O‘ta kam miqdordagi gazsimon suyuq va qattiq moddalarni aniqlash qobiliyatiga EGA bo‘lgan
Download 15.39 Kb.
|
biosensor
O‘ta kam miqdordagi gazsimon suyuq va qattiq moddalarni aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, yuqori sezgir biologik tabiatli, sun’iy elementlar – biosensorlar deb ataladi. Ulardan sog‘liqni saqlash, tabiatni muxofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishlarida analitik datchik uskunalar sifatida foydalaniladi. Biosensorlar – biologik molekulalarning yuqori darajadagi tanlash (ajratish) vasezgirlik bilan boshqa moddalarni aniqlash va yangi xususiyatlar namoyon etishiga olib kelib kompleks hosil qilish xususiyatlariga asoslanadi. Modomiki, tirik tabiatda biomolekulalar son-sanoqsiz va ulardan juda ko‘plari moddalarni aniqlash, tanlash xususiyatiga egadir. Bu esa biosensorlarning bitmas-tuganmas manbalaridan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Birinchi biosensorlar amerikalik olimlar L.Klark va X.Lionslar tomonidan 1962 yilda taklif etilgan edi, va shundan keyin ulardan ommaviy foydalanila boshlandi. Biosensorlardan meditsinada va kimyoviy texnologiyada moddalarni keng miqyosda aniqlashda qo‘llanila boshlandi. Masalan: uglevodlar, mochevina, kreatinin, laktat, spirt, askorbat, aspirin, aminokislotalar va ko‘pgina boshqa moddalar miqdorini o‘ta aniqlik bilan o‘lchash uchun biosensorlardan foydalanib kelinmoqda.. Hozirgi vaqtda biosensorlardan gazlar va engil uchuvchan mahsulotlarni aniqlashda foydalanishni sanoat miqyosida ishlatish usullari amaliyotga tadbiq etildi. Biosensorlarni asosiy biotexnologik elementi sifatida ko‘pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi. Elektrokimyoviy, kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza, peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda. Gazli fazada biosensorlarda formaldegidgidrogenazalar (formaldegid juftini aniqlash uchun) va xolinesterazalardan (fosfororganik pestitsidlarni aniqlash uchun) muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Keyingi vaqtda biotexnologiyaning bu sohasida asosiy o‘rinlardan birini biosensorlarning yangi avlod iimmunosensorlar egallay boshladi. Biosensorlarning biologik retseptorlarning turli xil elektrodlar birikmalarini yaratish kata istiqbolli va yangi yo‘nalishdir. Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadro ximikatlarni aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi ko‘rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o‘zidagina AQSH da biosensorlar ishlab chiqarish umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. Mutaxassislar ta’kidlashlaricha bu usuldan foydalanish YAponiya va Evropa davlatlaridahamkengtarqalmoqda. Biosensor qanday ishlaydi? Biosenosrning ishlash pritsipi juda oddiydir. Aniqlanayotgan modda yarim o‘tkazgich membrana orqali fermentativ reaksiya kechadigan biokatalizatorning yupqa qatlamiga diffuziya qilinadi. Bu xolatda fermentativ reaksiya maxsuloti elektrod yordamida aniqlanganligi uchun, elektrod yuzasida ferment biriktirilgan bo‘ladi, va bunday moslama fermentativ elektrod deb ataladi. SHunday qilib “biosensor” va “fermentativ elektrod” bu xolatda sinonimlardir. SHuni ta’kidlash lozimki, fermentativ reaksiya xarakteri, ferment tabiatiga va katalitik ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Fermentlar orasida oksidoreduktazalarni, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini amalga oshiruvchi, gidrolazalarni, gidrolizni katalizlovchi, transfarazalar – atsil, glikozid va x.k. funksional guruxlarni tashuvchi fermentlarni ko‘rsatish mumkin. Xozirgi vaqtda ko‘pgina fermentlarni topish oson bo‘lib, ko‘pgina ferment ishlab chiqaruvchi firmalarning kataloglarida nomlari keltirilgan.SHuni alohida ta’kidlash kerakki, biosensorlarni konstruksiyalashda ferment ta’sirini davomiyligini oshirish asosiy vazifa xisoblanadi. Gap shundaki, nativ ferment o‘z faolligini qisqa vaqt davomidagina saqlab turadi, shuning uchun fermentlarni immobillash degan usul yaratilgan. Maxsus reagentlar yordamida fermentlarni immobillash jarayonida, ferment adsorbentlar yuzasiga “biriktiriladi”, masalan seminagel, ko‘mir yoki sellyuloza yuzasiga yoki g‘ovak polimer plyonkasiga kiritiladi, yoki kimyoviy bog‘lar bilan kovalent bog‘lanadi. Bunda ferment birikib, xarakatsiz bo‘lib qoladi, bu qatlamdan yuvilib ketmaydi, buning katalitik ta’siri saqlanib qoladi. Ko‘rinib turibdiki fermentlarni immobillashda turli usullardan foydalaniladi, shu bilan birga kombinatsiyalangan usullardan xam. Biosensorlardan qaerlarda foydalaniladi Xozirgi vaqtda eng keng tarqalgan biosensor bu qondagi glyukozani aniqlash uchun immobillangan glyukozoksidaza asosidagi ampermetrik biosensordir. Xozirda glyukozani aniqlash uchun ko‘pgina biosensorlar yaratilgandir. Glyukozaga nisbatan biosensorni ishlash prinsipi oddiydir. Platinali katoddagi kislorodni tiklanish oqimi kislorod konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Substrat ishtirokida (masalan, taxlil uchun qondagi glyukoza) fermentativ reaksiya O2 konsentratsiyasini pasaytirdi. SHunday qilib, kislorodni tiklanish oqimi substrat konsentratsiyasi proporsional ravishda kamayadi. Bunday tipdagi biosensorlarning ustunligi shundaki, ular avvalam bor yuqori selektiv xususiyatga egadir. Bunday biosensorlarning tanlovganligi glyukozoksidazaning yuqori spetsifikligi bilan belgilanadi. SHu bilan birga fermentativ jarayon komponentlari ishtirok etuvchi reaksiyaning elektrokimyoviy tabiati bilan xam belgilanadi. Umuman olganda oksidazalar – ferment sinfi ma’lum substratlarga nisbatan yuqori spetsifik xisoblanadi. Download 15.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling