O’tkir hoshimov asarlarida til birliklarining poetik aktuallashuvi
Download 61.75 Kb.
|
O’TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA TIL BIRLIKLARINING POETIK AKTUALLASHUVI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Kurs ishi predmeti: O’tkir hoshimov asarlarida til birliklarining poetik aktuallashuvi bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. I BOB. O'tkir Hoshimov hayoti va ijodidagi o’ziga xoslik 1.1.O'tkir Hoshimov hayoti va ijodi Uning ''Ikki eshik orası '', ''Dunyoning ishlari'' Bahor qaytmaydi kabi asarlari kitobxonlarning qalbidan joy olgan. Xuddi shunday asarlardan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Asar 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan. Asar o'ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o'lim tushagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi... Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma'yus boqadi. Yer-ko'kni kafandek oppoq tuman chulg'aydi. Oq zulmat orasidan qarg'alarning xosiyatsiz fig'oni eshitiladi.'' Kuzning o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshatilishi, hazonlarning ingrashi, yer-u ko'kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg'alarning bexosiyat fig'oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo'lishiga ishora qiladi. Asar bosh qahramonlardan biri Rustam o'qishni to'xtatib armiyaga ketadi. Armiyadan esa urush bo'layotgan Afg'onistonga jo'natiladi. U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi. Temur, Hayriddin, kabi o'ziga o'xshash yosh yigitlarning Afg'oniston hududida bekordan-bekorga o'lib ketishlariga, afg'onlarning urushdan katta azob ko'rayotganlariga guvoh bo'ldi. Urush natijasida u kasallik chalindi. Asar voqealar markazida turgan qahramonlar: Rustam, uning otası, Komissar Soat G'aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma'nisiz va alg'ov -dalg'ov o'tdi... Rustam afg'on urushi xotiralaridan qutula olmadi. ... U O'zi sevgan qiz Shahnozaga uylangan bo'lsa ham, ikkalasi bir- birini qattiq sevsa ham ular baxtli bo'lisha olmadi. Bu baxtsizliklarning asosiy sababi urushning salbiy ta'siri edi. Uyga qaytgandan keyingi ketma-ket adolatsizliklar, nohaqliklarga guvoh bo'lishi, ayolining baxtsizligiga o'zini aybdor his etishi uning fojiali o'limiga sabab bo'ldi. Komissar Soat G'aniyev har bir kitobxonning qalbida nafrat uyg'otadi. U otasining izidan borib, sovet komissari bo'lib yetishadi. Yoshligidan ko'plab insonlarning (Mahalladoshi Husan, To'lagan) nohaq jazolanishiga sabab bo'lgan, bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo'lmaydi. U o'tgan umridan afsuslanmaydi. dunyoqarashini o'zgartirmaydi. Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli. U oddiy emas, o'ta xavfli manqurt. Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog'ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo'ymaydi. Doktorlar man etishsaham o'z bilganidan qolmay kundalik tashvishlarini bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi. Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim. ''O'ylab qarasam, o'tgan umrim umr emas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko'rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko'rib. O'sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qo'rqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga o'xshaganlar ko'p ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning o'zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so'ng ko'zlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech bo'lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan bo'lsa kerak yozuvchi.Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi... Inson ma'naviy olamini kashf etuvchi qudratli vositalardan biri bu – so‘z san'ati, badiiy adabiyotdir. Bugun milliy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-baranglashib bormoqda. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bo‘lib borayotgan bir davrda ilm-fanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda. Adabiyotshunoslik va uning tadrijida ijodkor badiiy mahorati masalasi bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bo‘lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish beqiyos o‘rin tutadi. Shu ma'noda XX asr o‘zbek nasrining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlaridan bo‘lgan O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘rganish, yozuvchining o‘ziga xos uslubi va badiiy mahoratini tadqiq etish muhimdir. Zero, O‘tkir Hoshimov so’zni san’at darajasiga olib chiqqan, uning har bir qa’tidan yangilik, badiiy yuksaklik axtargan va ana shu yuksaklikni ijod o’zagi deb bilgan yozuvchidir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 80-yillarning oxirlariga kelib, jamiyat hayotida ko‘p o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Qayta qurish, oshkoralik tufayli mavjud muammolar xususida gapirila boshladi. Uzoq yillar hukmronlik qilgan, chirib bitayotgan sotsialistik tuzumning asl qiyofasi ko‘rinib qoldi. Uzoq yillar gegimon bo‘lgan kommunistik partiya o‘z o‘rnini saqlab qolishga, jamiyat hayotini yana bir bor o‘zgartirishga qayta-qayta urina boshladi. Lekin bu harakatlar faqatgina ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ldi. bunga misol qilib, O‘zbekistonda markaz tomonidan jinoyatchilikka, poraxo‘rlikka barham berish niyatida olib borilgan harakat “o‘zbek ishi” deb nom olgan ommaviy qatag‘on kompaniyasiga aylanib ketdi. 30-50-yillardagi qatag‘on manzaralari takrorlandi. Jamiyat hayotidagi mana shunday manzaralar adabiyotda o‘zgacha qahramonlar hayoti tasvirlangan asarlarning paydo bo‘lishiga zamin hozirladi. Ko‘plar e’tiqod qo‘ygan, ishongan tuzumning barbod bo‘lishi, butun umrini, hayotini shu tuzumga xizmat qilishga sarflagan insonlarning ishongani sarob bo‘lib chiqishi O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida mahorat bilan tasvirlandi. Unda mustabid tuzumning haqiqiy qiyofasi, odamlar ishongan aqidalarning bema’niligi ko‘rsatib berildi. “Tushda kechgan umrlar” romanida ham adibning avval yaratilgan romani “Ikki eshik orasi” romani kabi voqelik bir necha roviylar tilidan hikoya qilinadi. Bu usul adib uchun o‘z g‘oyasi va fikrlarini ifoda etishning vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Aynan shu holat asar syujetining ham o‘ziga xosligini ta'minlagan Badiiy asarda syujet markaziy ahamiyatga ega hisoblanadi. Syujet atamasiga ilmiy adabiyotlarda turli ta’riflar berilgan. Masalan, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da “Syujet (frans. — predmet, “asosga qo‘yilgan narsa”) badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, sujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir”, deyiladi. Har bir asarning syujeti qaysi janrga mansubligiga qarab o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Xususan, epik janrdagi asarlar syujet va kompozitsiyasi yaxlit butunlikka ega ekani bilan lirik va dramatik turga mansub asarlardan ajralib turadi. Muallif uchun syujet voqealari personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi muhim asos vazifasini o‘taydi. “Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so‘z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak”. Demak, syujetning qanday bo‘lishi muallif niyatiga bog‘liqdir. Masalan, “Tushda kechgan umrlar” uchun tanlagan sujetda voqealarning bir nechta personajlar hayoti misolida ko‘rsatilishi — muallif ijodiy niyatni amalga oshirish uchun qulay usuldir. Negaki, romandagi syujet chizig‘ining Rustam, Komissar, Qurbonoy xola liniyalari orasida kechishi yozuvchini yozishga undagan muammolarni ifodalashga imkonini yaratdi. Jumladan, farrosh kampir– Qurbonoy xolaning qismati, Komissar Soat G‘aniyevning fojiasi roman bosh qahramoni Rustamning taqdiri bilan bog‘liq voqealarga uzviy bog‘langan holda olib kiriladi va ular yozuvchiga Afg‘on urushi hamda “O‘zbek ishi” fojialari bilan bog‘liq muammolarini yoritish, ko‘rsatish imkonini yaratadi. 1.2.O'tkir Hoshimov ijodidagi o’ziga xoslik Yigirmanchi asrning 60-yillarida zamonaviy o’zbek nasri xiyoboniga bahoriy ayyomlar kirib keldi. Unga qadar ham katta adiblik maktabi qad rostlab turgan edi, bu maktabning yalovbardorlari zalvorli povest` va romanlarini peshma-pesh chop etishayotgan, “kitobxo’r” shinavandalar oltmish minglab “tiraj”larni ko’rdim demasdi. Juda ko’plab odamlarning xayoliyu ko’nglida “Adabiyot – shu!” degan tushuncha aqidaga aylanib ketgandi. Birdan povest` qabilida yozilganu, lekin janri “qissa” deb ko’rsatilgan asarlar paydo bo’ldi. Bu ikki atamani qiyosan tahlil qilganlar, unisi boshqa-bunisi boshqa yoki ikkovi egizak degan tezislarni ilgari surib doktorlik dissertatsiyalar ham yozildi. Ilmiy bahs-munozaralar o’z yo’liga, lekin, nazarimda, 60-yillar qissalari adabiyotimizga bamisoli bahorning mayin, yoqimli havosini olib keldi. Butun bir milliy adabiyotda yangi yo’nalishni boshlab berish hammaga ham nasib etavermaydi. Muayyan ijodkordagi favqulodda yangicha tafakkur piravordida butun xalq badiiy tafakkurida o’zgarish yasaydi, badiiy didini yangilaydi, buning natijasida kitobxonlarning nafaqat adabiyotga, shu bilan birga hayotga, odamlarga bo’lgan qarashlarida favqulodda o’zgarishlar yuz beradi. O’lmas Umarbekov, Uchqun Nazarov, Shukur Xolmirzaev, O’tkir Hoshimovning nomlari o’sha davr o’zbek nasrini yangilovchilari sifatida tarixdan o’rin oldi. Nomlari keltirilgan va ular safida qalam tebratgan ustozlar ijodiga ehtirom bildirgan holda o’z tengqur avlod vakillari orasida uloq O’tkir Hoshimovda ketgani e’tirof etilsa adolatdan bo’ladi deb o’ylayman. O’tkir akaning qissalari, hikoyalari, hatto publitsistik chiqishlari mashhurlikda bugungi kunimizdagi megayulduz xonandalarning “xit”laridan kam bo’lmagan! Adabiyotdagi mana shu hodisani, ya’ni ijodkorning mashhurlik fenomenini o’rganishga ko’pda e’tibor qaratilmaydi nazarimda. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning matbuotda e’lon qilingan ko’plab maqolalari, ayniqsa teleekran orqali muntazam namoyish etilgan suhbatlari o’z davrida qanchalar ommalashib ketganini hozirda jadal rivojlanib borayotgan ommaviy kommunikatsiya fani nazariyasi mezonlaridan kelib chiqib tahlil qilinsa O’tkir akaning nafaqat publitsist, balki adib sifatidagi fenomenini ochib beruvchi sirlar sari yo’l topish mumkin bo’ladi. Darhaqiqat, bir qator gazeta maqolalari hamda telesuhbatlari bilan millionlab kishilarning qalbiga yo’l topish, bugina emas, balki ularning juda ko’pchilik qismidan aks sado olish shunchaki jo’n yoki tasodif hodisa emas. Ommaviy kommunikatsiya masalalari bilan shug’ullanadigan mutaxassislar ommaviy axborot vositalarini quyidagi uch guruhga bo’lib tadqiq etishmoqda: omma tafakkurini boshqaruvchi, omma bilan teng mavqeda muloqot o’rnatuvchi va ommaga nisbatan passiv mavqeni egallovchi ommaviy axborot vositalari. Bundan chiqadigan xulosa shundan iboratki, erkin fuqarolik jamiyatida ikkinchi xil ish yuritish, ya’ni omma bilan tengma-teng mavqeda muloqot o’rnatish ko’proq qadrlanadi, e’tirof etiladi. Taniqli adabiyotshunos M.Baxtin jamiyatning to’laqonli jamiyatga aylanishida muloqotning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Muloqot to’xtagan joyda hamma narsa tugaydi deydi u. Uning fikricha, muloqot chog’ida ikki tomonlama jarayon kechadi, ya’ni tinglovchi gapiruvchiga nisbatan faol pozitsiyaga ko’tariladi va tinglovchi gapiruvchiga aylanadi. Har ikkala misolning mohiyati bitta – o’zbekona jaydari til bilan aytganda, odamlarning qalbiga yo’l topish, ular bilan tengma-teng tillashish, ularning gap-so’ziga quloq solish. O’tkir Hoshimov tabiatan qalblarga yo’l topa oladigan, odamlarni gapirtira biladigan, boshqalar aytgan, aytmoqchi bo’layotgan dard-hasratiga quloq soladigan odam. U kishining adib va publitsist, katta ziyoli, ma’rifatli inson sifatidagi o’ziga xosligi, ta’bir joiz bo’lsa, ustunligi ham mana shunda! Sanab o’tilgan o’ziga xosliklar boshqa ijodkorlarda ham yo’q emas-ku, degan da’vo bildirilishi tabiiy. To’g’ri, buni rad etib bo’lmaydi, lekin O’tkir Hoshimovning o’ziga xosliklariga qo’shimcha yana bir o’ziga xosligi bor: u tabiatidagi barcha o’ziga xosliklaridan barcha asarlarida, xususan badiiy asarlarini yaratishda nihoyatda mohirona foydalana oladi. Yo’q, atayin emas, juda tabiiy ravishda foydalanadi. Eng oddiy kishilar bilan suhbatda ham O’tkir aka o’zining mashhur adibligini, yuqori martabali arbob ekanligini unutadi, atayin emas, yo’q, oddiy va tengma-teng suhbat-muloqot Ustoz uchun muqaddas lahzalarga aylanadi. O’tkir aka bilan respublikada bormagan viloyatimiz qolmagan, shahar va qishloqlarda, korxona va muassasalarda bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ishtirok etganman. Har safar O’tkir akadagi samimiyatning jozibador quvvati yana va yana muxlislari safini ko’paytirganiga guvoh bo’lganman. O’tkir Hoshimovning biron marta o’ziga murojaat etgan odamga nisbatan e’tiborsiz bo’lganini ko’rmadim. Zero, har bir murojaat ortida tirik inson, tirik inson taqdiri, qismati, orzu-havasi, tashvishlari bo’ladi. Adabiyotshunoslik fani atamalari bilan yondashadigan bo’lsak, O’tkir Hoshimovning inson kontseptsiyasi mohiyatini ana shu g’oyatda xalqona, sof o’zbekona qadriyatlar tashkil etadi. Bejizga adibimiz “Ilhom nima?” degan savolga javob berayotib, “Bo’lajak asar qahrmonlari tirik odamga aylanib, “qismatimni tezroq qog’ozga tushir” deb talab qilayotganga o’xshaydi” deya o’z ijodiy laboratoriyasiga olib kiradi. “Yozuvchilik hunarining eng qiyin joyi nima?” degan savolga berilgan javob yuqorida men uqdirishga urinayotgan adibning o’ziga xosligini yanada yaqqolroq namoyon etadi. – Asar qahramonlariga “jon ato etish”, ya’ni ularni tirik insonlarga aylantirish. Shundagina kitobdagi odamlar (“personajlar” emas, aynan odamlar. – Ta’kid bizniki. – X.D.) o’quvchining yaqin kishisiga aylanadi. Kitobxon unga qo’shilib o’ylaydi, iztirob chekadi, sevadi yoki nafratlanadi. Insonga bu qadar yuksak mehr-muhabbatli munosabatni adib qalamiga mansub barcha asarlarida ko’rish mumkin. Sinchkovlik bilan tahlil qilinsa, asarlarning ifoda ohangi, so’z-ibora-jumla tanlash san’ati, ziddiyatli holatdagi ruhiy iztiroblar tasviri, yaxshini behad sevish, yomonga ayovsiz nafrat tuyg’usi – shularning barchasida O’tkir Hoshimov inson kontseptsiyasining turli qirralari yaqqol ko’zga tashlanadi. Sermahsul ijodkorlarga qo’yarda-qo’ymay qaysi asaringiz o’zingizga ko’proq yoqadi, qabilidagi savollar berishadi. Shunga o’xshash savol bilan O’tkir akaga ham murojaat qilishgan, yanglishmasam, u kishi hamisha barcha asarlarini farzandlari misoli birdek ko’rishini aytgan. Bizning avlod vakillari esa katta adabiyot olamiga kirib kelishida O’tkir Hoshimov ijodining dastlabki pallalarida yaratilgan asarlar ko’proq “xizmat” qilganini, yo’l ko’rsatganini gapirishadi. “Cho’l havosi”, “Odamlar nima derkin?”, “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”… ustoz adibni qalam tutishga undagan sehrli kuch ham odamlarning qalbiga quloq tutish, odamlarning o’zlarini o’z qalblariga quloq tutishga da’vat etish, undash tuyg’usi bo’lgan desak yanglishmasak kerak. O’tgan asrning 60-yillari uchun bunday samimiylik, ruhiy erkinlik adabiyotimiz uchun favqulodda voqea edi! Takror aytaman – milliy badiiy tafakkurdagi burilish edi! Shu nuqtai nazardan o’sha davr o’zbek she’riyatida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi nomlari bilan bog’liq yuz bergan yangilanishga qiyosan olinsa, nasrimizdagi yangilanish jarayonlari yuqorida eslangan adiblarimiz nomlari bilan bog’liqdir. Muhimi, o’sha o’ttiz-qirq yil burungi tarixiy evrilishlar mualliflari adabiyotimizning ko’rkiga ko’rk bo’lib qo’shilgan ko’plab asarlar yaratdilar. “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Nur borki, soya bor” asarlari O’tkir Hoshimovning epik ko’lamdagi salohiyati namunalariga aylandi. “Dunyoning ishlari”da o’zbekning mushtipar, mushfiq va jafokash ONAsiga tirik haykal qo’yildi. Uning biron novellasi – sahnasini befarq o’qib bo’lmaydi. Kitobxon qavmi borki, ushbu asar mutolaasiga kirishdi deguncha o’z bolaligi, go’daklik xotirasiga muhrlangan volidasini eslaydi. Bu eslash har qanday bag’ri tosh odamning ham ko’nglini halimlashtiradi, uni ezgu tuyg’ular girdobiga tortadi. Asarning ikkinchi e’tiborli jihati shundaki, yozuvchi odamlarni ONAga bo’lgan munosabatidan kelib chiqib kimligini, qanday insonligini ko’rsatadi. Qissaning uchinchi yo’nalishini asar qahramoni “men”idagi evolyutsiya tashkil etadi. Bu “men” dunyoni asosan ona timsoli orqali idrok etib ulg’ayadi, neki voqea-hodisa bo’lsa ona konteksida qabul qiladi va shu konteksdan kelib chiqib ularning bahosini beradi. Do’st xiyonatiga uchragan qahramonning iztirobga tushganini eslaylik. Vaziyat shu qadar og’irki, azbaroyi osmondagi oy ham xoindek, uning nurlari haromdek, yulduzlar xoinlarcha ko’z qisayotgandek, shamol xoinona qiqirlayotgandek tuyuladi. Bir so’z bilan aytganda, qahramon uchun dunyo zimiston, uning nazarida bu yorug’ olamda yaxshilik yo yoqimli narsaning o’zi qolmagan. Mana shunday depressiv holatdan uni faqat ona, faqat onadagi bag’rikenglik, kechirimlilik xalos etishi mumkin. Onadagi kechirimlilik, bag’rikenglik o’g’ilning mushkulini osonlashtiradi… “Dunyoning ishlari”da kashf qilingan Ona obrazi O’tkir Hoshimovning keyingi asarlarida ham boshqa zamon va boshqa makonlarda o’quvchining ko’z o’ngida gavdalanadi. Chunonchi, “Tushda kechgan umrlar”dagi Qurbonoy xola ko’p jihatdan qissadagi Oyi obrazini mantaqan davom ettiradi. “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasidagi Umri onaning mushfiqligi, xokisorligi ham bu ikki asardagi onadagi fazilatlardan deyarli farq qilmaydi. Turli asarlardagi turli obrazlarga bunday yondashuv to’g’ri yo noto’g’riligi butkul boshqa masala, lekin, bu o’rinda gap boshqa yoqda: “Dunyoning ishlari”da Onaning quyma obrazini yaratishga muvaffaq bo’lgan muallif endi boshqacha onani tasavvuriga sig’dirolmasligi aniq edi, binobarin, basharti u onani boshqacharoq tasvirlasa go’yo o’sha ONAga xiyonat qilayotgandek, ona timsoliga putur yetkazib qo’yayot-gandek ahvolga tushardi. U – adib O’tkir Hoshimovning onasi, o’zbekning onasi edi!.. “Tushda kechgan umrlar” romanidagi G’aniev ham quyma obrazlar sirasiga kiradi. Inson qiyofasidagi bu maxluq (!) tasvirlangan sahifalar yozuvchi mahoratining zarvaraqlariga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Adib go’yo shu qadar manfur kimsani ro’parasiga o’tqazib qo’yib musavvir singari uning portretini yaratgan. Yaratganda ham tosh va muzdan yaralgan butun ichki dunyosini barcha tovlanishlari bilan mukammal va badastir “ko’chirgan”. Uning odamlarga qilayotgan g’ayriinsoniy munosabati o’quvchini hayratga soladi, hayratga sola turib dunyoga hushyorroq nazar bilan qarashga undaydi. Polkovnik G’aniev “Dunyoning ishlari”dagi Dalavoy nalugchining davomi. Ular bir toifadagi odamnusxalar. Ularning qiyofasini to’laroq ko’rsatish uchun boshqa bo’yoqlarning hojati yo’q, faqat yozuvchining aytmay turib aytish uslubini uqishga harakat qilsak, har qanday davrning o’z Dalavoylari, G’anievlari bo’lishi ayonlashadi. Qurbonoy xolaning “O’zingiz tuzukmisiz?” degan savoliga G’anievning qaytargan zaharxanda javobi har qanday kitobxon qalbini larzaga soladi: “Menmi? – Komissar kuldi… – Xex-xex-xex! Qachon o’lasiz, demoqchimisan? Ovora bo’lasan! Men o’lmayman! Xex!” … O’tkir aka Hoshimov bilan ko’plab marta hamsafar, hamsuhbat bo’lganimni yozdim. Har doim u kishining katta adib va beg’ubor inson sifatidagi o’ziga xosliklarini ixtiyor-beixtiyor kuzataman. Va yana u kishining o’ziga xosliklari orasidan yana boshqa bir o’ziga xoslikni topganday bo’laman: O’tkir Hoshimov hayotda qanday bo’lsa, asarlarida ham shunday, asarlarida muallif “men”i qanday bo’lsa, hayotdagi inson sifatida ham shunday ekan. Yana bir o’ziga xoslik – O’tkir aka o’zgalarning quvonchini o’zining quvonchidek qabul qiladi, o’zgalarning dardidan o’zining dardidek iztirobga tushadi. O’tkir Hoshimovning shaxsini, u kishi yaratgan asarlarni xalq qalbiga yaqinlashtirgan, chinakam ma’nodagi xalqchilligini – o’ziga xos gumanizmini ta’minlagan joziba ham mana shunda deb o’ylayman. II.bob O'tkir Hoshimovning ,,Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik va uslub xususiyatlari 2.1. O'tkir Hoshimovning ,,Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik Nasiba deraza ro’parasidagi pastak yumshoq kresloda o’tirar, oqshom tushib qolgan edi. Kelin tushgan uyning fayzi boshqacha bo’ladi. Derazalardagi nafis darpardalar, oyoq ostidagi cho’g’dek gilamlar, devorda ohista chiqillab turgan kattakon osma soat, naqshinkor arabi garnitur – hammasi bu xonadonda yaqinda to’y bo’lganidan darak berib turardi. Narigi uyda qaynisi televizorni baqirtirib futbol ko’ryapti. Hali qaynonasi egachisinikiga ketdi. Umuman, ularning xonadoni gavjum. Ammo Murodjon yonida bo’lmaganidan keyin Nasiba bari bir yolg’iz… Murodjon keyingi paytda aynidi. Avvallari ishdan chiqa solib uyga yugurardi. Yo’q, keyinchalik tez-tez kechi-kadigan, ba’zan yarim kecha qilib keladigan odat chiqardi. Tag’in topgan bahonasi bitta! Navbatchilik qilarmish. o’lar endi, har kuni bitta odam navbatchilik qilaversa. «Navbatchilik bahona, diydor g’animat» bo’lmasin tag’in. Nasiba devordagi soatga qaradi. To’qqizdan oshibdi. Tashqarida qorong’i quyuqlashib borar, allaqaerda qurbaqa qurillardi… Bir vaqtlar Murodjon ikkovlari bog’larda ataylab kun botishini kutib o’tirishar, oqshom quyuqlashib ketganidan keyin o’pishishardi. Ularning tanishuvi g’alati bo’ldi. Nasiba bilim yurtining to’rtinchi kursida o’qirdi. Qishda shamollab qoldi. Bir-ikki kun parvo qilmay o’qishga qatnab yuraverdi. Ammo kechasi to’satdan isitmasi ko’tarilib ketdi. Dadasi bilan oyisi qo’rqib ketishdi. Qo’shnining mashinasida kasalxonaga oborishdi. O’pkasi qattiq shamollagan ekan. Uni Murod Vohidovich degan do’xtir davoladi. Nasiba ilgariyam betob bo’lgan, vrachlarga qaratgandi. Ammo mana shu baland bo’yli, qotmadan kelgan vrachning qo’li badaniga tegishi bilan negadir qamchi yegan otdek seskanib ketdi. Narigi karavotda yotgan xotin uning holatini sezdi. Piqillab kulib yubordi. Do’xtir zahargina ekan. – Xotirjam bo’ling, ko’zim uchib turgani yo’q, – dedi qovog’ini solib. – Chuqur nafas oling… Nasiba sog’ayib chiqib ketguncha ham Murod Vohidovich bilan tuzuk-quruq gaplashmadi. Ayniqsa, uning qosh-ko’zlari popukdek Marziya degan hamshira qiz bilan ochilib-sochilib gaplashib turganini bir-ikki ko’rganidan keyin o’zini butunlay bepisand tutadigan bo’ldi. Agar Dilfuzaning to’yida yana uchrashib qolishmasa, balki unutib yuborgan bo’larmidi… Dilfuza Nasibaning jonajon o’rtog’i. Shu qiz turmushga chiqadigan bo’ldi-yu, ZAGSdan o’tish marosimiga Nasiba ham bordi. To’g’risi, dugonasining baxtiga juda havasi keldi. Umrida bunaqa tantanani ko’rmagan edi. Qiz tomon salkam yigirma kishi bo’lib borishdi. Kuyov tomondan ham ancha yigitlar keldi. ZAGS mudirasi kelin-kuyovni qutlab, nutq so’zladi. Kuyov Dilfuzaga brilliant sirg’a, oltin uzuk hadya qilganida hamma qarsak chalib yubordi. Nasiba kuyov tomondan kelgan yigitlar orasida turgan Murod Vohidovichni tashqariga chiqishganidan keyingina ko’rdi. Doim xalatda yurgani uchunmi Nasiba e’tibor bermagan ekan. Bu gal yarashiqli kiyinib olgan, sochlarini silliq taragan, galstuk taqqan Murodjon uning ko’ziga cho’g’dek ko’rindi. Bosh silkib, salom berdi. Murodjon shu ondayoq uning yoniga keldi. – Siz kelin tomonmisiz? – dedi uning qo’lini ohista siqib. Nasiba indamay bosh silkidi. – Men kuyov tomonman. Demak, quda ekanmiz… – Murodjon kulib qo’ydi. Yo’q, u ko’p ham zahar emas ekan. Mashinada shahar aylanishganida ham, «Lazzat» kafesida o’tirishganida ham Nasibaning ko’nglini ovlashga harakat qildi. Kafedan chiqishganida Murodjon jindek kon`yak ichib olgan edi. Hamma hamma bilan, u Nasiba bilan. – Yaxshimi? – dedi Murodjon. Nasiba tushunmadi. – Nima yaxshimi? Murodjon kelin-kuyov tomonga imo qildi. – Shunaqa dabdabalar yoqadimi sizga? – Albatta! – Nasiba yelkasini qisdi. – Umrida bir marta bo’ladigan to’y… – Menga yoqmaydi. – Murodjon jilmaygan ko’yi iltimos qildi: – Kuzatib qo’ysam maylimi? Bari bir, hozir hamma tarqab ketadi. Nasiba indamadi… Ular tez-tez ko’rishib turadigan bo’lishdi. Bir kuni ikkovlari dalaga chiqishdi. Shunchaki aylanib kelish uchun. Shahar chetidagi xo’jalikka qatnaydigan avtobusga o’tirishdi-yu, halqa yo’ldan o’tgandan keyin duch kelgan bekatda tushib qolishdi. Yoz quyoshi olis ufqda olovli bir tumanlik ichiga botib borardi, Murodjon quyoshga tikilgancha, chuqur o’yga tolgan edi. Uning shu o’tirishi Nasibaga nima uchundir g’amgin ko’rinib ketdi. – Nimani o’ylayapsiz? – dedi uning yelkasiga kaftini qo’yib. – O’ylayotganim yo’q. Orzu qilyapman, – dedi Murodjon botib borayotgan quyoshdan ko’z uzmay. – To’ydan keyin ikkalamiz dengiz bo’yiga borsak. Mayli, qaysi dengiz bo’lsa ham… Oy chiqib turgan bo’lsa. Ikkalamiz qirg’oqda shundoq o’tirib, oydinda tovlanib turgan dengizni tomosha qilsak… Nasibaning yuragi quvonchdan orziqib ketdi. Shirin jilmayib, uning yelkasiga bosh qo’ydi. Keyinchalik u o’sha – Murodjon aytgan manzarani ko’p o’ylaydigan bo’ldi. Umrida dengizni ko’rmagan edi. Ammo endi shovullab turgan dengiz ko’z o’ngiga aniq keladigan bo’ldi. Ana, tip-tiniq to’lin oy nurida dengiz oynadek yaraqlab turibdi. To’lqinlar shovullab qirg’oqqa uriladi. Dahshatli guvullab suron soladi. Ammo u qo’rqmaydi. Uning yonida Murodjon bor. U Murodjonning ko’ksiga boshini qo’yib o’tiradi. Murodjonning yuragi bir me’yorda gurs-gurs uradi. Nasibani allalagandek bo’ladi. Turmushga chiqayotgan qizning orzusidek afsonaviy narsa bo’lmaydi. Nazarida, to’y o’tishi bilan o’zga bir olamga kirib qoladigandek, xuddi bir sayyoradan boshqa sayyoraga uchib ketayotgandek tuyuladi. Nasibani ham shu olam asir etgandi. Agar o’zi oyisiga shipshitib qo’ymaganida, Murodjon yuborgan sovchilar dadasiga yoqmasligi tayin edi. Avvalo, Murodjonning otasi yo’qligi qiz tomonga unchalik ma’qul kelmadi. Qolaversa, Nasiba besh o’g’il orasida yolg’iz edi. Dadasi qiziga o’zgacha mehr qo’ygan. Ko’p yillardan buyon advokat bo’lib ishlaydi. Topganini bitta qizidan ayarmidi? Kuyov tomonning qo’li qisqaroq ekan. Kuyov bir o’zi ishlasa, tag’in ukasi, singlisi bo’lsa… Nasiba bunisini ham o’z zimmasiga oldi. Bir kuni gap orasida Murodjonning ko’nglini og’ritmaydigan qilib qistirib ketdi: – Dadamlar juda qiziqlar-da, Murodjon aka. Sen yolg’iz qizimsan, deydilar. Mendan orzu-havaslari ko’p emish. Esingizdami, Dilfuzaning to’yi zo’r bo’luvdi-a? Murodjon uni yupatdi: – Ko’nglingiz to’q bo’lsin. Uyaltirib qo’ymayman. Chindan ham Nasibaning dadasi kuyov tomondan xursand bo’ldi. Nasiba Dilfuzaga havas qilgan edi. Xuddi o’shanday mashinada sayr qilishdi, xuddi o’sha «Lazzat» kafesiga kirishdi. Chiqib kelishayotganida u Murodjonning qulog’iga shipshidi. – Yaxshimi? – Nima? – dedi Murodjon. – Mana shunaqa dabdabalar yoqadimi sizga? Murodjon jilmayib, uning belidan quchdi. – Qanaqa bo’larkan! – dedi Nasiba barmog’i bilan po’pisa qilib. To’y nihoyatda xushchaqchaq o’tdi. Murodjon bilan birga ishlaydigan Islom aka degan pak-pakana odam bor ekan. Shu kishi tamadalikni ayniqsa bopladi. Shunaqa qiziq gaplar aytdiki, to’yga o’z-o’zidan fayz qo’nib, hammaning qulfi dili ochilib ketdi. Ammo Nasiba o’zga olamga – sirli olamga kirib qolgani yo’q. Hayot o’z yo’lida davom etardi. Murodjon har kuni ishga otlanadi. Nasiba nonushta tayyorlaydi, qo’liga dazmollangan ro’molcha tutadi, keyin qaynisi bilan qaynsinglisi maktabga ketadi. Undan keyin qaynonasining choy-nonini tayyorlab beradi-da, o’zi ham ishga jo’naydi. Kunlar xuddi muttasil aylanayotgan globusga o’xshaydi. Har kuni o’sha manzara… Eng yomoni bu emas. Eng yomoni shuki, Murodjon aynidi. Nasiba buni darrov sezdi. To’ydan keyin ikki hafta o’tmay, navbatchi edim, deb kech keldi. Keyin haftada ikki martadan «navbatchilik» qiladigan bo’ldi. Bora-bora kunora yarim kecha qilib keladigan odat chiqardi. Nasiba gapirsa, teskari qaraydi. «Ishim ko’p, nima qilay?» – deydi. Avvaliga Nasiba to’y tashvishlari bilan charchagandir, deb o’ylagandi. Yo’q, bu yerda bir sir bor. Murodjon birinchi marta navbatchilikni bahona qilgandayoq Nasibaning ko’z o’ngiga qilpanglab turgan Marziya kelgan, yuragi jizillab ketgan edi. Keyin shubhalari yanayam kuchaydi. Bir kuni qaynonasiga sekin gap ochgan edi, nasihat eshitdi: «Erkak kishi tirikchilik deb yuradi-da, bolam, yuragingizni keng qiling», – deb yupatdi. Tirikchilik emish. Nima yetishmaydi! Ro’zg’ori but bo’lsa, hamma narsa yetarli bo’lsa, tag’in nima kerak? Yo’q, boshqa gap bor. U kishi ayshini qilib yuradilar, Nasiba sho’ppayib uyda o’tiradi. Mana hozir ham… Nima, yerdan chiqqanmi?! Uning xo’rligi keldi. Tag’in dengiz emish. Oydin kechalar emish! U o’rnidan turib ketdi. Deraza oldiga keldi. Tashqari qorong’i bo’lib ketgan, ko’chadan ora-chora mashinalar guvullab o’tib qolardi. Nima qilsin? Uyiga borsinmi? Juda yaxshi bo’ladi-da! Murodjon kelsaki, uyda Nasiba yo’q. Ha, zir yugurib qolmas ekan-a! O’shanda biladi sayoq yurish qanaqa bo’lishini! II.bob. O’tkir Hoshimov asarlarida til birliklarining poetik aktuallashuvi haqida va yuzaga keladigan muommolar 2.1. .Badiiy matnda poetik aktuallashuvning o’rni Lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash ham muhim tamoyillardandir.Bunaday vositalarning lingvistik va mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakillanishi va ifodalanishi mexanizmlarini anniq tasavvur qilish mumkin. O’tgan asrning 30-yillarida atoqli rus tilshunosi L.V.Shcherba matn lingvistik talqinining asosiy vazifasi “adabiy asarning g’oyasi va u bilan bog’liq emosional mazmunni ifodalaydigan til vositalarini ko’rsatiah” ekanligini ta’kidlagan edi. Masalan, poetik aktuallashgan so’zni olib ko’raylik. O’zbek tilida o’ramoq, burkamoq, chulg’amoq, chirmamoq, tarzidagi ma’nodosh so’zlar qatori mavjud bo’lib, burkamoq, so’zida o’ramoq so’ziga nisbatan o’rash belgisi anchayin ortiq, ya’ni uning ma’no qurilishida “hech bir ochiq joyini qoldirmay” degan qo’shimcha ifoda semasi mavjud. Shuning uchun ham mahoratli adib Cho’lpon quyidagi parchada tegishli badiiy mazmun ifodasi uchun o’ramoq so’zini emas, balki ayni burkamoq so’zini tanlash orqali tasvirdagi aniqlik va ekspressivlikni oshirishga muvaffaq bo’lgan: “ hali tuzuk-quruq odamqatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta bi tugundek uning qo’ltig’ini to’lg’azardi” (“Kecha va Kunduz” romani). 2.2. O’tkir Hoshimov asarlarida til birliklarining poetik aktuallashuvida yuzaga keladigan muommolar Xulosa Uning ''Ikki eshik orası '', ''Dunyoning ishlari'' Bahor qaytmaydi kabi asarlari kitobxonlarning qalbidan joy olgan. Xuddi shunday asarlardan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Asar 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan. Asar o'ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o'lim tushagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi... Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma'yus boqadi. Yer-ko'kni kafandek oppoq tuman chulg'aydi. Oq zulmat orasidan qarg'alarning xosiyatsiz fig'oni eshitiladi.'' Kuzning o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshatilishi, hazonlarning ingrashi, yer-u ko'kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg'alarning bexosiyat fig'oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo'lishiga ishora qiladi. Asar bosh qahramonlardan biri Rustam o'qishni to'xtatib armiyaga ketadi. Armiyadan esa urush bo'layotgan Afg'onistonga jo'natiladi. U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi. Temur, Hayriddin, kabi o'ziga o'xshash yosh yigitlarning Afg'oniston hududida bekordan-bekorga o'lib ketishlariga, afg'onlarning urushdan katta azob ko'rayotganlariga guvoh bo'ldi. Urush natijasida u kasallik chalindi. Asar voqealar markazida turgan qahramonlar: Rustam, uning otası, Komissar Soat G'aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma'nisiz va alg'ov -dalg'ov o'tdi... Rustam afg'on urushi xotiralaridan qutula olmadi. ... U O'zi sevgan qiz Shahnozaga uylangan bo'lsa ham, ikkalasi bir- birini qattiq sevsa ham ular baxtli bo'lisha olmadi. Bu baxtsizliklarning asosiy sababi urushning salbiy ta'siri edi. Uyga qaytgandan keyingi ketma-ket adolatsizliklar, nohaqliklarga guvoh bo'lishi, ayolining baxtsizligiga o'zini aybdor his etishi uning fojiali o'limiga sabab bo'ldi. Komissar Soat G'aniyev har bir kitobxonning qalbida nafrat uyg'otadi. U otasining izidan borib, sovet komissari bo'lib yetishadi. Yoshligidan ko'plab insonlarning (Mahalladoshi Husan, To'lagan) nohaq jazolanishiga sabab bo'lgan, bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo'lmaydi. U o'tgan umridan afsuslanmaydi. dunyoqarashini o'zgartirmaydi. Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli. U oddiy emas, o'ta xavfli manqurt. Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog'ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo'ymaydi. Doktorlar man etishsaham o'z bilganidan qolmay kundalik tashvishlarini bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi. Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim. ''O'ylab qarasam, o'tgan umrim umr emas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko'rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko'rib. O'sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qo'rqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga o'xshaganlar ko'p ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning o'zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so'ng ko'zlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech bo'lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan bo'lsa kerak yozuvchi.Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi... Inson ma'naviy olamini kashf etuvchi qudratli vositalardan biri bu – so‘z san'ati, badiiy adabiyotdir. Bugun milliy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-baranglashib bormoqda. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bo‘lib borayotgan bir davrda ilm-fanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda. Adabiyotshunoslik va uning tadrijida ijodkor badiiy mahorati masalasi bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bo‘lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish Foydalanilgan adabiyotlar Elif Batuman The Possessed: Adventures with Russian Books and the …1847083137 2011 "literary-historical landmark I had been waiting for: the emergence of an indigenous novel form. Abdulla Qodiriy’s Past Days, considered to be the first Uzbek novel, was serialized in the magazine Inqilob in 1922-25. " Abdulla Qodiriy. „Oʻtkan kunlar“ ham oʻtkan kunlar“ tanqidi ustida baʼzi izohlar. Sharq haqiqati, 1929-yil, 218-son Bayram Rahimguliyev The fate of the first Turkmen novel: From the Bloody Claw … — 2009 — Page 40 O 'tgan Kunlar (Days Gone By) by Abdulla Qodiriy, Quluq Qon (Holy Blood) by Muso Toshmuhammadogli Aybek and Tushda … Download 61.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling