O‘tkazuvchi 788-uchastka komissiyasi majlisi bayoni
Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari
Download 239.34 Kb.
|
788 қарорлар иш бланкалари (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchastka komissiyasi kotibi
Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari:
komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; uchastka komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi; ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi; mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi; jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi; uchastka komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi; uchastka komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi; o‘z vakolatlari doirasida uchastka komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi; “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek u bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari komissiya kotibi yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi. Uchastka komissiyasi kotibi: uchastka komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi; uchastka komissiyasi a’zolarini komissiya majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi; uchastka komissiyasi raisi va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi; uchastka komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi; okrug komissiyasi kotibidan SJBAT kirish uchun tegishli ma’lumotlarni oladi; ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYaERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi; “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 239.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling