Ot-04 Resourse


OTda qo’llaniladigan resurslarni taqsimlash tartibi (qoidalari)


Download 295 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi295 Kb.
#1393677
1   2   3   4   5
Bog'liq
OT-04 Resourse (3)

OTda qo’llaniladigan resurslarni taqsimlash tartibi (qoidalari).

  • To’g’ri xizmat intizomini tanlashda yuzaga keladigan muammolardan biri – bu xizmatni kafolatlashdir. Jarayonning yakunlanishini kafolatlashdan tashqari, tizim uchun yanada qat’iy talab – bu belgilangan vaqt lahzasida yoki vaqt oralig’ida jarayonni tugllanishini kafolatlash hisoblanadi.
  • Xizmatlarni kafolatlashni quyidagi uchta usuldan birida amalga oshirish mumkin:
    • - Jarayonlarning ma'lum bir sinfiga agar ulardan kamida bittasi bajarishga tayyor bo'lsa, protsessor vaqtining minimal ulushini ajratish.
    • - Ba’zi aniq jarayonga agar u bajarishga tayyor bo’lsa, protsessor vaqtining minimal ulushini ajratish.
    • - Ba’zi jarayonga u o’ziga belgilangan vaqtda hisoblashlarini bajarib olishi uchun protsessorni yetarlicha ko’p vaqtini ajratish.

Resurslarni boshqarish masalasi

  • Resurslarni boshqarish, resurs turiga bog’liq bo’lmagan quyidagi umumiy masalalarni yechishni o’z ichiga oladi:
    • - resurslarni rejalashtirish — ya’ni, qaysi jarayonga qachon va qancha sondagi (agar resurs qismlarga ajratilsa) resurs ajratilishini aniqlash;
    • - resurslarga so’rovlarni qanoatlantirish;
    • - resursning holatini aniqlash va qo’llanilishini hisobga olish – ya’ni resursning qancha qismi taqsimlangan, qanchasi band yoki bo’sh ekanligi haqidagi tezkor ma’lumotlarni aniqlash;
    • - jarayonlar o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish.

Resurslarni taqsimlash (dispetcherlash) algoritmlarini solishtirish uchun quyidagi mezonlar qo’llaniladi:

  • Resurslarni taqsimlash (dispetcherlash) algoritmlarini solishtirish uchun quyidagi mezonlar qo’llaniladi:
  • • markaziy protsessorning yuklanishi;
  • • markaziy protsessorning o’tkazuvchanlik imkoniyati;
  • • jarayonning aylanish vaqti (turnaround time);
  • • kutish vaqti (waiting time);
  • • javob vaqti.

Tizimning unumdorligini pasaytiruvchi asosiy sabablar:

  • Tizimning unumdorligini pasaytiruvchi asosiy sabablar:
  • • protsessorning qayta ishga tushishi (o’zgarishi)ga qo’shimcha xarajatlar.
  • • joriy jarayon o’ziga zarur bo’lgan resursda bajarilayotgan vaqtda boshqa jarayonga o’tishi va boshqa jarayonlar o’zlarining muhim resursiga kirishni faol holda kutishi.

Download 295 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling