《O'tkan kunlar》romanidan kerakli savol-javoblar


Download 72.5 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1204637
Bog'liq
O\'tkan kunlar kitobxonga

《O'tkan kunlar》romanidan kerakli savol-javoblar


· Ko‘rimsiz, chirk bosib qorayg‘an, juda ko‘b xizmat qilib keksaygan,
ochib-yopqanda anvo’i — turlik dodi-faryod qiladirg‘an, bunda sanalg‘an sifatlarini bir yerga jamlab natija chiqarg‘anda «sharti ketib, parti qolg‘an» bir darbozaning ostonasidan uch-to‘rt qadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini his etilur va qorong‘u yo‘lakning nihoyatidagi yorug‘liqqa tomon oshiqilur. Qayer tasvirlanyapti? J: qutidorning hovlisi
· Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘an tanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib bir kishi o‘lturadir. Kim haqida? J: Mirzakarim qutidor
· Ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppy kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin… J:Qutidorning rafiqasi — Oftob oyim
· Oftob oyimning onasi, ya’ni Kumushning buvisi kim? J: Oysha bibi.
· O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi… J: To’ybeka
· Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyog‘a kelmabsiz, bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; hali yigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga
kuyav bo‘ladigan yigit ekan. Kimning so’zlari? J: To’ybeka
· Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan.Bu naql kimning tilidan aytiladi? J: To’ybeka
· Qaysi qahramonga nisbatan “qora” sifatlashi ishlatiladi? J:Homid
· “Xudo kishiga o‘g‘il bersa shundayini bersin-da”, “Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa” so’zlari kimning tilidan aytiladi?
J: Mirzakarim qutidor
· Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Buvoqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi,chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kun bo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» debqarar edi. qaysi voqea nazarda tutilyapti? J: Toshkent hokimi Azizbekning Qo’qon xonligiga qarshi bosh ko’tarishi
· «Otabek yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalarda bo’lgan qahramon kim edi? J: Hasanali
· “Kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturgan qizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga ro‘baro‘ qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq tug‘uladir...” degan kim edi? J: Ziyo shohichi
· To’ybeka Kumushga qanday murojaat qiladi? J: bekachim
· “Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi,”. Oftoboyim nima sababdan bu holatda edi? J: Kumushning unashilganidan beri yetti kun o’tgan va u shuncha kunnan beri tinimsiz yig’lardi
· Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu
yerga aza ochqali keldikmi? Kimning so’zlari? J: Gulsinbibi
· … ning qo‘lidag‘i dutor «O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. J: Anorgul
· … Xonimbibi qizlarg‘a qistatib o‘lturmay o‘rnidan sakrab turdi-da, o‘ynab ham ketdi.
J: Xonimbibi
· Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni allaqanday ajib holatka qo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyala-ridagi «parilar»
bazmini xotirlatmoqda edi. Qanday bazm haqida gap ketyapti? 
J: Qizlar majlisi
· Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! — dedi Gulsin, — men shunday erni topib teksam boshim ko‘kka yetar edi! Kimning so’zlari? J: Gulsin
· Boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zi-ning Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim
: oyog‘ida qalapoy afzali, belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan, ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Kim tasvirlanyapti? J: Otabek
· «Oftob, darrav isiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» degan kim edi? J: Oftoboyimning egachisi
· Janobi padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir zamoni adolatlarida ham qora choponliqlar hanuz tinch yotmay yurtni qipchoq og‘alarig‘a qarshi
oyog‘landirmoqchi bo‘ladirlar, ishni yana tadbirsiz qora choponlar qo‘lig‘a olib
mamlakatni buzg‘unliqqa solmoqchi bo‘ladirlar... Biz bunday buzu-qilar yolg‘iz
Toshkanddagi Azizbek bilan uning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an Yusufbek hoji, deb bilgan edik. Biroq ularning urug‘i bizning Marg‘ilong‘a ham sochilg‘an ekan. Kimning so’zlari? J: Homid
· “Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan” maqoli kimning tilidan aytiladi?
· Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkam bir o‘g‘lon palov yeb turar edi. O’rda osh yeyotgan bu qahramon kim edi? J: Ahmadxon
· Zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ularning ta’siri
bunda ham bor edi. Kim haqida gap ketyapti? J: O‘tabboy qushbegi
· «Azizbekning otalig‘i va kengashchisi» bo‘lg‘an obraz kim edi?J: Yusufbek hoji
Nima sababdan hasanali Otabek va Qutidor bilan birga qamlamadi? J: uni topisholmadi. Chunki Hasanali saroyda bo’lib Otabekning mollariga qarab turar edi
· Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman yo‘rg‘asini belguladi. Kim haqida? J: Hasanali
yiqildi!» deydir. Qaysi voqea haqida gap ketyapti? J: Toshkentdagi qirg’inda qo‘rg‘on ustidagi qahramonlardan bittasi bir sarkardani otib o‘ldirganligi haqida
· Romanda Toshkent bekligining hudaychisi kim edi? J: Sulaymon hudaychi
· Qora otg‘a otlanib, zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora soqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi kelar edi. Bu kishi kim edi? J: Azizbekning amri lashkari va o‘ng qo‘li bo‘lg‘an Rayimbek dodxoh edi.
· Ikkinchi kishi kichikroq saman otka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matasidan chopon kiyib, kamar o‘rniga choponini tugmalagan, boshig‘a katta salla o‘rab, qamchi sopi bilan egarning qoshig‘a takya qilg‘an; to‘la ko‘rkam yuzlik, katta malla ko‘zlik, uzun mosh-guruch soqollik mullanamo bir zot bo‘lib, bu kishi yaroqsiz edi.parchada qaysi obraz tasvirlanyapti? J: Yusufbek hoji
· Qo‘lansa so‘zlik, ichi qoraroq bir yigit edi. Hasanalining tilidan Yusufbek hojiga qarata aytilgan bu so’zlarda kim ta’riflanyapti? J: Homid
o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir... kimning so’zlari? J: Qo’rboshi
Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasi ajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Romanning qaysi o’rnida ushbu holat kuzatiladi? Nuqtalar o’rniga mos ism qo’ying. J: Homidning pora berishi, Qo’rboshi
· Shu gapdan keyin qushbegi maktubni o‘ziga yaqin o‘lturg‘an ponsad boshig‘a
· «Yov qochsa botir ko‘payar» maqoli romanning qaysi o’rnida keltiriladi? J: Otabekning aybsizligi isbotlanganda saroy a’yonlariga nisbatan
· …dek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql ham
bovar qilmas edi. A’yonlar tomonidan aytilgan ushbu gapda kim nazarda tutilyapti? J: Qutidor
· …mundan keyingi Toshkandning mustaqil hukmdori…! Qipchoqlarg‘a
chalg‘an g‘alabasi uchun ul terisiga sig‘maydir... Ul endi «Qipchoqlar Toshkandni olib qolsalar...» degan mudhish xavfdan qutilg‘an, ul endi Toshkand va atrofining xoni, xoqoni! Endi duxoba va atlaslar ustidagina o‘lturmoqqa qanoatlanmay o‘z sha’niga, o‘z qudratiga muvofiq tojlar, taxtlar yasamoqchi. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi! Nuqtalar o’rniga mos ism qo’ying. J: Azizbek
· Azizbek 70 kunlik qamalni o’tkazgan Toshkent xalqiga qancha soliq solmoqchi edi? J: 32 tanga
· Uying kuysin, musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek, bu kun
senlarga yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki yo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es borida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Yusufbek hoji
— Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib,
· yana qipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Azizbek
· Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila
· poychirog‘ yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Qaysi qahramon haqida gap ketyapti? J: Otabek
· “O‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoq-larg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi” kim edi? J: Qovoq devona
· Keyingi «beshbosh» domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir asarini sezdirmadilar... bu “muolajalar” kimga qo’llangan edi? J: Otabekka
· «Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol» maqoli kimning tilidan aytiladi? J: Kumush

IKKINCHI savol javob


1. A. Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida ta`riflangan: gavdaga kichik, yuzga to`la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit kim edi? Rahmat

2. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida ta`riflangan: uzun bo`ylik, qora cho`tir yuzlik, chag`irk o`zlik, chuvoq soqol, o`ttuz besh yoshlarda bo`lgan ko`rimsiz bir kishi kim edi?

Homid

3. A. Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida “ xotinboz” laqabini olgan obraz?


Homid

4. A. Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida qaysi obrazni ismiga laqabini qo`shib aytmasa hech kim tanimas edi? Homid


5. A. Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Ziyo shohichining qaynisi kim edi?

Homid


6. A. Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Rahmatning tog`asi kim edi? Homid

7. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida ta`riflangan: oltmish yoshlar chamasida, cho`ziq yuzlik, do`nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to`garak qora ko`zli, oppoq uzun soqolli kim kim edi? Hasanali

8.A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Yusufbek hojining uyidagi quli kim edi?

Hasanali


9. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida qaysi obrazni bolalik vaqtida Erondan kishi o`g`irlab kelguchi bir turkman qo`lidan Otabekning bobosi o`n besh tillo barobariga sotib olgan edi? Hasanali

10. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Otabeklar oilasida bo`lganiga chamasi necha yillar bo`lgan? 50 yil

11. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida kim Otabekka ixlos qo`yib, unga o`z bolasi kabi qarar: “ O`lganimdan keyin ruhimga bir kalmia Qur`on o`qusa, shunisi menga kifoya”, - deb qo`yar edi? Hasanali

12. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Homidning aytishicha Marg`ilonda nimalarning bozori chaqqon edi? gazmol va qalapoy abzalining

13. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Otabek qaysi shaharni Turkistonimizning to`qug`uchiliq hunarida birinchi shahri deb hisoblaydi? Marg`ilon

14. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Ramhat Otabekning Marg`ilon kelganini kimdan eshitgan? otasidan

15. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Otabek necha yoshda deb ta`riflanadi? 24

16. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida “Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo`qdir”,- deb kim aytgan? Rahmat

17. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida kim uylangach, xotining tab`ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo`qsa, munchalik og`ir gap dunyoda bo`lmas”, -deb aytgan? Rahmat

18. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida qaysi obrazning aytishicha xotinlarga “er” degan ismning o`zi kifoya” deydi? Homid

19. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida qaysi qahramon xotinining o`ziga muvofiq emasligidan shikoyat qiladi? Rahmat

20. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Otabek kimni “tulki” deb ataydi? Azizbekni

21. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida kimning uyida qizlar majlisi, gullar majlisi bo`ladi? Kumushbibining tog`asinikida

22. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Kumushbibi nimaga qiyoslangan? lolaga va oyga

23. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarining to`y, qizlar majlisi bobida qaysi qiz “O`rtoqlar ” kuyini tanlarga larza berib, tarona qiladi? Xonimbibi

24. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarining to`y, qizlar majlisi bobida qaysi qiz quyidagi “Yig`larman” qo`shig`ini aytadi? O`rtoqlarim, qo`lg`a olsam torimni, Beixtiyor yodlaydirman yorimni! Bir ko`rinib yag`mo qilg`an ko`nglimni, Qaytib yana ko`rolmadim norimni! Gulsinbibi

25. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida to`yda Otabekning vakili kim edi? Ziyo shohichi

26. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida to`yda Kumushning vakili kim edi? Muhammadrahim Yo`ldosh

27. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Yusufbek johiga aytishiga qaraganda Otabek bilan qamalganlar necha kishi edi? 3

28. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Yusufbek johiga aytishiga qaraganda Marg`ilonda ular birinchi marta qayerda yig`ilishgan? Ziyo shihichining uyida

29. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Yusufbek johiga aytishiga qaraganda Marg`ilonda ular ikkinchi marta qayerda yig`ilishgan? Mirzakarim qutidorning uyida

30. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Yusufbek johiga aytishiga qaraganda Marg`ilonda kim “Qo`lansa so`zlik, ichi qoraroq bir yigit”, - deya ta`riflaydi? Homidni

31. A..Qodiriyning “O`tkan kunlar ” asarida Hasanalining Yusufbek johiga aytishiga qaraganda Marg`ilonda ular birinchi marta yig`ilishganda necha kishi edi? 7

32. Qayerda gazmol bilan qalapoy afzalining bozori chaqqon? Marg`ilon

33. Hasanali necha yoshida uylangan? 30

34. “Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak eng ma’qul ish” deb kim aytgan? Rahmat


35. Asardagi Andijon savdogari kim edi? Akram hoji

36. 45-50 yoshli qora qosh, qora ko’z, ko’rkam yuzli deb ta’riflangan qahramon kim edi? Mirzakarim Qutidor


37. “Umr otilgan o’q emish”deb kim aytgan? Mirzakarim Qutidor
38. “Yurgan daryo – o’tirgan bo’yra emish” deb kim aytgan? Akram hoji
39. Qo’y kabi yuvosh Toshkent hokimi kim edi? Salimsoqbek
40. Asarda “aqlsiz bir go’dak” deya ta’riflangan qahramon? Xudoyorxon
41. Asarda kim Beklarbegi madrasasida o’qigan

Otabek
42. Qo’lansa gaplar uchun yaratilgan deb kim aytilgan? Homid

43. Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo’ladigan yurak javharidir kim kim aytgan? Hasanali

44. Kumushbibi necha yoshda edi? 18 yosh


45."O"tkan kunlar" asarida „teng tengi bilan tezak qopi bilan“ maqoli qaysi qahramon tilidan aytilgan? To’ybeka
46."O"tkan kunlar" asarida Otabekni nax bizga kuyav bo’ladirg’an yigit ekan deb“ qaysi qahramon aytadi? To’ybeka

47."O"tkan kunlar" asarida Otabekni kuroyi kuyaving shundog’ bo’lsa deb kim aytadi? Mirzakarm Qutidor

48. Yusufbek hoji Otabekka qachon maktub yozgan?

27-dalv oyida 1264-yilda


49. Asardagi qaysi bob Toshkent Qo’qon sipohi tomonidan o’ralganiga o’n besh kun bo’lgan edi jumlasi bilan boshlanadi? majburiyat
50. Toshkent qo’shbegisi kim edi? Normuhammad
51. Qo’qon yigitlaridan qanchasi yaralangan edi? bir ming besh yuztasi
52. Otabek Hasanali kirgan vaqtda nimani mutolaa qilayotgan edi? “ Boburnoma ” ni
53. Otabekning ma’naviy padari kim edi? Hasanali
54. Asardagi qaysi obrazni qayg’uli, tusi biroz siniqqansimon deya ta’riflangan? Oftoboyim
55. Kimni ichiga charog’ yoqsalar ham yorishmaydi? Oftoboyim
56. Lolalar orasidagi bir gul, yulduzlar orasida to’lgan oy kim edi? Kumush

57. Majlisning ruhsizlanib, ma’yusiyat ichida qolishiga kim chidab turolmadi? Gulsinbibi


58. Kim qizlarga buyruq berib, ularni jonlantirishga harakat qildi? Xonimbibi


59. Kumush va onasining ishongan kishisi kim edi? J:
Hasanali
60. Marg’ilondagi qo’rboshi kim edi? Xolidbek

61. Toshkentning Qo’qonga qilgan isyoni zamonida isyonchilardan biri ham birinchisi bo’lib tanilgan shaxs kim? Yusufbek hoji


62. Marg’ilon qo’shbegisi? O`tabboy
63. Otabekning Marg’ilonga kelganiga qancha bo’ldi? 40 kun
64. Azizbekning otalig’i va Kengashchisi bo’lgan kishi kim edi? Ysusfbek hoji
65. Asardagi hudaychi kim? Sulaymon
66. Asarda yuzboshi kim? G`anibek
67. Azizbekning amri lashkari kim? Rayimbek dodxoh
Rayimbek dodxoh

68. Kim kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz o’tkazgan? Hasanali


69. Yusufbek hoji Otabekning qamalishini kimdan eshitadi? Hasanali
70. Tongda qayerdan to’p otila boshladi? Oqtepa tomondan
71. Asarda qanday jarlik nomi keltirilgan? Chaqar
72. Toshkentning o’rdaga yaqin darvozasi qaysi? Qashqar
73. Asardagi qaysi qahramon 2 yo’l ustida qolgan deb ta’riflangan? Homid
74. Farishtadek sof holda qolmoqchi bo’lgan obraz kim edi? Homid
75. Qo’rboshiga kim beklar zoti kishiga sira ham oshna bo’lmas ekanlar deb aytgan?
Homid
76. Rahmat va Ziyo shohichi qancha muddat zindon jazosiga hukm qilindilar? 1 yil

77. Otaboy qo’shbegining yonida o’tirgan ponsad boshi kim edi? Azim

78. Qo’ymijoz bir odam deb kim aytilgan edi? J: Qutidor

79. O’chkan chirog’i qaytadan yondi. Umid osmonining yo’qolib yashirinib ketgan yulduzlari yana qayta o’z o’rniga kelib qo’ndi. Ushbu ta’rif kimga berilgan? Kumush

80. Keyingi ko’rguliklarini fojialar vodiysida ko’rgan shaxs kim? Qo`rboshi

81. Favqulodda dahshat kasb etgan ko’zlar kimning ko’zlari edi? Qo`rboshi

82."O"tkan kunlar" asarida qaysi obraz uncha-muncha to’y-u azalarga „Kavshim ko’chada qolg’an emas“, -deb bormas edi? O’zbek oyim

83."O"tkan kunlar" asarida qaysi qahramonni o’rda xonimlari o’zlarining „onaxonlari“ deb bilar edilar? O’zbek oyim

84.”O`tkan kunlar” asarida Hasanalining xotini kim edi? Oybodoq

85.”O`tkan kunlar” asaridagi Yusufbek hojining xonadonidagi cho’ri qiz ? Hanifa

86.”O`tkan kunlar” asarida O’zbek oyim Otbekning uylanganini kimdan eshitadi? Hasanalidan

87.”O`tkan kunlar” asarida qaysi qahramon biror ish maqul bo’lsa “xo’b”tushunmasa “xo’sh” nomaqul bo’lsa “durust emas” deydi? Yusufbek hoji

88.”O`tkan kunlar” asarida Otabekni ota-onasi kimning qiziga unashtirib qo’yishadi? Olimponsadboshining

89.”O`tkan kunlar” asarida Kumushni ota-onasi toshkentga yubormasligini Yusufbek kimdan eshitadi? Hasanalidan

90.”O`tkan kunlar” asarida Otabek Kumushni qo’lga kiritishga ahd qilganda kimning hiylasi tufayli suyuklisi uyidagilar tomonidan quviladi? Homid

91.”O`tkan kunlar” asarida kim bizning oiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko’rinmaydur deb aytadi? Yusufbek hoji

92.”O`tkan kunlar” asarida Kumush xati qachon yozilgan? 3-hamal Marg’ilon

93.”O`tkan kunlar” asarida qaysi qahramon go’yoki tovuqdek hurpayib olish odati bor edi? O`zbek oyim

94.Qaysi asarda asar qahramoni lo’lilarning bir toifasiga o’xshatilgan? “O`tkan kunlar"

95."O"tkan kunlar" asarida "'tirnoq ostidan kir izlaydigan qahramon? O'zbek oyim

96."Otkan kunlar" asarida "bilgan topib so'zlar, bilmagan qopib" maqolini qaysi qahramon aytgan'.' Yusufbek hoji

97."O'tkan kunlar" asarida Otabekning uch nafar jinoyatchini o'ldirishi qaysi bobda yoritilgan? Dushanba kun kechasi

98.Qaysi asarda "dunyo malagi" ifodasi uchraydi? O`tkan kunlar"

99 ."Otkan kunlar" asarida qaysi qahramon mushukka o"xshatilgan? Otabek

100.'"O'tkan kunlar" asarida qaysi qahramon "qora choponchi" deb tuhmat bilan ayiblanadi? Otabek

1. ”O’tgan kunlar ”romanida kimlar o’rtasidagi urush tasviri berilgan?

A) qipchoq-o’zbek

*V) qipchoq-qorachopon

S) qabilalar

D) qo’ng’irot-qipchoq

2. ”O’tgan kunlar ”romanidagi Oysha obrazi kim?

А) Qutidorning onasi

V) Oftob oyimning onasi

*S) Kumushning enagasi

S) xizmatchisi.

1. Otabek haqida kim: “bir chiroylik,bir aqllik,tag’in o’zi hammadan yuqorida

o’ltiradur”-deydi?

A) Qutidor

V) Oftob oyim

*S) To’ybeka

D) Oysha

2. Kim Azizbekni “tulki”deydi?

A) Normuhammad qushbegi

*V) Otabek

S) Yusufbek xoji

D) Qutidor

3. Otabek o’z dushmanlariga qarshi kurashgan kun?

A) dushanba kun

*V) Marg’ilonga kelgan birinchi kun
S) Marg’ilondan ketar kuni

D) aytilmagan

4. “O’tgan kunlar”asarida Otabek haqida kim “xudo kishiga o’g’il bersa

shundayini bersin-da”,- deb aytgan?

A) Qutidor

V) To’ybeka

*S) Oftob oyim

D) Hasanali

5. ”Xudo xudo bo’lib turib ham oladi,ham beradi,ilgari jon beradi keyin jon

oladi”, - degan gaplar “Kecha va kunduz”asaridagi qaysi qahramonga

tegishli?

A) Razzoq so’fi

*V) Akbarali

S) Eshon

D) Qurbonbibi

6. “Kecha va kunduz” romanidagi qaysi qahramon Qor yoqqanidan beri

qishloqning yarim xotin-qizlari bilan qor otishib chiqdi… Uchtasi bilan

“qorxat” o`ynab yutdi…

A) Zebi

B) Poshshaxon

*S) Sultonxon

D) Xadichaxon

7. “Kecha va kunduz” romanida noib to`raning yugundagi Zunnunning

mingboshi bo`lgani kim tomonidan aytilgan?

A) Eshon

B) Noib To`ra

*S) Hakimjon;

D) Miryoqub

8. Istiqlol yillarida chop etilgan “Iymon asiri” kitobi muallifi berilgan

javobni ko’rsating

A) Rauf Parfi (O’zturk)

V) Usmon Azim

*S) Shavkat Rahmon

D) Halima Xudoyberdieva

9. Modern yo’nalishida yaratilgan romanlarni toping

A) “Kapalaklar o’yini” (T.Rustam), “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov)

*V) “FFU”(O.Muxtor), “Kapalaklar o’yini” (T.Rustam)

S) “Tushda kechgan umrlar” (O’.Hoshimov), “Adolat manzili” (O.Yoqubov)

D) “Olabo’ji”(Sh.Xolmirzayev), “Judolik diyori” (M.Mansur)

10.Milliy istiqlol davri adabiyoti mahsuli bo’lgan tarixiy romanlarni

ko’rsating

A) “Boburiynoma” (H.Sulton), “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “Mahmud

Tarobiy” (A.Dilmurod), “Ulug’ saltanat” (Muhammad Ali)
V) “Girih” (A.Dilmurod), “Otamdan qolgan dalalar” (T.Murod), “Sho’rodan

qolgan odamlar” (Sh.Bo’tayev)

*S) “Mahmud Tarobiy”(A.Dilmurod), “Ko’hna dunyo” (O.Yoqubov), “Judolik

diyori” (M.Mansur)

D) barcha romanlar istiqlol davrida yaratilgan tarixiy romanlarga mansub.

11.Istiqlol davrida milliy urf-odatlarni o’zida aks etgan dramatik asarlarni

ko’rsating

A) “Qatag’on” (O’.Hoshimov), “Iskandar” (Sh.Rizayev)

V) “Chimildiq” (E.Xushvaqtov), “Checha” (B.Muhammadxo’jayev)

S) “Superqaynona” (S.Imomov), “Oltin devor” (E.Vohidov)

D) “Kuyov” (S.Ahmad), “Chimildiq” (E.Xushvaqtov)

12.Rauf Parfining “Bandangga tuzim ber, er ber, iymon ber”,- satrlari qaysi

asar uchun epigraf qilib olingan?

A) Omon Muxtorning “Tepalikdagi xaroba”romaniga

V) Shoyim Bo’tayevning “Muyulishdagi uy” qissasiga

*S) Aziz Saidning “Besh kunlik dunyo”romaniga



D) Xurshid Do’stmuhammad “Bozor”romaniga
Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling