O’t suyuqligining baqa yuragiga ta`siri Toshpti nukus filiali 304-guruh talabasi Ro’zmetov Elyorning


Download 1.31 Mb.
Sana01.06.2020
Hajmi1.31 Mb.
#112670
Bog'liq
O’t suyuqligining baqa yuragiga ta`siri

O’t suyuqligining baqa yuragiga ta`siri

ToshPTI Nukus filiali 304-guruh talabasi Ro’zmetov Elyorning

Patofiziologiya fanidan “yosh patofiziologlar” to’garagida tayyorlagan taqdimot ishi

Reja:

  • Sariqlik patofiziologiyasi;
  • Xolemiya sindromi haqida tushuncha
  • Baqa yuragiga o’t suyuqligini ta’sirini o’rganish tajribasi

Sariqlik


Mexanik – jigar osti sariqligi bo’lib, o’t suyuqligining 12 barmoqli ichakka chiqish yo’lida to’siq paydo bo’lganda rivojlanadi

Parenximatoz – gepatotsitlarning qondan erkin bilirubinni ushlab qolish va glyukuron kislotasi bilan bog’lash qobiliyati buzilishi natijasida rivojlanadi

Gemolitik – eritrotsitlarning ko’p parchalanishi va ko’p miqdorda bilirubin hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, jigar o’z vaqtida uni chiqarishni ta`minlay olmaydi

Sariqlik turlari va ularning farqli jihatlari:


Ko’rsatkichlar

Gemolitik sariqlik

Parenximatoz sariqlik

Mexanik sariqlik

Umumiy bilirubin

Me’yorida / oshgan

oshgan

oshgan

Erkin (bilvosita) bilirubin

oshgan

Me’yorida / oshgan

Me’yorida

Bog’langan (bevosita) bilirubin

Me’yorida

oshgan

oshgan

Urobilinogen

oshgan

Me’yorida / oshgan

Kamaygan / manfiy

Siydik rangi

Me’yorida

To’q rangda

To’q rangda

Najas rangi

To’q rangda

rangsiz

rangsiz

AlAT va AsAT

Me’yorida

oshgan

Me’yorida

Obturatsion sariqlik kelib chiqishi va uning klinik kechishi

Xolemiya

  • Xolemiya – ( yun. Chole-o’t+haima-qon) – qonda o’tning tarkibiy qismalari, ya’ni o’t kislotalari, xususan glikoxolat va tauroxolat kislotalarining paydo bo’lishi natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar majmui. Bu holat mexanik sariqlikda rivojlanadi. Bunda xolaluriya, giperxolesterinemiya, teri qichishishi; o’t kislotalarining sinus tuguniga bevosita ta’siri tufayli bradikardiya, bundan tashqati tomirlar tonusi kamayib, gipotoniya beradi. O’t kislotalarining GEBdan o’tib, adashgan nerv markazi tonusini orttiradi va natijada bradikardiya va gipotoniya kuchayadi. Xolemiya bosh miya po’stloq qismi neyronlari faolligining pasayishi bilan xarakterlanib, ta’sirchanlik va qo’zga’luvchanlik- ning ortishi bilan kechadi. Jigarda protrombin va fibrinogenlarning hosil bo’lishining kamayishi ham xolemiyaga xos, shu sababli burundan, me’da – ichaklardan qon ketishi mumkin.

Xolmiyada organlar va sistemalar funksiyasining buzilishi


xolemiya

Nerv sistemasi

giporefleksiya

Impulslar tarqalishining buzilishi

gomeostaz

Vit. K


II, VII, IX, X faktorlar

geparin


antiplazmin

Kapillarlar rezistententligi

Yurak-qon tomir tizimi

bradikardiya

gipotenziya

xolemiya


Nerv sistemasi

giporefleksiya

Impulslar tarqalishining buzilishi

gomeostaz

Vit. K

II, VII, IX, X faktorlar



geparin

antiplazmin

Kapillarlar rezistententligi

Yurak-qon tomir tizimi

bradikardiya

gipotenziya


Baqa yuragiga yuragiga o’tning ta’siri

tajribasi

Kerakli jihozlar:

  • Kimograflar
  • Engelman richagchasi
  • skalpel
  • Anatomik pinset
  • Ignalar
  • Kyuvetkalar
  • 300 ml 10%li etil spirti eritmasi
  • 25 ml yangi olingan safro
  • 0,65% 500 ml NaCl eritmasi
  • Tajriba hayvoni: qurbaqa.

Tajribani o’tkazish tartibi:

  • Qurbaqa 3-6 daqiqa 10% etil spirt eritmasiga botiriladi. narkoz boshlangandan so’ng ninalar yordamida qorin tomonini yuqoriga qaratgan holda tajriba taxtachasiga fiksatsiya qilinadi. To’sh suyagi ustidan ter kesiladi, to’sh suyagining bir qismi olib tashlanadi va yurak perikarddan ajratiladi, yurak mushaklari tashqariga chiqariladi. Yurak cho’qqisiga sirt paneli ( cерфин) qo’yiladi. Ingichka ip orqali uni Engelman richagchasi bilan biriktirladi va uning yozib oladigan qismi kimograf barabaniga olib kelinadi. Keyin yurak qisqarishlari yozib olinadi. Yurak qisqarishlar chastotasi va uning ampilitudasi diqqat qaratiladi. Pipetka yordamida yurak mushaklariga oldindan 30-40 minut 55-60˚C haroratli suv hammomiga qo’yilgan 3-4 tomchi qoramol yoki cho’chqa o’t suyuqligidan tomiziladi. 3 minutdan so’ng fiziologik eritma bilan yurak mushaklariga tabiiy o’t va izotonik eritmaning avvaliga 1:10, keyin 1:5 va 1:2 nisbatda 3-4 tomchi o’t suyuqligi tomiziladi. Har safar o’t suyuqligi tomizilgadan so’ng yurak mushaklari natriy xloridining iozotik eritmasi bilan yuviladi. Yurak qisqarishlari chastotasi va amplitudasi o’zgarishlariga qarab o’t suyuqligining yurak funksional faolligiga baho beriladi.

Natija va xulosa:

  • Oldindan qizdirilgan o’t suyuqligi yurak faoliyati tormozlanishiga ta’sir qila olmaydi, sababi yuqori temperaturada o’t kislotalari yemiriladi. Ammo native o’t suyuqligi ta’sirida yurakda bradikardiya kuzatiladi va hatto yurak faoliyatining butunlay to’xtashigacha borishi mumkin. Sababi, o’t kislotalari yurakning avtonom tuzilmalari, impulslar hosil bo’lishining I zvenosi bo’lgan sinus tuguniga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi.

Tajriba o’tkazish jarayonidan namunalar

Arterial bosimning o’zgarishi (pastda) va nafas olishning ( yuqorida ) o’zgarishi. Qurbaqaga avval 1ml o’t suyuqligi vena ichiga yuborilganda ( birinchi strelka ) va yana takroran 2,5 ml o’t suyuqligi yuborilganda ( ikkinchi strelka ) qon bosimining tezda tushib ketishi va nafas olishlar soni qisqarishi hamda hayvonning o’limi tasvirlangan.

  • Arterial bosimning o’zgarishi (pastda) va nafas olishning ( yuqorida ) o’zgarishi. Qurbaqaga avval 1ml o’t suyuqligi vena ichiga yuborilganda ( birinchi strelka ) va yana takroran 2,5 ml o’t suyuqligi yuborilganda ( ikkinchi strelka ) qon bosimining tezda tushib ketishi va nafas olishlar soni qisqarishi hamda hayvonning o’limi tasvirlangan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling