10. Faqat turdosh otlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini toping.
A) Ergash, Lobar, Gulchehra, To‘xtamurod B) Juma,
Bahri, Rayhon, Nilufar C) Ulug‘, Suluv, Dilbar, Go‘zal D) Ortiq, Quvonch, Xursand, Vali
11. Mavhum otlarni aniqlang.
A) do‘stlik, baxt, quvonch B) Suhrob, Feruza, shahnoza C) suv, g‘o‘za, shiypon D) bug‘doy, arpa, zig‘ir
12. Atoqli ot haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ayirib ko‘rsatadi B) o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega C) atoqli otlarning ma’lum qismi sifat, fe’l, son turkumlariga oid so‘zlar asosida paydo bo‘ladi D) atoqli otlar ham grammatik jihatdan ko‘plik sonda qo‘llanadi
13. Ismlarning qaysi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakllari lug‘aviy shakllari deb ataladi?
A) ko‘plik qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakllari B) qiyoslash qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakllari C) kichraytirish–erkalash qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakllari D) A,B,C.
14. Yig‘lasa, yig‘lablar ketmaydimi?! gapidagi –lar qo‘shimchasining vazifasini aniqlang.
A) ko‘plikni anglatish B) hurmatni ifodalash C) taxminchamani bildirish D) ma’noni kuchaytirish 15. Faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qatorini toping.
A) Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi B) bola, o‘quvchi, temir, mis C) bo‘ron, qo‘zg‘olon, qo‘l, muallim D) ko‘z, quloq, burun, g‘ildirak
16. O‘zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni ko‘rsatmaydi?
A) kelishik shakli B) egalik shakli
C) birlik va ko‘plik shakli D) egalik, birlik va ko‘plik shakllari
17. Ko‘plik ma’nosi qo‘shimchasiz holda ifodalangan qatorni aniqlang.
A) Har doim sofdil bo‘laylik. B) Ko‘chada bir qancha bola ko‘rindi. C) B,D D) Har rastada ming-ming do‘kon
18. Ko‘plik qo‘shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping.
A) Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko‘k dengizda sadafdek yaltiradi. B) Quvnashdi havasdan ko‘p bilan ko‘ngillar
C) Vatandoshlarim bilan quvonaman D) Kechqurunlari bo‘sh bo‘laman, keling suhbatlashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |