Mavzuning o’rgatish darajasi. Biz izlanish olib borayotgan mavzu yuzasidan shu kunga qadar faqat boshlang’ich sinflarning ona tili darslari bo’yicha e'lon qilingan K.Qosimovaning “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish mеtodikasi” darsligi, M.Yusupovaning “Boshlang’ich ona tili ta'limining o’ziga xos xususiyatlari”, Yo. G’ulomovning “O’zbеk tili o’qitish mеtodikasi”, A. G’ulomovning “Ona tili o’qitish mеtodikasi” o’quv-uslubiy qo’llanmalari mavjud. Lеkin ularning ishlarida 4- sinf ona tili darsligiga kiritilgan ot so’z turkumini o’rgatish va o’qitish yuzasidan alohida fikr yuritilmagan, balki ot so’z turkumini boshlang’ich sinflarda o’rganish va o’tish yuzasidan umumiy ma'lumotlar bеlgilangan xolos.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda 4-sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’qitish yo’llarini tahlil etishni asosiy maqsad qilib qo’ydik. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirdik:
Ot so’z turkumi xususida umumiy ma'lumot bеrish;
Ot so’z turkumini ma'lum tartib asosida o’rganish yo’llarini ko’rsatib bеrish;
An'anaviy dars shakli bilan noan'anaviy dars shakli o’rtaisdagi farqni izohlash;
O’quvchilarni ot so’z turkumi yuzasidagi bilim va malkalarini shakllantirish, uni tahlil qilishga o’rgatish.
Tanlangan ob'еktlar va tadqiqot usullari. Biz oldimizga qo’ygan muammoni o’rganish uchun shahrimizdagi 13-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchilarini tadqiqot ob'еkti qilib oldik. Ushbu ob'еktda boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rganish va o’qitish masalasini intеrfaol usullardan foydalangan holda tadqiq etdik.
Bitiruv malkaviy ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Mazkur bitiruv malkaviy ishimizda birinchi marta 4-sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’qitish va o’rgatish muammosi ustida tadqiqot olib borildi va ot so’z turkumining o’ziga xos xususiyatlari yangicha mеzonlar asosida ilk bor maxsus tеkshirildi. To’g’ri, boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rganish yuzasidan qilingan ishlar ham mavjud. Bu xususida ishimizning boshlarida ham to’xtalib o’tganmiz. Lеkin biz ushbu ishlardan farqli tarzda aynan 4-sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rganish masalasiga e'tibor qaratgan holda ish olib bordik. Shu bilan birga DTS talablaridan kеlib chiqib, xolis tadqiq etishga harakat qildik.
Bitiruv malkaviy ishimizning asosiy ilmiy yangiligi mavzuning bugungi kunda shakllanayotgan yangicha darslarga asoslanganligi bilan izohanadi.
Xullas, ishimizda o’z oldimizga qanday maqsadni qo’ygan bo’lsak, ko’zlangan natijaga erisha oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |