Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
135 tadqiqot qilish–korporativ muammolarni ilmiy tadqiqotini, yangi texnika va texnologiya yaratish jarayonini, maqsadli ilmiy-tadqiqot majmua dastur mavzularini hosil qilish va bajarilishini ta‘minlash; bashoratlash–atrof-muhit va obyektlarni rivojlanish ko‗rsatkichlarini va qonuniyatlarini, asoiy yo‗nalishlarini aniqlash; tahlillash–obyekt faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlarini va shu jumladan, xo‗jalik, iqtisodiy ko‗rsatkichlarini aniqlash; sintezlovchi–xo‗jalik, moliyaviy va texnologik faoliyatlarning meyorlarini avtomatizatsiyalashtirilgan ravishda yaratilishini ta‘minlash; nazorat qiluvchi–ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqariladigan mahsulotni va xizmatlar sifatini avtomatizatsiyalashtirilgan nazoratini ta‘minlash; tashxislash–avtomatizatsiyalashtirilgan tashxislash amallari orqali boshqarish obyekt holatini aniqlash (birinchi navbatda texnologik jihozlarni); hujjatlashtirish–barcha zarur hisob-kitob, reja-taqsimot, moliyaviy va boshqa shakldagi hujjatlarni hosil qilish. Qayd qilib o‗tilgan vazifalarini joriy etish uchun mo‗ljallangan AXT yetarli darajada murakkab bo‗lishi kerak va u 3.2-rasmda keltirilgan tizim osti to‗plamiga ega bo‗lishi kerak. 136 1.20 rasm. Korxonani boshqaruvchi axborot hisoblash tizimining (AHT) asosiy tizimostilarining tarkibi. AHT bajaradigan vazifalari bo‗yicha tizim ostilari boshqarish axborotlarini olishning model, usul va algoritmlarini joriy etadi va quvvatlaydi. Bajaradigan vazifalari bo‗yicha tizim ostilarining tarkibi AHT ning ishlatilish sohalariga bog‗liq va boshqarish obyektning xo‗jalik faoliyatining xususiyatlariga bog‗liq. Tizim ostilarining har biri masalalar to‗plamini bajarishni va obektni samarali boshqarishi uchun zarur bo‗lgan axborotga ishlov berish amallarini bajarilishini ta‘minlaydi. 1.20-rasmda ishlab chiqarish korxonalari uchun u tizim ostilarining taxminiy tarkibi berilgan. Axborot tizimi Bajaradigan vazifalari bо‗yicha tizim ostilari Ta‘minlovchi tizim ostilari Tashkillashtirish tizim ostilari Ilmiy texnik tayyorgarlik Biznes-rejalashtirish Operativ boshqarish Moliyaviy menedjment Buxgalterlik hisob Boshqalar Axborot ta‘minoti Texnik ta‘minot Dasturiy ta‘minot Matematik ta‘minot Lingvistik ta‘minot Boshqalar Mutaxassislar bilan taʻminlash Erganomik ta‘minot Huquqiy ta‘minot Tashkiliy ta‘minot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling