Ot so’z turkumi Ot so’z turkumi kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’ladi. Narsalarning (kitob), shaxslarning (aka), joylarning (guzar) nomini bildiradi. Otlar tuzilishiga ko’ra 4 turga bo’ladi
Sodda otlar
Qo`shma otlar
Juft otlar
Takror otlar
Sodda otlar
| - Faqat bitta asosdan yoki asos+qo’shimchalardan iborat.
- Sodda otlar ikkiga bo`linadi:
- Sodda tub:
-asos yoki asos+shakl yasovchi qo’shimcha.
M: Temir, temirdan, temirlar, kitob, Nigoraxon, kitob, kitobning, ukajon,gul,gullar,do`ppi,oy, shahar
- Sodda yasama ot;
(morfologik usul, affiksatsiya usuli)
-asos+ot yasovchi qo’sh.
Kitobxon, supurgi, temirchi, aravakash, ochqich, guldon, yotoq, o’roq, bo’yoq, tepki, sanchqi, ijodkor
|
Qo’shma otlar
| - Ikki yoki undan ortiq asosdan tashkil topadi.
- (Sintaktik usul, Kompozitsion usul)
M: toshbaqa, gultojixo’roz.
-Ikkala qismi turdosh ot bo’lgan otlar qo’shib yoziladi.
M: qorbo’ron, asalari
-Ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan joy nomlari qo’shib yoziladi.
M: Mingtepa, Qumqo’rg’on.
-Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi.
M: Markaziy Osiyo, Quyi
Chirchiq, Ko’hna Urganch
|
Juft otlar
|
Ma’nolari bir-biriga qarama-qarshi (aka-uka) yoki ma’nolari yaqin bo’lgan otlardan tashkil topadi. (dori-darmon, orzu-armon, ish-harakat, o’y-hayol, huzur-halovat. Juft otlar chiziqcha bilan yoziladi. Juft otlarlarning qismlari yakka holda qo’llanishiga ko’ra to’rt turga bo’linadi:
- Har ikkala qismi mustaqil qo’llana oladigan juft otlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |