Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi va ichki xotira turlari
118 oyna bilan ish amalga oshirilishi mumkin. Bunda faol oyna sarlavhasi to‗q ranglar bilan ajratilgan bo‗ladi. Oynalar orasida ko‗chish quyidagicha amalga oshiriladi: a) ―Sichqoncha‖ tugmalarini faoliyatsiz oynaning yuqori qismida bosiladi; b) ―sichqoncha‖ tugmalarini masalalar panelida faoliyatsiz oyna tugmasida bosamiz; v) ALT+TAB tugmalar kombinatsiyasi yordamida. 2.―Mening kompyuterim‖ obyektidan foydalanish. ―Mening kompyuterim‖ obyekti tarkibining ta‘rifi: ―Mening kompyuterim‖ obyektini ochish uchun- ―sichqoncha‖ chap tugmasini obyekt belgisida 2 marta bosish yoki obyektning kontekstli menyusini chaqirib, ―Ochish‖ buyrug‗ini tanlash kerak. ―Mening kompyuterim‖ obyektida quyidagi asosiy obyektlar joylashgan: 3,5 va 5,25li egiluvchan disklarning disk yurituvchi belgilari (Kompyuterda o‗rnatilgan); bir yoki bir qancha qattiq disklar belgilari; lazer disklarini o‗chish uchun qurilmalar belgisi (agar bu qurilma o‗rnatilgan bo‗lsa); boshqaruv panelining belgisi; printerlar belgisi. Obyektni ochish uchun bu obyekt belgilanib, ―sichqoncha‖ning chap tugmachasi 2 marta bosish bilan (o‗xshash operastiyani obyektning kontekstli menyusini chaqirib ham bajarish mumkin), qattiq disk (Disk S:) yoki egiluvchan disklar (Disk A: yoki Disk V:) disk yurituvchi obyektlarning ochilishi bu obyektlarning ildiz papkasini ochadi. Tashqi va ichki xotira turlari Xotira qurilmasi raqam kodida ifodalangan axbarotni qabul qilish, saqlash va talab qilinganda uzatishga mo‗ljallangan texnik vositalar majmuidir. Odatda, qabul qilish va uzaishni mos holda yozish va o‗qish deb yuritiladi. Yozish va o‗qishni umumiy termin orqali xotira qurilmalariga murojaat deb ham ataladi. Axborot saqlash uchun har xil fizik muhitlardan foydalaniladi. Axborot birligini saqlashga mo‗ljallangan fizik muhit xotira elementi deb yuritiladi. Xotira |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling