Osteoparoz parogenezi va davolash usullari


Osteoporoz kasalligi profilaktikasi


Download 105.82 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi105.82 Kb.
#1601779
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Osteoparoz parogenezi va davolash usullari

Osteoporoz kasalligi profilaktikasi
Qariganda osteoporozga chalinmaslik uchun yoshlikdanoq to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish kerak. Kalsiyga boy mahsulotlar — yog‘siz sut, qatiq, gulkaram, baliq, pishloqni ko‘p iste’mol qilish, spirtli ichimliklar va tamakidan tiyilish, faol harakatda bo‘lish tavsiya etiladi. 65 yoshgacha inson kuniga 1000 mg, 65 dan keyin esa 1500 mg kalsiy iste’mol qilishi lozim.
Odatdagi profilaktika choralari ish bermaganda shifokorlar dori vositalariga murojaat etishadi. Ammo unutmang, ularni o‘zboshimchalik bilan yoki har ehtimolga qarshi deya qabul qilish yaramaydi. Chunki har qanday dorining salbiy ta’siri bor. Shunchaki kalsiy qabul qilish bilan esa osteoporozdan qutulib bo‘lmaydi. Chunki uning organizmga so‘rilishi ancha qiyin. Kalsiy va D vitaminini mutanosib tarzda uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa faqat shifokorning qo‘lidan keladi.
Klimaks davrida osteoporozning oldini olish uchun ayollarga estrogen gormoni buyuriladi. Shuningdek, jismoniy tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 40 yoshdan keyin barcha ayollar qalqonsimon bezlar faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazib, lozim bo‘lsa, uni davolash choralarini ko‘rishlari kerak
Download 105.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling