigan amallardan tashkil topgan real 
aralashmasi ishlatiladi. Bu usulni ko‗rinib turgan qulayligi–uning oddiyligi va 
tushunarligidadir. 
MIPS birligining ishlatilishdagi kamchiligi bu natija protsessorning 
buyruqlar tizimiga bog‗liqligi. Shuning uchun turli buyruq tizimiga ega bo‗lgan 
protsessorlarni baholash uchun taqqoslash murakkab. Undan tashqari, ma‘lumki, 
turli buyruqlar protsessor tomonidan turli vaqt davomida bajariladi, turli dasturlar 
o‗z tarkibida ―tezroq‖ va ―sekinroq‖ buyruqlar nisbati turlichadir. Shuning uchun 
bitta kompyuterda turli dasturlar bajarilganda kompyuterning unumdorligi 
haqidagi baholash turlicha bo‗ladi, bu esa ko‗rsatkichni keng miqyosda 
ishlatilishiga to‗sqinlik qiladi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling