Otaqulova sarvinoz fozil qizining


II BOB. ALISHER NAVOIYNING TARIXIY VA EPIK ASARLARIDA BAHROM GO’R OBRAZI


Download 132.54 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi132.54 Kb.
#1500886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DISSERTATSIYA2

II BOB. ALISHER NAVOIYNING TARIXIY VA EPIK ASARLARIDA BAHROM GO’R OBRAZI
2.1 ” Tarixi mulki ajam” da Bahrom Go’r qiyofasining yoritilishi
Buyuk alloma Alisher Navoiy mamlakat ijtimoiy-siyosiy ahvoli, hukmdorlarning axloqiy sifatlari aks ettirilgan “Tarixi Mulki ajam” asarini yozish bilan adabiyot olamida birinchi bor tarixiy-badiiy, didaktik xarakterdagi asar yuzaga keldi. Shoir yirik sulola vakillarining qiyofasini yaratish orqali zamona hukmdorlarini adolatli, xalqparvar bo’lishga chorlaydi. Hukmdorlar obrazlari Navoiyning “Xamsa”si va boshqa she’riy asarlarida ham keng ko’lamda tasvirlanganligini ko’rishimiz mumkin. Lekin ularda tarixiy haqiqat bilan bir qatorda badiiy to’qima voqealar ham o’rin olganligi uchun “Tarixi mulki ajam” asari hayotiy haqiqatga egaligi va kuchli ijtimoiy siyosiy, axloqiy tarbiyaviy g’oyalarga boyligi bilan shoirning hukmdorlar qiyofasi ochib berilgan boshqa asarlaridan ustun turadi. Eng muhimi, asardagi barcha qahramonlar shunchaki obraz sifatida emas, balki tarixiy shaxs qiyofasida namoyon bo’ladi. Buni esa asarning ortiqcha badiiy-estetik vositalarsiz, xalqona va sodda tilda yozilganligi bilan izohlashimiz mumkin.
Asarda jamiyatda adolatni qaror toptirish, mamlakatning har tomonlama gullab-yashnashi bevosita odil va ilm-ma’rifatli, zakovatli shohlarga bog’liq degan g’oya ilgari surilgan. Alisher Navoiy ushbu asarida forsiy hukmdorlarning shaxsiy hayoti, oilasi va qayerlarga yurish qilib, qaysi o’lkalarni bosib olganligi haqidagi ma’lumotlarni aks ettirmaydi. Aksincha, ularning el manfaatlari va xohish-istaklarini hisobga olgan holda olib brogan odilona siyosati, ilm-u fan taraqqiyoti yo’lida amalga oshirgan ishlarini tasvirlashga urg’u beradi. Bu borada esa ijodkor o’zidan oldin yaratilgan tarixiy asar va manbalarga tayanadi, ularni qiyoslagan holda o’rganib, o’zining yakuniy, yakdil xulosalarini beradi.
Biz dissertatsiyamizning bosh mavzusi va g’oyasini tashkil etuvchi Bahrom Go’r obrazi, umuman, Erondagi sulolalar hamda sulolalar davrida hukumronlik qilgan podshohlar tarixi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan, shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul boqiya”, Alisher Navoiyning “Tarixi mulki ajam” nomli tarixiy kitoblaridan bilib olishimiz mumkin. “Shohnoma” va “Tarixi Mulki ajam”da Eron tarixida to’rt yirik sulola, ya’ni Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylardan chiqqan hukmdorlar mamlakatni boshqarganligi ta’kidlab o’tilgan. Ayni paytda Alisher Navoiy Peshdodiylardan o’n birta, Kayoniylardan to’qqizta, Ashkoniylardan va Sosoniylardan juda ko’p shohlar o’tganini, ulardan faqat ba’zilarini keltirganini alohida aytib o’tadi. Bu jihatidan Navoiy bergan ma’lumotlar Firdavsiy keltirgan fikrlar bilan baqamti bo’lsa, Beruniyning “Osor ul boqiya”sidan ba’zi o’rinlarida farqlar ko’zga tashlanadi. Chunonchi, Firdavsiy va Navoiy to’rt sulolani sanab o’tgan bo’lsa, Beruniy Kayoniylar sulolasi haqida umuman to’xtalmay, ikkinchi sulola sifatida ashkoniy podshohlar haqida ma’lumot berib, o’z fikrlarini Hamza Abisto, Abul Faraj, Muhammad az Zuhliy, Firdavsiyning “Shohnoma”, Moniyning “Shoburaqon” kabi kitoblarida keltirilgan ma’lumotlar bilan qiyoslab, yakuniy xulosalarini berib o’tadi.
Beruniy dastlabki peshdodiylar sulolasining tashkil topishi bo’yicha Muhammad az Zuhliyning fikrlariga tayanib, quyidagi afsonaviy ma’lumotni bayon etadi. Unga ko’ra, inson paydo bo’lganda dastlab yomon insonlar yaxshi insonlarga nisbatan zulmni kuchaytirib, ular ustidan hukmronlik o’rnatadilar. Bu holatdan xabar topgan Peshdod ismli adolatli podshoh yaxshi insonlarni yomonlar zulmidan qutqarib, Firdavs nomli shaharga ko’chirib keladi. Bu o’lka Adandan Sarandibgacha bo’lgan hududni qamrab olganligi aytiladi. So’ng Peshdod ota-onasi ma’lum bo’lmagan ikki bola topadi va ularni o’z qaramog’iga olib, biriga Mish, boshqasiga Mishona deb nom qo’yadi. Voyaga yetgach ularni qo’shadi. Keyin ular xato ish qilib qo’yib, Peshdod ularni mamlakatdan quvganligi haqidagi afsonalar keltiradi. Muhammad az Zuhliy bu borada shunday degan: “ Odamlarning Firdavsga tushishlaridan to Ifrit (yomonlar shohi) ulardan xabardor bo’lgunicha bir yil, Misho va Mishonani uchratgunicha ikki yil, ularni bir-biriga qo’shgunicha qirq bir yil, ikkovi halok bo’lgunicha o’ttiz yil, Peshdod halok bo’lgunicha to’qson to’qqiz yil o’tgan”7 Beruniyning Zuhliy asariga asoslanib bergan yuqoridagi fikrlari haqiqatdan yiroq bir afsona. Alisher Navoiy esa o’zining asarida iloji boricha o’z fikrlarini tarixiy faktlarga asoslangan holda bayon etadi. Bu jihatidan mazmun-mohiyati Firdavsiyning “Shohnoma” asariga yaqin turadi. Alloma Erondagi to’rt saltanatni sanab o’tar ekan. Dastlabki saltanat Peshdodiylar ekanligini aytib, uning birinchi hukmdori deb Qayumarsni alohida ta’kidlaydi, unga saltanat yaratishdek ulkan va mashaqqatli ishni boshlab bergan shaxs sifatida yuksak baho beradi va har bir sulola podshohlarini xronologik ketma-ketlikda turli mubolag’a va bo’rttirishlardan ayri holda, tarixiy haqiqatga muvofiq tasvirayldi. Shoir, shuningdek, to’rtinchi, sosoniylar hukmdorlariga to’xtalib, jami sakkizta Bahrom ismli shohni sanab o’tadi. Ularning alohida sifatlarini ochib berishga harakat qiladi. Adolatli podsholar, ularning amalga oshirgan ezgu ishlari va ularning tarixda qoldirgan nomlari Sharq xalqlari ijtimoiy onggida va, xususan, adabiyotida qanday katta iz qoldirgan bo’lsa, adolatsiz va zolim shohlarning xalqqa qilgan zulmlari ham tarixga ana shunday raqam qilingan.
“Sharq adabiyotidagi an’analariga ko’ra “adolatli shoh” va “zolim shoh” dilemmasi, antagonizmi ko’pincha qadimgi Eron shohlari misolida ko’rib chiqilgan”8. Butun umrini el yurt farovonligi yo’lida ezgu ishlarga baxsh etgan, ulug’ shoir, mutafakkur hamda yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning odil hukomronlik to’g’risidagi qarashlari hayotiyligi bilan hamon qadrlidir. Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Saddi Iskandariy” dostonlarida o’z orzusidagi odil podshoh timsolini yaratadi va shunday podshohning siyosati tufayli vujudga kelgan kuchli davlatchilik g’oyalarini tarannum etadi. Shu bilan bir qatorda shoir Qur’on g’oyalari asoslangan holda “ Podshoh Allohning yordamchisi, Alloh unga bu vazifani to’g’rilik hamollik odillik bajarishni topshirgan” (Alisher Navoiy, 2000: 232), deya ta’kidlaydi. Navoiy nazaridagi hukmdor mamlakatni adolat bilan boshqarishi, qa’tiyatli bo’lishi, siyosat yuritish va hukm chiqarishda ehtiroslarga berilmay, aql ovoziga quloq tutishi, zarur o’rinlarda kechirishni bilishi, ya’ni nohaqdan tumat bilan aybdor deb topilgan kishilarga adolatpeshalik qilishi, hech qachon qalbida kir, adovat saqlamasligi, xolis bo’lishini, har biri ishini kengash asosida qilishi, doimo el-yurt ahvolidan, kayfiyatdan boxabar bo’lishi, davlat ahamiyatiga molik har bir ishini o’z vaqtida hal qilishini lozim deb hisoblaydi. Alisher Navoiy davlat va shohlarni ikki qarama-qarshi qutbga – adolatli va adolatsiz tabaqalarga ajratadi. Adolatsiz davlat, shoh insonlarga zulmu zo'rlik olib kelsa, adolatli davlat, shoh kishilarga baxt-saodat keltiradi. Navoiy davlat apparatining yagona mexanizmdan iborat bo'lishini ochib beradi. Shoirning aytishicha, davlat boshlig'i – shoh qanday bo'lsa, uning qo'l ostidagi mulozimlari ham xuddi shunday bo'ladilar. Agar shoh adolatsiz bo'lsa, uning vaziri, beklari, mirshabu qozilari ham adolatsiz bo'ladilar va aksincha, agarda shoh adolatli bo'lsa, uning mulozimlari ham shunga monand bo'lishadi. Navoiy adolatli shohlarni insonlarga tenglik, ozodlik, do'stlik olib keluvchi birdan-bir kuch deb qarab, shunday hukmdorlarni orzu qiladi, olqishlaydi. Adolatli shoh uning idealiga aylanadi.
Alisher Navoiy «Tarixi muluki ajam» asarida adolatli podshohlar haqida so’z yuritar ekan, zolim shohlar tarixiga, o’tmishiga murojaat qilib, ular haqida alohida to’xtalib o’tishni ham lozim ko’radi. U zolim shohlar qismatini tasvirlash, xatolarini qayd etish orqali zamona hukmdorlarini ogohlikka, hushyorlikka chorlaydi. Podshohlarning g’ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka, shaxsiy manfaatlarga berilishi oqibatida mamlakat va xalqni yomon ahvolga solib qo’yishini ko’rsatib beradi. Masalan, Bahrom Go’r odil shoh bo’lsa ham sharob ichish va kiyik ovlashni yaxshi ko’rib, shunga berilishi natijasida mamlakatni dushman bosib oladi. Navoiy Bahrom Go’r to’g’risida so’zlab kelib, birdan Husayn Boyqaroning Yodgor Muhammad bilan urush qilib, Navoiy yordamida Hirot taxtini qanday qilib qo’lga kiritganiga o’tadi: “…Abulg’ozi Sulton Husayn Bahodirxon xalladallohi mulkahug’a muyassar bo’ldikim, bu nav ish qildi. Va aning mujmali budurkim, ul hazrat Xuroson taxtin olg’ondakim, hanuz mulk to’xtamaydur erdi, Yodgor Muhammad Mirzokim, mulk vorisi erdi…” (Alisher Navoiy, 2000: 236). Bu bilan Navoiy tarixiy shoh Bahromni Husayn Boyqaro bilan bog’lab ko’rsatadi.
“Sab’ai sayyor” dostonining oxirida Bahrom Go’rni ochiqdan-ochiq Sulton Husayn Boyqaroga o’xshatishini yodga olsak, “Tarixi muluki Ajam”da faqat Bahrom Go’r to’g’risidagina emas, balki hamma podshohlar haqidagi fikrlar, avvalo Sulton, qolaversa, uning o’g’illariga qaratilganligiga ishonch hosil qilamiz. Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” (“Arab bo‘lmagan shohlar tarixi”) asari o‘z davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va Turon mulkida hukmronlik qilgan to‘rt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi. An’anaga muvofiq tarix Odam Ato (a.s.) davriga bog‘liq ravishda talqin qilinadi.
Alisher Navoiy mazkur asarda Abdulxayr Nasiriddin Abdulloh bin Umarning “Nizom ut-tavorix”, Banokatiyning “Jome’ ut-tavorix” va “Devon un-nasab”, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliyning “Nasihat ul-muluk” , peshdodiylar podshosi Hushangga nisbat beriluvchi “Jovidoni xirad”, Bu Ali Miskavayhning “Odob ul-arab va al-furus”, Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning “Tarixi guzida” , Sharafiddin Ali Yazdiyga nisbat beriluvchi “Muntaxab” kabi manbalardan foydalanadi va ko'plab ma’lumotlarni shu asarlardan olganini aytib o‘tadi. Risolada shoirlardan Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma”siga ko‘proq murojaat qilinadi. Navoiy Iskandar haqidagi qissada xamsanavislar: Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviylarning qarashlarini ham keltirib o‘tadi. Alisher Navoiy masalaga nuktadon muarrix - tarixchi olim sifatida yondashar ekan, har bir ma’lumotning aniq va asosli bo'lishiga alohida e’tibor qaratadi. Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, ashkoniy sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami to‘rt suloladan 63 hukmdorning nomlari, ularning tarjimai holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir ma’lumotlarni taqdim etadi. Deyarli har podshoh qissasidan keyin an’anaga 221 muvofiq “she’r” nomi ostida qissa mazmuniga uyg‘un baytlar ilova qiladi. Bundan tashqari, to'rt sulola hukmdorlari haqidagi qissalarning so‘ngida ham umumiy yakunlovchi masnaviylar mavjud. Alisher Navoiy mazkur asarida tarixga oid juda qiziqarli va ahamiyatli ko‘plab ma’lumotlarni beradi. Balx, Bobil, Nishopur, Marv, Samarqand va yana o‘nlab shaharlarni bunyod qilgan shohlar, Navro‘z bayramining kelib chiqishi, ro'zaning paydo bo'lishi, butparastlikning sabablari bilan bog‘liq voqealar shular jumlasidandir. Navoiy shohlar haqida so‘zlar ekan, adolatli sultonlarni olqishlaydi, ularning xayrli taqdirini mamnuniyat bilan hikoya qiladi. Masalan, peshdodiylar sulolasining vakili Hushangni “xiradmand va odil va olim podshoh erdi” deb ta’riflar ekan, uning birinchilardan bo‘lib mamlakatni ilm va qonun bilan boshqarishga uringani, “Jovidoni xirad” nomli asar bitgani, toshdan temir chiqargani, yog‘ochdan uylarga eshik yasagani, ariqlar chiqarib, yurtni obod qilgani, shaharlar barpo qilgani va doim ibodatda bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, Navoiy asarda ba’zi podshohlarning ayanchli kechmishiga ibrat nazari bilan boqishga undaydi. Masalan, Jamshid haqidagi hikoyada shoh Jamshid dastlab adolatli hukmdor bo‘lganligini, ko‘plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganligini, 40 minordan iborat binolar bitgach, katta bazm uyushtirib, o‘sha kun “Navro‘z” deb atala boshlaganligi haqida ma’lumot berib, keyinchalik Jamshidning o‘z qudratiga ishonib, kibr-u havoga berilganligini va odamlardan o‘ziga sig‘inishini talab qilganligini, oqibatda, ayanchli o‘lim topganligini aytib o‘tadi. Alisher Navoiy No‘shiravoni odil haqida ma’lumot berar ekan, uning sosoniylar sulolasiga mansub o‘n to‘qqizinchi hukmdor ekanligini, otasining ismi Qubod bo'lganligini aytib, No'shiravonning adolatiga alohida urg‘u beradi va bir qator mashhur hikoyatlarni ilova qiladi. Hikoyatlardan birida aytilishicha, No‘shiravon davrida bir kishi bog‘ sotib oladi. Bu bog‘dan xazina topib olgach, bog4 sotgan kishining oldiga borib, oltinlarni unga bermoqchi bo‘ladi. Bog‘ni sotgan odam: “Bog‘ga qo‘shib, yerni va undagi hamma narsani senga sotganman, oltinlar senga tegishli” , deb javob beradi. Ularning 222 bu “mojarosi” No‘shiravonning qulog‘iga ham yetib boradi va u ikki kishini chaqirib, quda bo‘lishni va xazinani barpo etilajak yangj oilaga berishni maslahat beradi. Bu hikoyatda hukmdor adolatli bo‘lsa, xalqda ham insof-u iymon bo‘ladi, degan falsafiy xulosa mavjud. Alisher Navoiy Iskandar haqida to‘xtalar ekan, uning tarixi ixtilofli ekanligini aytadi va garchi u kayoniylar sulolasi vakili sifatida keltirilsa-da, bu borada ham turli taxminlar mavjud, deb ta’kidlaydi.
Shoir Iskandar va uning tug‘ilishi, nasl-nasabi to‘g‘risida fikr yurita turib, Xusrav Dehlaviyning “Oyinayi Iskandariy” va Nizomiy Ganjaviy “Iskandarnomasi”dagi ma’lumotlarni o‘zining “Saddi Iskandariy”sida keltirgan ma’lumotlari bilan qiyoslaydi. 0 ‘rtadagi farqlarni aytib o‘tadi. Samarqand, Hirot, Marv va Isfahonni Iskandar bunyod qilgani bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham keltirib o‘tadi. Navoiy nomlarini keltirgan 63 hukmdor ichida uch ayol podshoh ismi ham tilga olingan bo‘lib, ulardan biri kayoniylarning oltinchi hukmdori Humoy yoki Humondur. U kayoniylar hukmdori Bahmanning ayoli bo‘lib, shoh vafot etganda homilador edi. Bahman jon berish paytida tojini ayolining qorniga qo‘yadi va olamdan o‘tgach, arkoni davlat Humoyni podshoh qilib ko‘taradi. Humoy o‘g‘il farzand ko‘rgach, saltanatga mehri zo‘rligi yoki o‘g‘lining xavfsizligini o‘ylab, uni sandiqqa solib daryoga oqizadi va sandiqqa o‘g‘lining podshohzoda ekanini anglatuvchi yoqutlarni ham soladi. Taqdir taqozosi bilan o‘g‘li ulg‘ayib, onasini topadi. Humoy unga davlat boshqaruvini topshiradi. Alisher Navoiy tilga olgan keyingi ikki ayol podshoh sosoniylarning 27- va 28-hukmdorlari Turonduxt va Ozarmduxtdir. Shoir ularning taxtga chiqishi va hukmdorlik davri bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni keltiradi. Bu ikki ayol podshoh opa-singil bo‘lib, 23-podshoh Xusrav Parvizning qizlari edi. Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon bo‘ladi. Asardagi yuzlab geografik nomlar, ko'plab shaxslarning ismi sharifi hamda voqealarning keltirilishi muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi. Asarning xotimasi masnaviy tarzida bo‘lib, 50 baytdan iborat. Unda Navoiy bevosita Shoh G‘oziy - Sulton Husayn Boyqaroga murojaat qiladi. Uning adolati va saxovatini, inson sifatidagi yuksak xulqini madh qiladi. Shohni yagona javharga qiyoslaydi va shuning uchun ham unga “Nazm ul-javohir” asarini bag‘ishlab yozganini aytadi. Va aynan Husayn Boyqaro tarixini bitish niyati borligini bildiradi:
Va le azmim emdi budurkim xudoy agar bo'lsa umrumg’a muhlatfizoy.
Chekib turfa tarixingga xomani, Qilib nuktag'a tez hangomani.
Shu tariqa xotima-masnaviyning so‘nggi baytlarida Navoiy shohsiz jahonga omonlik bo'lmasligini aytib, Husayn Boyqaroga yaxshi tilaklar bildiradi, duosini yo'llaydi va o‘zi ham duolardan umidvor ekanini aytib, asarni yakunlaydi. Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asari buyuk mutafakkirning tarixchi olim sifatidagi yana bir muhim qirrasini ochish bilan birgalikda Sharq xalqlarining tarixidan kengroq xabardor bo'lish imkoniyatini beradi. Bahrom Go’r yoki Varaxran V (shohlik yillari 421 — 438) — Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning oʻgʻli. Yaman podshohi Nuʼmon va uning oʻgʻli Munzir tarbiyasida oʻsgan. Yazdigard zulmidan bezor boʻlgan xalq u va-fot qilgandan soʻng Ardasher nasliga mansub Kisro (baʼzi manbalarda Xisrav, Xusrav)ni taxtga koʻtaradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorla-maslik va mamlakatda adolat, tinchlik oʻrnatishga oʻz ayonlari va xalq oldida kdeamyod qiladi. Anʼanaviy shartga muvo-fiq ikkita sherni oʻldirib, ular oʻrtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga oʻtiradi. Uning sevgan mashgʻuloti goʻr (qulon) ovi boʻlganligi uchun ham u Goʻr laqabini olgan.
Bahrom Goʻr Yoki Varaxran V davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar kurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq taʼqib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya uru-shini keltirib chiqardi. Urushda Vizantiyaning gʻalabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz su-saytirdi. Bahromgoʻr Yoki Varaxran V Turon bilan ham urush olib borgan. Beshinchi asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga qo’shib olindi. Bahromgoʻr Yoki Varaxran V shoir va bastakor-sozanda ham boʻlgan. U sosoniylar orasida birinchi boʻlib sheʼr va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, Ulusiy)dan eng shoʻx va quvnogʻi — Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning H«aft paykar», Xisrav Dehpaviytmt «Hasht bihisht» vaAlisher Shvoiynnng «Sabʼai say-yor» dostoshlarida Bahromgoʻr Yoki Varaxran V adolatli shogʻ, ja-sur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Maʼlumotlarga koʻra, Bahromgoʻr Yoki Varaxran V 63 yil (baʼzi manbalarda 70 yil) umr koʻrgan. Yozma adabiyotda uiing shaxsi badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan. Adolatli podsholar, ularning amalga oshirgan ezgu ishlari va ularning tarixda qoldirgan nomlari Sharq xalqlari ijtimoiy onggida va, xususan, adabiyotida qanday katta iz qoldirgan bo’lsa, adolatsiz va zolim shohlarning xalqqa qilgan zulmlari ham tarixga ana shunday raqam qilingan. Sharq adabiyotidagi an’analariga ko’ra “adolatli shoh” va “zolim shoh” dilemmasi, antagonizmi ko’pincha qadimgi Eron shohlari misolida ko’rib chiqilgan.
Butun umrini el yurt farovonligi yo’lida ezgu ishlarga baxsh etgan, ulug’ shoir, mutafakkur hamda yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning odil hukomronlik to’g’risidagi qarashlari hayotiyligi bilan hamon qadrlidir. Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Saddi Iskandariy” dostonlarida o’z orzusidagi odil podshoh timsolini yaratadi va shunday podshohning siyosati tufayli vujudga kelgan kuchli davlatchilik g’oyalarini tarannum etadi. Shu bilan bir qatorda shoir Qur’on g’oyalari asoslangan holda “ Podshoh Allohning yordamchisi, Alloh unga bu vazifani to’g’rilik hamollik odillik bajarishni topshirgan” (Alisher Navoiy, 2000: 232), deya ta’kidlaydi. Navoiy nazaridagi hukmdor mamlakatni adolat bilan boshqarishi, qa’tiyatli bo’lishi, siyosat yuritish va hukm chiqarishda ehtiroslarga berilmay, aql ovoziga quloq tutishi, zarur o’rinlarda kechirishni bilishi, ya’ni nohaqdan tumat bilan aybdor deb topilgan kishilarga adolatpeshalik qilishi, hech qachon qalbida kir, adovat saqlamasligi, xolis bo’lishini, har biri ishini kengash asosida qilishi, doimo el-yurt ahvolidan, kayfiyatdan boxabar bo’lishi, davlat ahamiyatiga molik har bir ishini o’z vaqtida hal qilishini lozim deb hisoblaydi.
Alisher Navoiy davlat va shohlarni ikki qarama-qarshi qutbga – adolatli va adolatsiz tabaqalarga ajratadi. Adolatsiz davlat, shoh insonlarga zulmu zo'rlik olib kelsa, adolatli davlat, shoh kishilarga baxt-saodat keltiradi. Navoiy davlat apparatining yagona mexanizmdan iborat bo'lishini ochib beradi. Shoirning aytishicha, davlat boshlig'i – shoh qanday bo'lsa, uning qo'l ostidagi mulozimlari ham xuddi shunday bo'ladilar. Agar shoh adolatsiz bo'lsa, uning vaziri, beklari, mirshabu qozilari ham adolatsiz bo'ladilar va aksincha, agarda shoh adolatli bo'lsa, uning mulozimlari ham shunga monand bo'lishadi. Navoiy adolatli shohlarni insonlarga tenglik, ozodlik, do'stlik olib keluvchi birdan-bir kuch deb qarab, shunday hukmdorlarni orzu qiladi, olqishlaydi. Adolatli shoh uning idealiga aylanadi.Alisher Navoiy «Tarixi muluki ajam» asarida adolatli podshohlar haqida so’z yuritar ekan, zolim shohlar tarixiga, o’tmishiga murojaat qilib, ular haqida alohida to’xtalib o’tishni ham lozim ko’radi. U zolim shohlar qismatini tasvirlash, xatolarini qayd etish orqali zamona hukmdorlarini ogohlikka, hushyorlikka chorlaydi. Podshohlarning g’ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka, shaxsiy manfaatlarga berilishi oqibatida mamlakat va xalqni yomon ahvolga solib qo’yishini ko’rsatib beradi. Masalan, Bahrom Go’r odil shoh bo’lsa ham sharob ichish va kiyik ovlashni yaxshi ko’rib, shunga berilishi natijasida mamlakatni dushman bosib oladi. Navoiy Bahrom Go’r to’g’risida so’zlab kelib, birdan Husayn Boyqaroning Yodgor Muhammad bilan urush qilib, Navoiy yordamida Hirot taxtini qanday qilib qo’lga kiritganiga o’tadi: “…Abulg’ozi Sulton Husayn Bahodirxon xalladallohi mulkahug’a muyassar bo’ldikim, bu nav ish qildi. Va aning mujmali budurkim, ul hazrat Xuroson taxtin olg’ondakim, hanuz mulk to’xtamaydur erdi, Yodgor Muhammad Mirzokim, mulk vorisi erdi…”9 (Alisher Navoiy, 2000: 236). Bu bilan Navoiy tarixiy shoh Bahromni Husayn Boyqaro bilan bog’lab ko’rsatadi. “Sab’ai sayyor” dostonining oxirida Bahrom Go’rni ochiqdan-ochiq Sulton Husayn Boyqaroga o’xshatishini yodga olsak, “Tarixi muluki Ajam”da faqat Bahrom Go’r to’g’risidagina emas, balki hamma podshohlar haqidagi fikrlar, avvalo Sulton, qolaversa, uning o’g’illariga qaratilganligiga ishonch hosil qilamiz. Navoiy asarda Zahhok binni Madoris, Doro binni Dorob, Hurmuz binni Anushirvon kabi zolim shohlarning ibratli qismatiga ham alohida to’xtalib o’tadi. Zahhok binni Madoris haqida dastlabki ma’lumot Firdavsiyning “Shohnoma» asarida uchraydi. Asarda aytilishicha, Arabistonda Mardos degan donishmand podshohning Zahhok degan johil va zolim o’g’li bo’ladi. Zahhok Ahrimanning fitnasi bilan keksa otasini o’ldirib, taxtga chiqadi va Eronni zabt etadi, el-yurtga qattiq zulm qila boshlaydi, qochib ketgan Jamshidni qo’lga tushirib, qatl qiladi. Ahriman kishilarning boshiga solgan zulm va baxtsizliklar bilan qanoatlanib qolmaydi. U iblis Zahhokning oshpazi qiyofasida bo’lib, uning ishonche’tiborini qozonadi. Kunlarning birida iblis Zahhokning ikki yelkasidan bo’sa olishga ruxsat so’raydi. Iblisning sehrli nafasi bilan Zahhokning ikki elkasidan ikkita katta ilon o’sib chiqadi. Iblis tabib qiyofasida Zahhokning dargohiga keladi. U Zahhokka jonini saqlab qolish uchun mamlakatdagi yigitlarni birin-ketin o’ldirib, ilonlarni ularning miyasi bilan boqishini maslahat beradi. Juda ko’plab yigitlar qirilib ketadi. Kova degan temirchining o’n sakkiz o’g’li bo’ladi. Zahhok uning o’n etti o’g’lini o’ldiradi. Navbat o’n sakkizinchi o’g’liga keladi. G’azablangan Kova saroyga boradi. Lekin Zahhokdan ham, uning ayyonlaridan ham najot topolmaydi. U charm peshpandini bayroq qilib, xalqni kurashga chaqiradi. Zahhokga qarshi butun halq kurashga otlanadi, ularga Faridun boshchilik qiladi. Zahhok mag’lub bo’ladi, uning jasadi Damovand tog’ining g’origa mixlab tashlanadi. Faridun taxtga chiqadi (Homidov, 1991: 12-13). Navoiy bu mifik zolim shoh haqida: “…Zahhok saltanati va zulmi uzoqg’a tortti, andoqkim el aning zulmidin ojiz bo’ldilarkim, aning ikki egnidin andoq maraz paydo bo’lib erdikim, og’rig’ig’a odamzod mag’zidin o’zga hech nima taskin bermas erdi. Ba’zi muarrixlar aning iki egnidin yilonlar chiqib, g’izolari kishi mag’zi erdi, ham debdurlar. Har taqdir bila ul har kun bu jihatdin iki kishi o’lturur erdi… Sipohonda Kova ohangarning bir o’g’lig’a dag’i bor edi, bu jihatdin qatl bo’lib erdi, yana bir o’g’lig’a chek tushti. Ul betahammul bo’lib, qichqirib, elga ko’p ta’nlar qilib Zahhokni so’kti. El dag’i anga muttafiq bo’lub, xuruj qildilar. Dag’i Sipohon volisini o’lturub, Zahhok ustig’a yurdilar. …Kova ohangar sipohsolor bo’lub, temirchilar beliga bog’lar saxtiyonni yig’och boshig’a bog’lab alam qilib yurib, Zahhokdin chun el ayurulub erdilar, turolmay qochti. Ammo uni qovub iliklab, Faridun ani jazosig’a yetkurdi…” (Alisher Navoiy, 2000: 236) deydi. Navoiy Zahhokni taxtdan ag’darishda yo’lboshchilik qilgan temirchi, mehnatkash xalq vakili Kovaga nisbatan xayrixohlik bildiradi. E’tibor beradigan bo’lsak, muallif Zahhok binni Madoris haqida so’zlar ekan, uning xalq hayoti uchun biror ish qilganligi yoki yangilik yaratganligini qayd etmaydi. U faqat xalqqa zulm-zahmat etkazgan zolim shoh sifatida tasvirlangan, xolos. Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida zolim shohlar haqida shunday deydi: Yana buki elga solib iztirob, Qilur zulmi obodlarni xarob. Yana ulki, chun zulme mavjud o’lur, Bori xalq ko’ngliga mardud o’lur. Ne mardudluqkim, bo’lur el ishi - Tunu-kun aning jonining qarg’ishi (Alisher Navoiy, 1991: 107). Navoiy o’z fikrida davom etib shunday yozadi: Necha zulmkim elga zolim qilur, O’z-o’ziga ko’prak qilur - haq bilur (Alisher Navoiy, 1991: 108). Zolim elga qanchalik zulm etkazsa, bilginki, bu zulmlar uning o’ziga undan ham ko’proq bo’lib qaytadi – bu xalqqa ham ayon bo’lgan haqiqatdir. Buning tarixdagi isbotini yuqorida ko’rib o’tilgan zolim Zahhok ibn Madoris qismati misolida kuzatish mumkin. Xalqqa qilingan zulm o’ziga undan ko’proq tarzda qaytib keldi. Navoiy “Tarixi muluki ajam”da zolim shohlar qatoriga kayoniylar sulolasidan bo’lgan Doro binni Dorobni ham kiritadi va u haqida shunday yozadi: “…Chun zolim ta’b kishi erdi, zulmidin ulug’ el ozurda bo’ldilar”. Uning ikki noyibi tomonidan o’ldirilishi sababini ham Navoiy aynan uning zulmida deb biladi: “Doroning iki noibikim, aning zulmidin toriqib erdilar, ani halok qildilar” (Alisher Navoiy, 2000: 215). Muarrix bu podshoh haqida o’zining “Xamsa”sida alohida to’xtalgan va u to’g’risida kengroq ma’lumot bergan edi. Shu bilan birga, bu tarixiy asarida ham uning tarixini “Saddi Iskandariy”dagi tasviriga nisbatan qisqaroq tarzda bo’lsa-da, yoritib beradi. Iskandar bilan bog’liqlik va ular o’rtasidagi munosabatlarni lo’nda qilib ifodalaydi. Masalan, Doroning o’limi oldidan Iskandarga qilgan uch vasiyati “Saddi Iskandariy”da qo’yidagicha ifodalangan: Kim: “Ul uch so’zum – uch vasiyatdurur, Ki izhori ko’nglumga niyatdurur. Birinchi bukim, ul iki kiynaxoh, Ki qatlimg’a qo’l sundilar begunoh, Alar qatlin oyini dod etgasen, Bu ish birla ruhimni shod etgasen. Yo’q, andin manga garchi daf’i gazand, Va lekin sanga bordururur sudmand. Yana, qavmu xaylimg’a qilma inod, Ki derlar alarni Kayoniynajod. Yana Ravshanakkim, qizimdur mening, Bu kundin nari mensizimdur mening. Bisotingni ul sham’ birla yorut, Aning shug’lidin xotiringni ovut. Kivur mehr birla shabistoninga, Qilib aqd, o’lturt ani yoninga (Alisher Navoiy, 1991: 170-171). Buni Navoiy “Tarixi muluki Ajam”da shunday ixcham tarzda bayon etadi: “Va Doro Iskandarg’a uch vasiyat qildi. Bir ulkim, Ravshanaknikim, aning qizi erdi, qilg’ay. Bir ulkim, aning qotillarin o’lturgay. Bir ulkim, aning atboikim, Fors muluki naslidin erdilar, qatl qilmag’ay, dag’i rioyat qilg’ay”. Ko’rib o’tganimizdek, Doro obrazi har ikki asarda ham bir xil ko’rinish, bir qismat egasi sifatida namoyon bo’lgan.
Navoiy “Xamsa”da u haqida badiiy tafsilotga keng o’rin bergan bo’lsa, “Tarixi muluki Ajam”da esa uning qisqacha bayoni bilan cheklanadi. Navoiy asarda yuqorida ko’rib o’tilgan zolim shohlardan tashqari Bahrom binni Shopur ismli zolim shoh haqida ham alohida to’xtalib o’tadi: “Banokatiy debdurkim, aning zulmidin anga el g’avg’o qildilar va ul g’avg’oda halok bo’ldi” (Alisher Navoiy, 2000: 233). Bunda Navoiy xalq kuchi va ahamiyatini ko’rsatib beradi.
Umuman, Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asarida odil va zolim podshohlar haqida so’z yuritar ekan, ulardan zamona shohlari ibrat, o’rnak olishi lozimligini nazarda tutadi. Odil shohlarning xalqqa qanchalik foydasi tegishi, yurtning obod bo’lishi ularning odilona va oqilona faoliyatiga bog’liq ekanligi, qilingan zulm eng avvalo, shohning o’ziga qilingan zalolat ekanligini ko’rsatib beradi. Navoiy bu orqali nafaqat mamlakat egalarini, balki oddiy insonlarni ham ogohlikka chaqiradi. Ikkinchidan, asarni o’qib chiqqan kitobxon ilmiy-tarixiy jihatdan ma’lum bilimga ega bo’ladi, Eron shohlari tarixidan xabardor bo’ladi. Shuningdek, tarbiyaviy jihatdan, ibrat nuqtai nazaridan ham ma’lum xulosa va yakuniy mulohazalar hosil qiladi .
Shunday qilib, asarda Navoiy odil shohlar tasviriga keng o’rin berib, ularni badiiy timsol darajasiga ko’taradi, odillik, adolat ramziga aylantiradi. Shu bilan birga, Navoiy asarda zolim shohlar tarixiga, o’tmishiga murojaat qilib, ular haqida alohida to’xtalib o’tishni ham unutmaydi. U zolim shohlar qismatini tasvirlash, xatolarini qayd etish orqali zamona hukmdorlarini ogohlikka, hushyorlikka chorlaydi. Podshohlarning g’ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka, shaxsiy manfaatlarga berilishi oqibatida mamlakat va xalqni yomon ahvolga solib qo’yishini ko’rsatib beradi. Masalan, Bahrom Go’r odil shoh bo’lsa ham, sharob ichish va kiyik ovlashni yaxshi ko’rib, shunga berilishi natijasida mamlakatni dushman bosib oladi. Navoiy Bahrom Go’r to’g’risida so’zlab kelib, birdan Husayn Boyqaroning Yodgor Muhammad bilan urush qilib, Navoiy yordamida Hirot taxtini qanday qilib qo’lga kiritgani o’tadi. Bu bilan Navoiy tarixiy shoh Bahromni Husayn Boyqaro bilan bog’lab ko’rsatadi. “Sabb’ai sayyor” dostoning oxirida esa Bahrom Go’rni ochiqdan ochiq Sulton Husayn Boyqaroga o’xshatishini yodga olsak, “Tarixi Mulki ajam”da faqat Bahrom Go’r to’g’risidagina emas, balki hamma podshohlar haqidagi barcha fikrlar,avvalo, Sulton va uning o’g’illariga qaratilganini ko’rishimiz mumkin. Asardan o’rin olgan afsona va tarixiy ma’lumotlar bir-birini to’ldiradi. Xususan, tarixiy hodisalarning afsonaviy romantik talqini ham asarni badiiy nasrga yaqinlashtirib, asarning o’ziga xos turi sifatidagi qimmatini oshirgan. Navoiy asari qaysi mavzu haqida so’z yuritilmasin, qaysi sohaga tegishli bo’lmasin baribir badiiyat unsurlaridan xoli bo’lmasligi, o’quvchi undan ham bilim, ham badiiy zavq olishi kerakligini ko’zda tutadi. Shu sababli muallif asarning ko’p o’rinlarida chiroyli badiiy lavhalar yaratadi. “Tarixi Mulki ajam” faqat afsona va rivoyatlardan iborat emas, unda ko’p tarixiy voqealar va mavzular ham o’z aksini topgan. Navoiy asarida keltirilgan ko’plab aniq dalillarga asoslangan ma’lumotlar ham zamonaviy tarix fani tadqiqotlari natijasida aniqlangan ma’lumotlarga mos keladi yoki ulardan ham farq qiladi. Buni “Tarixi Mulki ajam”da sosoniylar sulolasiga mansub bir nechta hukmdorlarning hukmdorlik muddati haqida berilgan ma’lumotlarni zamonaviy tarixiy tadqiqotlardagi ma’lumotlar bilan qiyoslaganda ham ko’rish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Alisher Navoiy “Tarixi Mulki ajam” asarida forsiy podshohlar, xususan, Yazdigirdning o’g’li Bahrom Go’rni ta’riflar ekan, faktlar berishda o’zidan oldin yaratilgan tarixiy asarlarni, ayniqsa, Firdavsiyning “Shohnoma”sini asos qilib olganligini ko’rishimiz mumkin. Shoir hukmdor haqida ma’lumot berar ekan, o’z o’rnida tarixiy-badiiy hikoyat va afsonalardan ham unumli foydalanadi. Bu esa asarning qiziqarli bo’lishini va o’qishliligini ta’minlab bergan. Navoiy Bahrom Go’rni tavsiflar ekan bundan ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, eroniy shohni kitobxon ko’z o’ngida gavdalantirsa, ikkinchidan, uning ijobiy va salbiy xislatlarini ochib berish orqali zamona shohi Husayn Boyqaroni ogohlikka chaqirishga urinadi.

Download 132.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling