Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova


Download 56.06 Kb.
bet3/8
Sana05.11.2023
Hajmi56.06 Kb.
#1749778
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
azamat

Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xususiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalardir.
birlik ko`plik
I onam borishim onamiz borishimiz
II onang borishing onangiz borishingiz
III onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i
Kelishik shakllari. Ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doim tobe so`zga qo`shiladi. O`zbek tilida oltita kelishik shakli mavjud
Shavkat Rahmatullayev otlarning morfologik tarkibini taqsimlar ekan, bu uchun oʻzinning modelini berib ketadi. Ya‘ni: ―Ot soʻz turkumi egalik, son, kelishik kabi morfemalarning ot leksemaga ma‘lum qoida asosida birin-ketin qoʻshilishi bilan hosil qilinadi.
Atoqli otlar oʻzbek tili lugʻat tarkibini boyituvchi manbalardan biri boʻlib , tilda avvaldan mavjud boʻlgan soʻzlar asosida hosil boʻladi. Atoqli otlar ham olmoshlardek oʻzining mustaqil atash ma‘nolariga ega emas. Ular faqatgina konteksda biror shaxs yoki predmetni ajratib koʻrsatish uchun qoʻllanuvchi birlikdir. Biroq atoqli otlar oʻz xususiyati va yozilishiga koʻra tildagi boshqa soʻzlardan farqlanadi. Atoqli otlarni oʻrganish orqali oʻquvchilarning soʻz boyligi oshadi, fikrlash doirasi kengayadi.
Chunki ayrim atoqli otlar oʻquvchi tasavvurida boshqacha ma‘no anglatishi mumkin. Masalan, shunday joy nomlari borki, ular faqatgina harakterli: Tomdi, Toʻrtkoʻl, Sardoba, Chorsuv, Beshkapa, Oqbuloq kabilar bir qarashda oddiy soʻzlashuvdagi birliklarga oʻxshaydi. Vaholanki, ular joy nomlarini anglatib oʻsha yerda yashovchilar uchun bir makonning nomi ma‘nosini ifodalaydi. Boshqa joyda yashovchilar esa atoqli otligini ulardan eshitibgina anglashadi. Bunday ma‘lumotlarga ega boʻlgan oʻquvchilarning atoqli ot haqidagi tushunchalari kengayadi. Demak, atoqli otlarni oʻquvchilarga alohida oʻrgatish zaruriyati tugʻuladi. Shundan kelib chiqib atoqli otlarning yasalish usullari va shular asosida yuzaga keladigan modellarini tuzib chiqamiz.
Atoqli ot turdosh ot yoki boshqa turkum leksemasi asosida yuzaga keladi, lekin atoqli otlarning koʻpida ularning asl ma‘nosini tiklash, izohlash imkoniyati yoʻqolgan boʻladi. Tarixiy-etimologik izlanishlar bilangina ularning asl ma‘nosi izohlanadi.
Masalan, Chorsu - atoqli otining qanday ma‘noli qismlardan tuzilganini, shunga koʻra asli qanday ma‘no anglatganini hozirgi oʻzbek tili asosida izohlab boʻlmaydi. Bu kabi atoqli otlarning yasalish modelini tuzishning imkoni yoʻq. Chunki leksema asli tojikcha chahor- (―toʻrt‖) sanoq soni va soʻ- (―yoʻnalish‖) turdosh ot leksemasidan tarkib topgan boʻlib, asli ―toʻrt yoʻnalish‖ ma‘nosini anglatgan. Keyinchalik ana shunday toʻrt yoʻl (koʻcha) boshlanadigan joyning atoqli otiga aylangan. Bu leksema hozirgi tojik tilida turdosh ot sifatida mavjud. Oʻzbek tiliga tovushini u tovushiga almashtirib qabul qilingan (chunki tovushi oʻzbek tilida ikkinchi va undan keyingi boʻgʻinda kelmaydi): chorsoʻ – chorsu (chahor – leksemasi chor – shakliga tojik tilidan oʻzlashgan).
Atoqli otlarning yana bir qismida ular asosida yotgan leksik ma‘noni bemalol izohlash mumkin. Masalan, Olmos atoqli oti ―shaffof, yaltiroq qimmatbaho tabiiy tosh‖ ma‘nosini anglatuvchi olmos turdosh otidan, Oʻtkir atoqli oti ―yaxshi kesadigan‖ ma‘nosini anglatuvchi sifatdan, Тursin atoqli oti tur fe‘lining ―yasha‖ ma‘nosi bilan hosil qilingan buyruq mayli III shaxs shaklining insonga nom sifatida qoʻyilishidan yuzaga kelgan. Bunday atoqli otlar leksik usul bilan hosil qilinuvchi yasalmalarni tarkib toptiradi. Biz yuqorida leksik usulning aslida soʻz yasalish hodisasi emasligi haqida fikr yuritgandik. Shunday boʻlsada, ayrim olimlarning fikriga tayanib ushbi hodisani atoqli otning yasalishi sifatida kiritib ketyapmiz.
MAV+ O‘zbеkistоn yuksаk dаrаjаdа tаrаqqiy
etgаn iqtisоdi bilаnginа emаs, bаlki bilimdоn, mа’nаviy jihаtdаn yеtuk fаrzаndlаri bilаn hаm jаhоnni qоyil qilishi lоzim Bu yuksаk vа ulug‘vоr vаzifаni muvаffаqiyatli hаl etishdа хаlqning milliy mаdаniyati vа o‘zigа хоsligini ifоdа etuvchi vоsitа bo‘lmish o‘zbеk tilinirivоjlаntirish bu tilning dаvlаt mаqоmini izchil vа to‘lа ro‘yobgа chiqаrishning eng zаrur chоrаlаridаn biri sаnаlаdi.1
TADQIQOTNING MAQSADI.
Mаktаb оnа tili tа’limining mаqsаdi o‘quvchilаrning nutqiy fаоliyatini rivоjlаntirishgа qаrаtildi. Оnа tili mаshg‘ulоtlаridа nutqning аsоsiy хоm аshyosi so‘z ustidа ishlаsh, o‘quvchilаrning lug‘аt bоyligini оshirish, so‘zdаn to‘g‘ri vа o‘rinli fоydаlаnish mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish–tа’limimiz оldidа turgаn muhim vаzifаdir.
TADQIQOTNING VAZIFASI:
Ot so‘z turkumini o‘rgatish orqali bolalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish. Ko‘p hоllаrdа оnа tili o‘qituvchilаri o‘quvchilаr nutqidаn nоliydilаr-u, аmmо uning sаbаblаri хususidа puхtа o‘ylаb ko‘rmаydilаr. Buning ildizlаri o‘quvchilаrdа so‘z zахirаsining yеtаrli emаsligidа dеb bilmаydilаr. O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima?gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi – gullamadi, bu – fe’l.

Download 56.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling