Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi. Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar. Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar. Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi. Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |