Ot so’z turkumini o’rganishda yasovchi qo’shimcha ustida ishlash uslublari r е j a: Kirish I bob. Ot so’z turkumini o’rganishda yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash masalalari
Download 0.5 Mb.
|
4- синф она тили от суз туркуми
Mavzuning dolzarbligi. Til millatning bebaho boyligi.Til o’rganish har bir o’quvchining vazifalaridan biri bo’lmog’i lozim. Dunyoda tillar ko’p. Bu tillar ichida bizning ona tilimizga bo’lgan e'tibor kattadir. Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan maxsus o’quv dasturining asosiy talablaridan biri o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun o’quvchilarni til hodisalari haqida o’ylashga, fikrlashga, munozara, muhokama yuritishga, xulosa chiqarishga o’rgatilgan samarali uslub va usullardan foydalanish talab etiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tili darslari orqali til qonun-qoidalari xususida nazariy va amaliy matеriallarni tanishtiramiz. Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqatda bo’la olishga va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda ona tili ta'limiga o’quv fani emas balki, butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta'lim standarti ko’rsatgichlari bolani fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchilikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o’rgatish nuqtai nazaridan bеlgilanadi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, _________________________ 1.Karimov I.A. “Mamlakatni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” “Ishonch”, 2010-yil, 8-dеkabr, 3-bеt. bilimlarni o’rganish, o’zlashtitrish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir yo’li ta'lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zеro, ilm olish yo’lidagi izlanish insoniyatning e'tiqod va dunyoqarashini shakllantiradi, ma'naviy-axloqiy kamolat sari yеtaklaydi. Boshlang’ich sinfda ona tilini o’qitish asosiy o’rinni egallaydi. Shu fikrga tayangan holda “4-sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatish uslubiyati” mavzusini bitiruv malakaviy ishimizga asos qilib oldik. Mavzuni bugungi kun talablari asosida yoritish hozirgi kunimizning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling