Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
139 1.5.3. Ko‗p mashinali va ko‗p prosessorli hisoblash tizimlari Hisoblash tizimi–bu bir yoki bir necha kompyuterlarni yoki protsessorlarni, dasturiy ta‘minotni, tashqi qurilmalarni axborot-hisoblash jarayonini birgalikda bajarish uchun mo‗ljallangan to‗plami. Hisoblash tizimida kompyuter bitta bo‗lishi mumkin, lekin ko‗p vazifali tashqi qurilma bilan birgalikda ulangan bo‗lishi mumkin. Tashqi qurilmaning narxi ko‗pincha kompyuter narxidan ko‗p marotaba ortiq bo‗ladi. Ko‗p tarqalgan bir kompyuterli XT ga misol tariqasida axborotga teleishlov berish tizimini keltirish mumkin. Lekin hisoblash tizimining an‘anaviy varianti ko‗p kompyuterli va ko‗p protsessorli variantlardir. Birinchi hisoblash tizimlari tezlikni va ishlash ishonchliligini oshirish maqsadida hisoblash operatsiyalarini parallel bajarish yo‗lini qo‗llash orqali yaratilgan. Kompyuterning keyingi tezligini oshirishdagi ―to‗siq‖ bu elektromagnit to‗lqinlarining tarqalishini oxirgi tezligi, yorug‗lik tezligi – 300 000 km/s. XT elementlari orasida signallarning tarqalish vaqti elektron sxemalarning o‗tish vaqtidan ancha oshishi mumkin. Shuning uchun operatsiyalarni qatʻiy ketma- ketlikda bajarilishi fon Neyman tarkibli kompyuterga xarakterlidir, bu tarkib esa XT tezligini jiddiy oshirishga imkon bermaydi. Operatsiyalarni bajarilishining parallelligi tizim tezligini jiddiy oshiradi; u shuningdek agarda operatsiyalar ikki martta bajarilsa va ularning natijalari solishtirilsa, ishonchlilikni (tizimdagi bitta kompyuter buzilsa, uning vazifasini boshqa kompyuter o‗z zimmasiga oladi) va tizim vazifasini to‗g‗ri bajarilishini jiddiy oshirishi mumkin. Zamonaviy XT uchun, superkompyuterlardan tashqari, ularning zarurlik ko‗rsatkichlarini asoslashning o‗zi ham boshqacha–foydalanuvchiga axborot xizmatlarini ko‗rsatishning o‗zi va bu xizmatning sifati hamda servisi muhim. Superkompyuterlar va ko‗p protsessorli XT uchun muhim ko‗rsatkich ularning unumdorligi va ishonchliligidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling