Ot turkumi yuzasidan test savollari:
1. Ot so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya(xususiyat)lar, otlarning yasalishi, ot yasovchi qo‘shimchalar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiya B) morfologiya va sintaksis C)
morfologiya va so‘z tarkibi D) morfologiya va so‘z yasalishi
2. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot turkumiga mansub?
A) kelma, o‘qima, tugma B) gazlama, childirma, ko‘rsatma C) yasama, qaynatma, to‘qima D) yigirma, sekinlama, surma.
3. Qaysi qatorda faqat otlar berilgan?
A) uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon B) yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon C) tuyg‘un, keskin, qumdon, xumdon D) so‘lg‘in, turg‘un, suvdon
4. Qaysi javobda otga xos bo‘lgan sintaktik vazifa noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ega vazifasida keladi. B) kesim vazifasida qo‘llanadi.
C) undalma vazifasida kelmaydi. D) to‘ldiruvchi vazifasida keladi
5. Ot qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar bilan birika olmaydi?
A) ot, sifat B) olmosh C) ravish, fe’l D) ot mustaqil so‘z turkumlarining barchasi bilan birika oladi
6. Ot turkumi uchun asosiy belgi nimadan iborat?
A) o‘ziga xos yasalish tizimiga ega va gapda gapning har qanday bo‘lagi vazifasida kela oladi. B) son, egalik, kelishik kabi grammatik ko‘rsatkichlarga ega C) ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish bilan birika oladi. D) otning asosiy belgisi predmetlik ma’nosini ifoda etish 7. Faqat mavhum otlar qatorini toping.
A) bola, daftar, qishloq B) gul, zafar, shahar
C) shodlik, sevgi, kulfat D) yo‘l, daraxt, vodiy 8. Mavhum otlar qatorini toping.
A) uyqu, jahl B) soch, kiprik C) quyosh, tutun D) gul, orzu
9. Atoqli ot asosida paydo bo‘lgan turdosh otlar qatorini toping
A) asal, rayhon, arslon, muhabbat B) anor, lola, shirin, to‘qson C) etmish, bultur,turdi, ra’no D) rentgen, xosiyatxon, michurinchilar, amper
Do'stlaringiz bilan baham: |