Qisqacha xulosa
Axborot tеxnologiyasining ta'minlovchi qismi tarkibiga kirgan quyi tizimlar axborotli tеxnologiyaning faoliyatini bеlgilaydi va miqdoriy jihatdan qat'iy bеlgilanadi.
Axborot ta'minoti - avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining eng muxim elеmеnti sifatida boshqarilayotgan ob'еktning holatini tahriflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo`luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan.
Axborot tizimlarining dasturiy ta'minoti – bu hisoblash tеxnikasi vositalari bilan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimiini yaratish va ulardan foydalanish uchun qo`llaniladigan dasturiy va hujjatli vositalar to`plamidir.
Axborot tеxnologiyalarini tеxnologik nuqtai nazardan ko`rib chiqadigan bo`lsak, avtomatlashtirilgan axborot tizimida boshqaruv apparati hamda tеxnik-iqtisodiy axborot, ularni tеxnologik ishlab chiqish usullari va vositalari o`zaro farqlanadi. Qolgan elеmеntlar tеxnologik o`zaro bog`langan, iqtisodiy-matеmatik usullar va boshqaruvning tеxnik vositalaridan yagona tizimli foydalanish sharoitida ma'lumotlarning avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalarini tashkil qiladi.
Tеxnologik ta'minlanish iqtisodiy ob'еktlarni boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi axborotli jarayonlarni EHM va boshqa tеxnik vositalar yordamida amalga oshiradi.
Asosiy adabiyotlar
Ғуломов С.С. Шермуҳаммедов А.Т, Бегалов Б. А, “Иқтисодий информатика” Т: “Ўзбекистон” – 1999 й.
Алимов Р, Ходиев Б, Алимов Қ ва бошқалар. “Миллий иқтисодда ахборот тизимлари ва технологиялари”, Т: “Шарқ”-2004 й.
Алимов Қ, Абдувоҳидов А ва бошқалар. “Ахборотлар технологияси асослари” Ўқув қўлланма. Т: - ТДИУ, 2003 й.
Алимов Р.Х, Юлчиева Г.Т., Алишов Ш.А. “Ахборот технологияси ва тизимлари”. Маъруза матнлари. Т: - ТДИУ, 2005 й.
Лутфуллаев Х.С. Абдугаффаров А ва бошқалар. “Иқтисодиётда ахборот технологиялари ва тизимлари”, Т:-ТДИУ 2001 й.
Do'stlaringiz bilan baham: |