Osteoparoz parogenezi va davolash usullari


Chanoq-son bo‘g‘​imi osteoporozi


Download 105.82 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi105.82 Kb.
#1601779
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Osteoparoz parogenezi va davolash usullari

Chanoq-son bo‘g‘​imi osteoporozi
Shifokorlar chanoq-son bo‘g‘imi osteoporozini alohida tur sifatida davolashadi. Lekin uning kelib chiqishi barcha osteoporozlar kabi bir xil. Bu turdagi kasallikning eng xavfli jihati son suyagi bo‘yinchasining sinishidir, yoshi katta insonlarda son suyagi bo‘yinchasi sinishiga aynan shu kasallik sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda son suyagi butunlay harakatdan qoladi. Zamonaviy tibbiyot chanoq-son bo‘g‘​imi osteoporozlarining erta va o‘rta bosqichalarida endoprotez qo‘yish yo‘li bilan davolaydi.
Osteoparoz kasalligini tashxislash

  • Suyaklar va umurtqa pog‘onasi rentgen qilinadi.

  • Densitometriya — suyaklar mustahkamligi ultratovush, rentgen va kompyuter tomografiyasi yordamida aniqlanadi.

Rentgen tekshiruvi kasallikni ilk bosqichda aniqlash imkonini bermaydi. Suyak massasi 20-30 foizga ozayganida ham rentgen buni ko‘rsatmaydi. U faqat keyingi bosqichlarda ish berishi mumkin.
Suyak densitometriyasi suyak massasining aniq miqdorini, mineral zichligini ko‘rsatadi. Buni suyak skriningi deb ham atashadi.
Agar ayol sog‘lom bo‘lsa, densitometriya tekshiruvini 65 yoshdan keyin o‘tkazish lozim. Bu borada shifokorlar yakdil. Ammo yosh bo‘lsangiz-da, shifokor sizda suyaklar mo‘rtlashganini taxmin qilsa, densitometriyani avvalroq o‘tkazish ham mumkin. Bunda shifokordan nimaga asosan sizga ayni shu tashxislash usulini belgilagani haqida so‘rang.
Apparatga tushishdan avval ma’lum tayyorgarlik lozim. Bu tashxis apparati rentgen nurlari vositasida suyak tarkibidagi minerallar miqdorini aniqlaydi. Agar chekka qishloqda istiqomat qilsangiz, markazga borishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kalsiy qabul qilayotgan bo‘lsangiz, tashxislashdan bir sutka avval uni ichishni to‘xtatib turasiz. Aks holda natijalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, osteoporozni tashxislash uchun qonning biokimyoviy tahlili ham amalga oshiriladi va uning tarkibidagi turli gormonlar (estrogenlar, qalqonsimon bez gormonlari), D vitamini, kalsiy, fosfor, magniy kabi moddalar hamda suyak to‘qimalarini parchalovchi, yangilarini yaratuvchi markerlar miqdori aniqlanadi.

Download 105.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling