O`tkan kunlar “Qizlar bazmi” Reymbayeva Maxinur
Download 77.86 Kb.
|
matn
Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘a uymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin edi: hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir... Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to‘ldi. Qizlar o‘zlari-ning bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha boshladilar:
parcha bilan kitob nusxasi taqqoslansa, ayrim farqlar borligi ma’lum bo‘ladi: so‘zlar qo‘shilgan va olib tashlangan. Ba’zi so‘zlar oxiriga ish-harakatni yakunlovchi «-dir» qo‘shimchasi qo‘shilgan; «q» bilan «k» tovushi almashgan. Jurnaldagi «hikoyachilik» o‘rnida «hikoyachiliq» yoziladi; kitob nusxasidagi «Moziyg‘a qaytub ish ko‘rish xayrlik, deydilar» gapida ham shunday kichik o‘zgarishlar bor. Jurnal matnida ba’zan so‘zlarning «-g‘on», «-liq» kabi qo‘shimchalari singormonizmdan xoli yoziladi. Biroq 20-yillar imlosida turg‘unlik bo‘lmagani uchun jurnalning o‘zida ham bir xil so‘zlarning turlicha yozilish holatlari mavjud.
Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling