O’tgan darsimizni takrorlab olsak. Alloh taolo Qur’oni Karimda bir necha
Download 397.87 Kb. Pdf ko'rish
|
OSON ARAB TILI 2-DARS
OSON ARAB TILI 2-DARS ميحرلا نمحرلا الله مسب Takror O’tgan darsimizni takrorlab olsak. Alloh taolo Qur’oni Karimda bir necha marta : ِرْكِ ذلِل َنآ ْرُقْلا اَن ْرَّسَي ْدَقَل َو “Biz Qur’onni zikr uchun oson qildik”-deydi. Zikrni ba’zi ulamolar tushunishlik, ba’zilari yodlash, ba’zilari nasihat olish, ba’zilari zikr qilish, ba’zilari tadabbur qilish deb tafsir qilganlar. Oyatdagi “LA”-“albatta” degani bo’lib, bu birinchi ta‘kiddir. “QOD” ham “albatta”, degani, bu ikkinchi ta’kiddir. “YASSARNAA”-“biz oson qildik” deganidir. Bu fe’lning o‘tgan zamonda kelgani ham bir ta‘kid hisoblanadi. Qarang. Bu yerda uchta ta‘kid bor. Shuncha ta’kiddan keyin kim Qur’oni Karimni qiyin deya oladi? Demak, Qur’oni Karim – OSON! SAVOL: Nega Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil qildi? Shu paytgacha sizlar o’qigan kitoblarda, sizlar eshitgan darslarda arab tilining balog’atidan, fasohatidan, go’zalligidan gapirilgan. Men sizlarga arab tilini osonligidan gapiraman. Nega Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil qildi? Chunki arab tili oson bo’lganligi uchun Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil qilib qo’ydi. Arab tili nihoyatda oson. O’tgan darsimizni Qur’oni Karimda nechta so’z borligi haqidagi savol bilan tugatgan edik. Qur’oni Karimdagi nechta so’z borligi haqida man sizlarga oddiy hisob bilan aytaman. Mujohid rohmatullohi alayh Qur’oni Karimda kelgan so’zlarning sonini 77439 ta ekanini aytganlar. Qur’oni Karimdagi so’zlarning soni Keling, o’zimiz oddiygina qilib hisoblab ko’raylik. Qur’oni Karimda “Fotıha surasi 1-sahifa bo’lsa, “Nas” surasi 604-sahifada tugayabdi. Biz o’rtacha 600 sahifa deb olaylik. Har bir sahifada nechta satr bor? -15 ta satr. Har bir sahifada nechta so’z bor?- O’rtacha 9ta. Ba’zi joyda ko’proq, ba’zi joyda kamroq ham bo’lishi mumkin, lekin o’rtacha hisobda 9 ta so’z bor. Har bir sahifada o’rtacha 130 ta so’z bor. 130 ni 600 ga ko’paytirsak 78000 chiqadi. Bu degani Qur’oni Karimdagi so’zlarning soni taqriban 78000 atrofidadir. Takrorlangan so’zlar hisobi 78000 so’zlarning ichida ko’pi takrorlangandir. Takrorlarini chiqarib tashlasak, 78000 kalimadan faqatgina 17000 kalima qoladi. Agar biz sarf qoidalarini, ya’ni fe’llarning tuslanishini o’rgansak, bor-yo’g’i 4500 ta kalima qoladi. Misol uchun, “yordam qilmoq” fe’lining quyidagicha tuslanishlarini o’rganamiz: men yordam qildim- ُت ْرَصَن , sen yordam qilding- َت ْرَصَن , biz yordam qildik- ْرَصَن اَن , bular hammasi bir kalima َرَصَن ( yordam qildi) kalimasidan chiqadi. Agar biz shu sarf qoidalarini ham chiqarib tashlasak, sarf qoidalari asosida shu َرَصَن ، َت ْرَصَن ، ُت ْرَصَن ر ِصان(yordam berilgan), روُصْنَم (yordam beruvchi) kabilarning hammasini bitta qilib oladigan bo’lsak, Qur’oni Karimda bor-yo’g’i 1850 ta kalima qoladi xalos. O’zakni masdar deymiz. Demak Qur’oni Karim 1850 tagina o’zakdan iborat ekan. Savol: 1850 ta kalimani yodlash qiyinmi?- Albatta qiyin emas. Balki juda ham oson. Sarf qoidalari undan ham oson. Sarf qoidalarini o’rganganizdan keyin 4500 ta kalimani tushungan bo’lasiz. 4500 ta kalimadan esa 17000 kalimani chiqarasiz, 17000 kalimalar takrori bilan 78000 bo’ladi. Bu oddiy bir matematik hisob. Va bu yerdan biz Qur’oni Karimdagi kalimalar, lafzlar juda ham ko’p emasligini bilamiz. Darslarimiz davomida juda ham osonligini o’rganasiz. Yangi usulning asoschilari kimlardir? Arab tilini bu usulda o’qitishga Hindistondagi va Turkiyadagi ikki ustoz bir birini tanimagan va bilmagan holatda asos solgan. 2015 yili edi. Bu yangi usulning asoschilaridan biri bo’lgan turkiyalik ustoz menga telefon qildi: -"Mening senga zo‘r bir surprizim bor "-dedi. -"Nima ekan", dedim. -"Kelganingda bilasan"-dedi. Kelganimdan keyin bildimki surpriz ana o‘sha Hindistonda shu yangi uslubga asos solgan ustoz Istanbulga Xalqaro konferensiyasiga kelgan ekan. O’sha kishi bilan uchrashuvga chaqirgan ekanlar. Ikkala kishi ham bir birlarini birinchi marta ko’rib turishibdi. Ikalalari ham o’zlarini tajribalaridan kelib chiqib, o’zlari bilmagan holatda (deyarli) bir xil usulda o’qitisharlariga amin bo’lishdi. Pokistonlik ustoz Uchinchi ustozning usuli madrasadagi talabalarga o’qitiladigan usul bo’lib, yuqoridagi ikki ustoznikini o’zida jamlagan va mukammal darajaga yetkazilgandir. Darslarini uch bosqichga bo’lgandirlar. Har bir bosqichning bittadan kitobi bor. Birinchi kitobni har kim o’rganishi mumkin. Nafaqaxo’r ham, Qur‘on o‘qishni bilmaydigan ham, boshlang’ich sinf o’quvchisi ham bemalol o’rganishi mumkin. Birinchi kitobni tugatgandan keyin Qur’oni Karimni kalimasini taqriban 40000 so’zlarini bilib oladi. Ikkinchi va uchunchi kitoblar biroz murakkablashtirilgandir. Kaminaga uchala ustozdan ham ularning usullarini o’rganishlik nasib qildi. Uchalalarining usullarini o’rtaga qo’yib, to’rtinchi bir usul chiqarishni nasib qildi. Alloh nasib qilsa, ana shu usulda davom etamiz. Navbatdagi darsimizni yakunlaganimizda Qur’oni Karimdagi ko’plab so’zlarni o’rganib olgan bo’lamiz. Dars yakunlangach har bir sahifada biz biladigan kalimalar soni quyidagicha bo’ladi: 1. 1-porada har bir sahifadagi 110 kalimani o’rgangan bo’lamiz, bilmaydigan kalimalarimiz 20 ta bo’ladi xalos. 2. 2-5-poralarda har bir sahifadagi 118 kalimani o’rgangan bo’lamiz, bilmaydigan kalimalarimiz 12 ta bo’ladi xalos. 3. 6-28-poralarda har bir sahifadagi 124 kalimani o’rgangan bo’lamiz, bilmaydigan kalimalarimiz 6 ta bo’ladi xalos. 4. 29-30-poralarda har bir sahifadagi 118 kalimani o’rgangan bo’lamiz, bilmaydigan kalimalarimiz 12 ta bo’ladi xalos. Bu degani Qur’oni Karimning ma’nosini tarjimasi juda ham oson chiqadi. Alloh taoloning yordami bilan mavjuda tarjimlarni ham osongina tushunasiz. Eng muhimi namozingizdagi suralar va duolarning ma’nosini bilgan holatda o’qiysiz. Bu usuldan asl maqsad nima? Ikkitagina asl maqsad: 1) Qur’oni Karimni ةءارقلا أدبم yoki كيدي نيب ةيبرعلا va ةيبرعلا ملكتن ايه shularga o’xshash kitoblar asosida Qur’oni Karimni o’rganish. Chunki bu kitoblar arab bo’lmaganlar uchun arab tilini o’qitish maqsadida yozilgandir. Agar bu ulkan tajribadan foydalangan holda Qur’oni Karimni o’rganadigan bo’lsak, qisqa vaqtda ko’p narsani o’zlashtira olamiz inshalloh. 2) Qur’oni Karimga yaqinlashish. Hayotiy voqea Sizlarga bir voqea aytib beraman. 2015 yili ramazonda masjidda e’tikofda o’tirganimizda, 18-19 yoshli bir tanish do’stimiz keldi: -“ Tahajjud o’qiyabmiz, istasang sen ham qo’shil”- dedi. -“Bo’ldi qo’shilaman”-dedim. Soat 2 lar atrofi tahajjud boshlandi. Namozni jamoat bilan o’qildi. 6 kishi edik, men 7 chisi bo’ldim. 6tani hammasi arab yosh yigitlar. Man arab emasman. Namozni “ALLOHU AKBAR” deb boshlangandan, “ASSALAMU ALAYKUM VA ROHMATULLOH” deb tugatgunimizcha ko’zda yosh bilan o’qidik. SAVOL: Nega ular bunday xushu bilan o’qiyabdi? Chunki ular Qur’oni Karimning ma’nolarini tushinib o’qiyabdi. Qiyomat alomatlari, jahannam azobi yoki jannat ne’matlari kelganida yig’lab o’qiyabdi. Allohni azobi haqidagi oyatlar kelganida yig’ilari qandayam avjiga chiqadi tasavvur qila olmaysiz. Nimaga? Chunki ular arab yigitlardir, o’qiyatgan oyatlarining ma’nosi va mazmunini tushunadilar. Tafsirini, oyatning ahkomlarini bilmasa ham, ma’nolarini tushunib o’qiyabdi. Agar o’qiydigan oyatlarimizi hech bulmasa ma’nosini tushunib o’qiydigan bo’lsak, xushu-huzu, huzur-halovat bilan, lazzat bilan namoz o’qishni o’rganamiz. Buning uchun arab bo’lish shart emas, arab tilini bilish yetadi. O’qish narxi qancha? Turkiyalik ustoz bu usul asosidagi kitoblarini nashr qilgan. Akademiyalarida o’z kitoblari asosida darslar o’qitiladi. Akademiyaning yillik to’lovi ikki ming dollar atrofida. Pokistonlik ustoz ham ushbu uslubdagi kitoblarini nashr qilganlar va Pokistonning har bir chekkasida o’qitiladi. Har bitta programma 200 dollardan boshlanadi. Birinchi kitob 200$, ikkinchisi ham 200$, uchunchisi ham 200$ dan o’qitiladi. Hindistonlik ustozning programmasi juda ham oson, juda ham tez bor-yo’g’i 10 ta darsda birinchi bosqich tugaydi. Ammolekin u kishining programmasi hammasidan ham qimmat. Boshlang’ich bosqich 300$, ikkinchi bosqich esa 600$ yakuniy bosqich bo’lsa 1000$ xalos . Darslarning narxidan ko’rinib turibdiki, dunyoda bu uslub o’z o’rnini topib bormoqda. Uni sevib o’rganuvchilar soni ham oshib bormoqda. Narxi qanchalik qimmat bo’lishiga qaramasdan, o’qishni istaydiganlar dunyoning har bir yerida topilmoqda. Alloh izni bilan bizni xalqimiz, bizni yoshlarimiz, bizni do’stlarimiz tolibi ilm bo’lishsin yoki bo’lishmasin Qur’oni Karimga yaqinlashishsa, Qur’on tili bo’lgan arab tilida hech bo’lmaganda namozlarini tushunib o’qishsa, judayam katta yutuq bo’lgan bo’lardi. Alloh nasib qilib, ertadan keyin hajga, umraga borishganda arablar bilan Qur’on tili bilan gaplashishsa, judayam ajoyib bo’lar edi. Download 397.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling