O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMINI
O‘TKAZUVCHI 788-UCHASTKA KOMISSIYASI
MAJLISI BAYONI
Toshkent shahri
01-son 2023-yil “____”
RAISLIK QILUVChI:
|
- M.G’.Hamroqulov – 788-referendum uchastka o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi
|
QATNAShDILAR:
|
- Referendum uchastka komissiyasi barcha a’zolari:
Xikmatullaeva M.T., Toirova N.M., Tilyabaev K.M., Igamberdiev А.M., Аpponova M.A., Voxidova N.R., Аtaev M.R., Аbdullaeva Sh.M., Mirzaxmedova N.A., Turgunov K.S.
|
IShTIROK ETDI:
|
- hududdagi tashkilot yoki muassasa vakillari, OAV vakillari (ro‘yxat bo‘yicha)
Jami majlisda hozir bo‘lganlar – 21 nafar
|
KUN TARTIBI:
788-referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ish rejasini tasdiqlash haqida
_____________________________________________________
(M.G’.Hamroqulov, M.T.Xikmatullaeva, N.M.Toirova)
788-referendum uchastka komissiyasi raisi M.G’.Hamroqulov O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan uchastka komissiyasi o‘z vakolatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ish rejasini tasdiqlashi kerakligini bildirdi.
Shundan so‘ng uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari M.T. Xikmatullaeva ish reja loyihasini o‘qib eshittirdi.
Eshitildi:
788-referendum uchastka komissiyasining “Ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”
So‘zga chiqdi:
M.T. Xikmatullaeva 788-referendum uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari
А.M. Igamberdiev 788-referendum uchastka komissiyasi a’zosi
788-referendum uchastka komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasiga asosan muvofiq kun tartibidagi masalani muhokama qilib,
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 788-referendum uchastka komissiyasining Ish rejasi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 788-referendum uchastka komissiyasi ish rejasi tumandagi tashkilot va muassasalarga ilovadagi ro‘yxat asosida yuborilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari M.T. Xikmatullaeva zimmasiga yuklatilsin.
Ish reja va tashkilotlar ro‘yxati ilova qilinadi.
Ilova: (…-varaqda).
Do'stlaringiz bilan baham: |