O'tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi Reja: O‘tk


Download 2.14 Mb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1762871
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza № Fanning o’tkinchi jarayonlar qismining vazifalari (1)

Asosiy taxminlar
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash juda murakkab bo‘lib, amada uni katta aniqlikda amalga oshirish mumkin emas. SHu sbabli uni hisoblashda quyidagi asosiy taxminlarga yo‘l qo‘yiladi:
a) Magnit tizimi mavjud emas deb qaraladi. Bu taxmin sxema qarshiliklarini chiziqli ko‘rinishga olib keladi, sxemadagi turg‘unlashgan va o‘tkinchi jarayonlarni kuzatishni osonlashtiradi.
b) Transformator va avtotransformatorlarda magnitlash toki e’tiborga olinmaydi. (Chulg‘am Y/Y0 sxema bo‘yicha ulangan uch o‘zakli transformatorlar bundan mustasno).
v) Uch fazali tizimning nosimmetriyaligi e’tiborga olinmaydi.
Bu shart hamma elementlar uchun bajarilgan bo‘lib, faqatgina ayrim elementlarning shikastlanganligi natijasida nosimmetriya vujudga keladi.
g) Elektr uzatish liniyalarining sig‘im o‘tkazuvchanligi hisobga olinmaydi.
d) O‘tkinchi jarayon xarakteriga bog‘liq holda yuklamalar taqriban hisobga olinadi.
e) Liniyalarning aktiv qarshiligi hisobga olinmaydi. Bu taxmin past kuchlanishli tarmoqlar va kabelli uzatish liniyalarga taalluqli emas.
j) Sinxron mashinalarda tebranish yo‘qligida bu taxmin uncha xatolik keltirib chiqarmaydi. Bunday holat o‘tish jarayonning boshlang‘ich 0,1 – 0,2 sekundi davomida bo‘lishi mumkin.
Qisqa tutashuv toklarini hisoblashning aniqlik darajasi hisoblash maqsadiga bog‘liq holda belgilanadi. Sxemalarni ulanishlari va qisqa tutashuv toklarini cheklovchi qurilmalarni tanlash, apparatura va tok o‘tkazuvchi qismlarni tekshirish maqsadida amalga oshiriluvchi hisoblashlarni taxminiy bajarish mumkin. SHiningdek, tanlangan qurilmalarini qisqa tutashuv vaqtida ishlash shartlarga tekshirish, ishchi holatni hisoblash asosida tanlangan o‘tkazgich va kabellarning ko‘ndalang kesim yuzalarini qisqa tutashuv vaqtida bardosh bera olishini tekshirish uchun ham taxminiy hisoblashlsrdan foydalanish mumkin.
Qisqa tutashuv toklarining ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi chora–tadbirlar qo‘llanilishi mumkin: himoyalarning ta’sir vaqtini kamaytirish; ta’minlovchi liniyalar va bog‘lovchi liniyalarni imkoni boricha ko‘paytirish, reaktorlar va boshqa turdagi himoya vositalaridan imkoni boricha to‘la va unumli foydalanish. Bundan tashqari tanlanadigan barcha apparatlar va o‘tkazgichlarni tanlash qoidalariga to‘la rioya qilinish shart.
Generatorlar va sinxron kompensatorlar kuchlanishni avtomatik rostlovchi uskunalar bilan ta’minlangan deb qabul qilinadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling