Ot so’z turkumiga oid testlar


Download 19.17 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi19.17 Kb.
#1314634
Bog'liq
Ot so\'z turkumi


Ot so’z turkumiga oid testlar

  1. Qaysi javobda otga xos bo’lgan sintaktik vazifa noto’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Ega vazifasida keladi

  2. Kesim vazifasida qo’llanadi

  3. Undalma vazifasida kelmaydi

  4. To’ldiruvchi vazifasida keladi

  1. Mavhum otlarga –lar qo’shimchasi qo’shilganda , ko’plik ko’rsatkichi qanday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi?

  1. Morfologik vazifani bajaradi

  2. Sintaktik vazifani bajaradi

  3. Leksik ma’noni ifodalaydi

  4. Uslubiy vazifani bajaradi

  1. Ot qaysi so’z turkumidagi so’zlar bilan birika olmaydi?

  1. Ot,sifat

  2. Olmosh,fe’l

  3. Fe’l,ravish

  4. Ot mustaqil so’z turkumlarining barchasi bilan birika oladi

  1. Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat?

  1. Yulduzcha,archa,cho’pchak

  2. Tugunchak,qo’zichoq,kuyunchak

  3. Qizaloq,yalinchoq,qo’g’irchoq

  4. Kelinchak,bo’taloq,kitobcha

  1. Hammasi faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping.

  1. Baxt,ko’z, kitob

  2. Asal,daftar,go’zallik

  3. Quyosh,sut,neft

  4. Ozodlik,bola,qo’l

  1. Birlik sonda predmetlar to’dasini anglatadigan otlar qatorini toping.

  1. Qush,olma, shahar

  2. Ko’chat, ishchi,universitet

  3. Terak,yaproq,avtobus

  4. Xalq,armiya,poda

  1. Juft otlar qanday so’zlardan yasalishi mumkin?

  1. O’zaro sinonim so’zlardan

  2. O’zaro antonim so’zlardan

  3. O’zaro omonim so’zlardan

  4. A va B

  1. Qaysi qatorda faqat birlikda qo’llanadigan otlar berilgan?

  1. Ko’z, qosh, bosh

  2. Uyqu, sevgi, ko’ngil

  3. Un, yog’, suv

  4. Barcha javoblarda

  1. Faqat mavhum otlar berilgan qatorni aniqlang.

  1. Bola, daftar, qishloq

  2. Gul, zafar, shahar

  3. Shodlik,sevgi, kulfat

  4. Yo’l, daraxt,vodiy

  1. O’rin-joy otlari berilgan qatorni aniqlang.

  1. Qo’lyozma, qotishma, qurilma

  2. Yozishma, eslatma, birikma

  3. Qovurma, cho’zma, suzma

  4. Bostirma, tortma, pistirma

  1. Qaysi qatordagi so’zlar faqat otlardan iborat?

  1. Uchqun, to’lqin, bilimdon, qalamdon

  2. Yong’in, toshqin, tuzdon,kuldon

  3. Tuyg’un, keskin, qumdon, xumdon

  4. So’lg’in, turg’un, suvdon

  1. Boshqa turkumga oid so’zlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping.

  1. O’lmas, Aziz, Nodir, Olapar

  2. Asal, Ra’no, Lola, Anor

  3. Alisher, Akram, Rustam, Mosh

  4. Yupiter, Mars, Hulkar, Sotiboldi

  1. Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang.

  1. asal, rayxon, arslon, muhabbat

  2. anor, lola, shirin, to’qson

  3. yetmish, bultur, turdi, ra’no

  4. rentgen, xosiyatxon, michurinchilar, amper

  1. Qo’shma otlar berilgan qatorni toping.

  1. gultojixo’roz, sadarayhon, namozshomgul, muzyorar

  2. sohibjamol, tinchliksevar, o’zbilarmon

  3. allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir

  4. ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq

  1. butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi qatorda?

  1. keksa, qahramon, usta, chol, kampir

  2. mard, kamtar, iltifotli, vafosiz, yaxshi

  3. za’faron, abadiy, o’ychan, qiziqchi, katta

  4. farg’onalik, sharsimon, yozgi, aqlli

Download 19.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling