Otayeva Nafisa Xasanjonovna (2-mutaxasislik Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-semestr) Urganch – 2020
Download 244.31 Kb.
|
Ona -tili va bollar adabiyoti chiqarish
Bolalar folklori
Folklor asarlarini tinglab voyaga yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so‘zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar. Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, do‘stlik va o‘rtoqlikning ilk tuyg‘ulari, yaxshilikka nisbatan uyg‘ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash — bularning bari bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim. Har bir kishi, folklorda zikr etilganidek, eng baxtiyor va betashvish bolalik yillarida taxminan quyidagi qobiliyatlarni egallab olgan bo‘lishi lozim. Ya’ni o‘ynab va sho‘xlik qila turib, u: nima yaxshi-yu nima yomonligini, narsalar dunyosini, hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini anglab boradi. Bolalar tomonidan yoki bolalar uchun kattalar tamonidan yaratilgan og’zaki ijod namunalari bolalar folkloriga kiradi.Bolalar folklorining doirasi nihoyatda keng bo`lib, uning namunalari xalq og’zaki ijodining deyarli barcha janrlarida mavjud. Bular ashula qo`shiqlari, ertaklar,tez aytishlar,topishmoqlar,o`yin qo`shiqlari,ermaklar va boshqalar.Kattalar bolani beshikka solish, o`tqazish, yurgizish, sakratish, o`ynatish va ovutishlarda ko`pgina erkalatadigan so`zlar aytadilar. «Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi, Oq sholiga ko`k sholi, Oq sholini oqlaylik, Ko`k sholini ko`klaylik Yaxshi kunga saqlaylik, Hayu, chittigul. Hayu, chittigul Ushbu misralariga nazar soladigan bo`lsak, bu qo`shiqda asosan g’alla-sholi to`g’risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali juda mo`l bo`lganligini; bu mo`l-ko`l sholini pala partish qilib yeb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko`p gapiramiz. Yuqoridagi qo`shiqdan ayon bo`lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o`z farzandlariga qattiq o`rgatib kelishgan. Bolalarning aytishuv-oq terakmi, ko`k terak qo`shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kelgan. Bu qo`shiqda ko`pincha o`ziga xos obro`-ehtiborga muyassar bo`lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar o`rtasida tahkidlanishi qo`shiqning yanada jozibali chiqishini tahminlaydi. Aytishuv qo`shiqlari bolalarni mehnatkash, odob-axloqli, o`qimishli bo`lib kamol topishiga dahvat etaveradi. Bunday qo`shiqlar qanotida o`sgan har bir bola sog’lom fikrli, el sevar bo`lishiga hech shubha yo`q. Ayniqsa, mana bunday hazil-mutoyibali qo`shiqlar kichkintoylarga olam-olam quvonch bag’ishlaydi: ”Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga”, “Chittigul”, “Laylak keldi yoz bo`ldi”, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och”, singari qo`shiqlarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko`chalarida, devor-tomlar tagida aytishadi. Ular bahor kelishi, quyoshning olamni isitishi, qushlarning uchib kelishi,suvlarda qurbaqalarning paydo bqlishi bilan bog’langan.”Yomg’ir yog’aloq” qo`shig’i esa dehqon bolalarni quvontirgan,dehqonchilikda mo`l hosil vahda qilgan bahor yomg’irini yog’ishini tasvirlaydi,albatta. Bolalar yilning hamma faslida ham o`yin bilan shug’illanadilar, ovunadilar. Bu o`yinlarning ko`pchiligi kattalarning mehnat jarayoniga taqlidan o`ylab topilgan. O`yin ham, qo`shiqlar ham bolalarni ham aqliy ham jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi,estetik zavq o`yg’otadi. Xalq og’zaki ijodida shunday qo`shiqlar borki, ularning ayrimlari qadimgi davrlarda muayan marosim va urf odatlar bilan bog’liq bo`lgan.Keyinchalik ular kattalar repertuaridan chiqib, butunlay bolalar folkloriga o`tgan.SHundaylardan biri “Boychechak” qo`shig’idir. Boychechagim bolasi, Qulog’ida donasi. Donasini olay desam, CHiqib qoldi onasi. Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. Boychechagi boylandi, Qazon to`la ayrondi. Ayroningdan bermasang, Qazonlarining vayrondi... Boychechak yerning qori erib tugallanishi bilan yer betiga chiqib hamal kirganini bildiradigan o`simlikdir. Uning paydo bo`lishi xalqimiz orasida qadimgi zamonlardan beri o`tkazilib kelayotgan navro`z bayramiga to`g’ri keladi . Bu bayram kunlari har bir xonadonda qoqi mevalardan sharbatlar tayyorlangan, bo`za, qimiz, ayronlar hozirlangan. Yangi chiqqan o`simliklardan ko`k somsa,chuchvaralar pishirilgan, mahallalarda sumalak, ko`k oshi bazmlari boshlangan. Xuddi shu faslda bolalar to`p-to`p bo`lib boychechak o`simligini dala-qirlardan qidirib topishib, so`lib qolmasligi uchun ildizdagi loyi bilan lattalarga o`rab, ko`chama-ko`cha, hovlima-hovli yurib qo`shiq aytganlar. Boychechak madhi aytilgan yuqoridagi parchalar ana shu xushchaqchaqlik kayfiyatini aks ettirgan.”Boychechak” qo`shig’ining to`rtliklarini yolg’iz bola aytsa, naqoratni birgalashib kuylashgan, shamolga xitob qilishib, tomlarda,yalangliklarda varrak uchiradilar. Navro`z darakchilari bo`lib, qo`ni-qo`shni, qarindosh-urug’larnikiga chopadilar. Laylak keldi,yoz bo`ldi, Qanoti qag’oz bo`ldi. O`yinimizni bermagan, Navro`zjon bo`g’oz bo`ldi. Bu yerda eslatilayotgan “Navro`zjon” kishi ismi bo`lish bilan bir qatorda navro`z faslining erkalatib aytilishidir. Ko`pincha laylak kelib, yerlar ko`m-ko`k maysalar bilan qoplangan,o`riklar gullagan choqlarda ham tasodifiy yog’adigan “sariq qorlar” bo`ladi. Bu hodisa xalq orasida «qish bolaladi» deb qo`yiladi. Bunday vaqtlarda bolalarning endigina boshlangan bahorgi o`yin-kulgulari uch-to`rt kun to`xtab qoladi. SHu bilan birga, o`yinga qo`shilmagan Navro`zjonni ermaklash ham bor. Yuqoridagi misolda o`sha kechinma ifodalangan. Terib yesin bedana. Taqir –tuqir objuvoz. Mening akam qurchoqboz, Qurchoqbozning xotini Qand o`ralgan oq qog’oz. Bu kichik yoshdagi bolalar qo`shig’idir. Bolalar o`z davrasida uni aytish orqali qo`shiqchiligi bilan maqtanib, aka va kelin ayalarini tasvirlaganlar. Qiz bolalarning to`p (koptok) o`yinlarida quyidagi qo`shiq ijro qilingan. Birim – bilan, Ikkim – ilon, Uchim – uchak, To`rtim – to`shak, Beshim – beshov, Oltim – oltov, Yettim - yettov. To`qqizim – to`qlan, O`nim – bujmak. Bu qo`shiq koptokning yer yoki devorga urilishiga hamohang bo`lib, u orqali yutuqlar soni hisoblanadi.Harakat va ovozning ritmik birligi o`ziga xos musiqiylik yaratib, bolaning o`yin holatidagi kayfiyatini ifodalaydi. Bu qo`shiqda o`yinda yutgan qizning o`ziga xos soddacha mag’rurligi, shu bilan atrof-muhitdagi hodisalarga munosabati ham aks etgan. Demak, hayot va unga munosabat bolalar qo`shiqlarining ham asosiy g’oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Bolalarning o`ziga yaqin kishilardan naroziligi ham bahzi qo`shiqlarda turli-tuman hodisalar tavsifiga qo`shib ifodalanadi.Bu jihatdan quyidagi qo`shiq xarakterlidir. Apishdiyu-apishdi, Baliqni baqqolga berdim, Yangamning oshi pishdi, Baqqol menga tariq berdi. Akamga qo`ygan oshni Tariqni tovuqqa berdim, Hakka cho`qillab qochdi. Tovuq menga tuxum berdi. Hakkani quva-quva, Tuxumni o`tga ko`mdim. Yo`ldan bir oynak topdim. Paq etdi-yu, shaq etdi, Suv menga baliq berdi. Yorildi, ketdi. Download 244.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling