O`tkan kunlar “Qizlar bazmi” Reymbayeva Maxinur


Download 77.86 Kb.
bet2/5
Sana11.05.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1451773
1   2   3   4   5
Bog'liq
matn

Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘a uymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin edi: hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir... Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...

Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to‘ldi. Qizlar o‘zlari-ning bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha boshladilar:

  • Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to‘ldi. Qizlar o‘zlari-ning bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha boshladilar:
  • — Esonmisiz, sarupolar muborak? Kumushbibining qizlarg‘a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi:
  • — Qutlug‘... Kumushbibi uyning to‘riga o‘tquzildi. Qizlar uyning tevaragiga o‘lturishib olg‘andan keyin orag‘a nima uchundir bir jimjitlik kirdi. Qizlar ma’nolik qilib yer ostidan Kumushka qaraydirlar. Majlisda bir xil ma’yusi-yat. Qizlar nimani o‘ylaydirlar va nima to‘g‘risida ma’yuslanadirlar, bu ersa qizlarning bizga noma’lum bo‘lg‘an ichki sirlaridir. Qizlar ipka chizilg‘an guldek uy tevaragini olg‘anlar, buning ustiga yovoshliq, o‘ychanliq ularning tuslariga ma’naviy bir husn va jiddiyat berib, birga yuz husn qo‘shqan edi. Agar biz shu kezda zarshunosliq uchun yeng shimarsak, ya’ni gulni guldan ajratadurg‘an bo‘lsaq boyag‘idek esankirab, mutaraddid qolmaymiz, chunki Kumushbibi lolalar isidagi bir gul va yo yulduzlar orasidag‘i to‘lg‘an oy edi. Orada hamon boyag‘i jimjitlik hukm surar edi.

parcha bilan kitob nusxasi taqqoslansa, ayrim farqlar borligi ma’lum bo‘ladi: so‘zlar qo‘shilgan va olib tashlangan. Ba’zi so‘zlar oxiriga ish-harakatni yakunlovchi «-dir» qo‘shimchasi qo‘shilgan; «q» bilan «k» tovushi almashgan. Jurnaldagi «hikoyachilik» o‘rnida «hikoyachiliq» yoziladi; kitob nusxasidagi «Moziyg‘a qaytub ish ko‘rish xayrlik, deydilar» gapida ham shunday kichik o‘zgarishlar bor. Jurnal matnida ba’zan so‘zlarning «-g‘on», «-liq» kabi qo‘shimchalari singormonizmdan xoli yoziladi. Biroq 20-yillar imlosida ­turg‘unlik bo‘lmagani uchun jurnalning o‘zida ham bir xil so‘zlarning turlicha yozilish holatlari mavjud.

  • parcha bilan kitob nusxasi taqqoslansa, ayrim farqlar borligi ma’lum bo‘ladi: so‘zlar qo‘shilgan va olib tashlangan. Ba’zi so‘zlar oxiriga ish-harakatni yakunlovchi «-dir» qo‘shimchasi qo‘shilgan; «q» bilan «k» tovushi almashgan. Jurnaldagi «hikoyachilik» o‘rnida «hikoyachiliq» yoziladi; kitob nusxasidagi «Moziyg‘a qaytub ish ko‘rish xayrlik, deydilar» gapida ham shunday kichik o‘zgarishlar bor. Jurnal matnida ba’zan so‘zlarning «-g‘on», «-liq» kabi qo‘shimchalari singormonizmdan xoli yoziladi. Biroq 20-yillar imlosida ­turg‘unlik bo‘lmagani uchun jurnalning o‘zida ham bir xil so‘zlarning turlicha yozilish holatlari mavjud.

Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling