O`tkan kunlar “Qizlar bazmi” Reymbayeva Maxinur
Download 77.86 Kb.
|
matn
Adib imkoni boricha o‘zi tasavvur qilgan holatlarni go‘zal ifodalashga urinadi. Shu bois ko‘ngli to‘lmagan so‘zlarni almashtirish, romanni tahrir etish yo‘lidan boradi. Roman tilidagi so‘zlar o‘zgarishiga misol sifatida «yorug‘i — nuri, yorug‘ kunlari — istiqbollari, yolg‘iz — faqat, qo‘rqunchi — tashvishi» kabi o‘nlab misollarni keltirish mumkin. Bu almashinuvlarning ko‘pchiligi poetik nutqning go‘zallashuvi uchun xizmat qiladi. Oftob oyim egachisiga (jurnalda «opasi» deb berilgan) Kumushning xomushligi va o‘z tashvishidan gapiradi. Egachisining: «Nimabalo, kuyaving xunuk-punukmi?», degan savoliga, Oftoboyim: «O‘zim ko‘rmadim, ammo ko‘rguchilarning so‘zlariga qaraganda o‘xshashsiz chiroyliq,tengsiz aqlli bir yigit emish. Otasining o‘zi yigitni sevib kuyav qilg‘an edi» javobini beradi. Kitob nusxasida bu parchadagi «chiroyliq» so‘zi «ko‘rkam»ga, «sevib» esa «yaxshi ko‘rib» birikmasiga almashtiriladi. Juda o‘rinli bir tahrir. Chunki «chiroyliq»dan ko‘ra «ko‘rkam» so‘zi erkak kishiga mos keladi; «sevib» so‘ziga qaraganda «yaxshi ko‘rib»da nisbiy xolislik ma’nolari seziladi.
Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling