O'tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi Reja: O‘tk


Download 2.14 Mb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1762871
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza № Fanning o’tkinchi jarayonlar qismining vazifalari (1)

1.2. O‘tkinchi jarayonlarning kelib chiqish sabablar va ularning oqibatlari

Tayanch so‘zlar: Hisobiy shartlar, hisobiy sxema, asosiy taxminlar.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga asosiysababqisqa tutashuv hisoblanadi. O‘tkinchi jarayonlar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin: elektr qurilmalar izolyatsiyasining tashqi mexanik ta’srlardan avariyai yoki bozilishi, izolyatsiyasini eskirishi; himoyalovchi materiallar izolyatsiyasini eskirishi; o‘ta kuchlanishlar; elektr qurilmalarini reja bo‘yicha o‘z vaqtida tekshirib turilmasligi va h.k.
Elektr tizimida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuvlar, o‘ta yuklanishlar, uzilishlarning umumiy soninining 44,5 % qismi havo va kabel elektr uzatish liniyalari va 55,5 % qismi elektr stansiyalari va podstansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Elektr iste’molchilarini elektrenergiyasibilan uzluksiz ta’minlash zarurligini

ko‘zda tutib, elektr energetika sohasi mutaxassislari oldiga quyidagi talablarni bajarish vazifasi quyiladi:
1. Elektr qurilmalarni ishlatishning meyoriy qoidalariga rioya qilish.
2. Elektr qurilmalarning ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlovchi apparatlar, yuqori sifatli elektr himoya qurilmalarini konstruktiv tuzilishlariga e’tibor berish va ularning meyor talablariga javob berishini nazorat qilish.
Kuchlanishning keskin kamayishi asosan qisqa tutashuv nuqtasida va tarmoqning boshqa nuqtalariga ham sezilarli bo‘lib, u avtomatik qo‘zg‘atishni rostlash qurilmasini tez ta’siriga ko‘ra tezda normal holatiga tiklanadi.
Qisqa tutashuv toki generatorning nominal tokidan kambo‘lsa ham avariya hosil bo‘lgan shoxobchada nominal tokning qiymatidan ortib ketishi kuzatiladi. SHu sababli qisqa tutashuv toklarni oqishi natijasida tok o‘tkazuvchi qismlarni qo‘shimcha qizishiga olib keladi. Bundan tashqari issiqlik ta’sirida qisqa tutashuv toklari o‘tkazgichlar orasida katta mexanik kuchlar hosil qiladi. Bu kuchlar o‘tkazgichlarni qancha mustahkam o‘rnatilishiga qaramay ularni buzilishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanishning kamayishi natijasida simmetrik holat buziladi, bo‘ylama nosimmetriya hosil bo‘ladi va iste’molchilarni ish holatiga katta ta’sir ko‘rsatiladi. Kuchlanish 30-40 % ni foizgacha kamayishi natijasida sanoat korxonalardagi elektr motorlarning ish holatlari buzilib va ma’lum vaqt to‘xtab qolishi kuzatilib, bu xalq xo‘jaligiga katta miqdorda zarar yetkazishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari elektr motorlarning to‘xtab qolishi elektr tizimini statik turg‘unligini buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida elektr energiyasini uzatilishiga qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatib, boshqa iste’molchilarni elektr energiyasiz qolishiga olib keladi. Ba’zida yer bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lishi natijasida tizimda balans yo‘qoladi. Toklarning qiymati turlicha bo‘lishi bilan bir qatorda mos magnit oqimlarining hosil bo‘lishi natijasida, E.Y.K. induksiyalanib, ishchi xizmatchilar hamda liniya elementlari uchun xavfli vaziyat tug‘iladi, elektr tizimining turg‘un holati buziladi.
Elektr qurilma va tizim elementlarini loyihalashda hamda texnik masalalarni yechishda elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini hisoblash asosiy o‘rinni egallaydi. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini tahlil qilish asosan tok va kuchlanishlarning qiymatlarini belgilangan tartibda aniqlash asosida amalga oshiriladi:
a) Tanlangan elektr sxemasiga qo‘yilgan baho va uni tanlash.
b) Avariya holatida iste’molchilarni ishlash shartlariga ta’sirini tekshirish va tahlil qilish.
v) Qisqa tutashuv holatini hisoblash natijasida tanlagan apparatlarni ishchi holat uchun tekshirish.
g) Rele himoya va avtomatika qurilmalarini loyixalash va o‘rnatish. d) Elektr uzatish liniyalarini aloqa simlariga ta’sirini aniqlash.
e) Himoyaviy yerga ulash qurilmasini loyihalash va tekshirish.
j) Kuchlanish oshishidan himoyalash maqsadida zaryadsizlantirgichlarni tavsifini tanlash.
z) Sinxron mashinalarda magnit maydonini so‘ndirish qurilmasi parametrlarini aniqlash va baholash.
i) Sinxron mashinani qo‘zg‘atish tizimini baholash. k) Turli xil tekshiruv ishlarini o‘tkazish.
l) Bo‘lib o‘tgan avariyalarni tahlil qilish.
O‘tkinchi jarayonlarini hisoblashda asosan haqiqiy shartlarni hisobga olgan holda hisoblash ishlarini aniq bajarish zarur. CHunki, qisqa tutashuv natijasida tanlangan apparatlar turg‘unlik holatini saqlashi lozim bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan bandlarni hisoblashlar natijasida qisqa tutashuvga taalluqli bo‘lgan quyidagi parametrlar aniqlanadi:
Qisqa tutashuvning zarba toki.
Qisqa tutashuvning eng katta oniy qiymati.
Qisqa tutashuvning eng katta ta’sir etuvchi qiymati. Qisqa tutashuvning tokining karraligi.
Qisqa tutashuv nisbati.
Qisqa tutashuvning davomiyligi va boshqalar.


Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling