O’tkir kalkulyoz xoletsistit etiologiyasi va patogenezi
Download 8.76 Kb.
|
Мэдисон
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOLESISTIT RIVOJLANISHI SABABLARI
- Etiologik belgilarga ko’ra xolesistitning ikkita katta nozologik guruhlari ajratiladi: Kalkulyoz (lot. Calculus — tosh);
- Kataral;
O’TKIR KALKULYOZ XOLETSISTIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZIABDURAHMONOV SHAHZODBEK FAN: ICHKI KASALLIKLAR PROPEDEVTIKASI XOLESISTIT NIMA Hozirgi zamonda insonlarning turmush tarzi kam harakatlilik hamda to’g’ri ratsional ovqatlanmaslik natijasida ko’plab kasalliklar kelib chiqishi kuzatilmoqda. Aynan shunday kasalliklardan biri – xolesistit ya’ni o’t qopining yallig’lanishidir. Xolesistit kasalligiga ko’pincha ayollarda uchraydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi buzilgan hamda semizlikdan aziyat chekuvchilar, endokrin tizimidagi muammolari bo’lgan insonlar moyil bo’ladi. Bundan tashqari xolesistit kelib chiqishida jigar kasalliklari, hazm qilish a’zolaridagi turli xil patologiyalar, ayrim holatlarda esa qorin bo’shlig’i a’zolari jarohatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. XOLESISTIT RIVOJLANISHI SABABLARI Kasallik rivojlanishining sabablari juda turlicha bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha xolesistit safro chiqishini qiyinlashtiradigan o’t pufagi kanalida, tanasida va bo’ynida toshlar to’planishi tufayli rivojlanadi. Kasallik sababchisi sifatida jarohat yoki infektsiya, shuningdek, qandli diabet kabi jiddiy kasalliklar xizmat qilishi mumkin, ammo bunday hollarda xolesistit mustaqil kasallik sifatida emas, balki mavjud bo’lgan patologiyaning asorati sifatida namoyon bo’ladi. Etiologik belgilarga ko’ra xolesistitning ikkita katta nozologik guruhlari ajratiladi:
Xolesistit kechishi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: Yallig’lanish tabiatiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: Kalkulyoz xolesistit Bu organizmdagi modda almashinuvi buzilishi, tosh shakllanishi va yallig’lanishni o’z ichiga olgan uchta patologik jarayonlarning birlashuvi va o’zaro ta’siridir. Kasalligda o’t qopida turli xil sabablar natijasida tosh hosil bo’ladi. Bu esa o’t qopida o’t suyuqligi oqimini buzadi va o’t suyuqligi dimlanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda o’t qopi yallig’lanadi. Yallig’lanish oqibatida o’t qopida qon aylanishi ham izdan chiqadi. Va a’zo kattalashishi, devorlari qalinlashuviga sabab bo’ladi. O't suyuqligining xolesterin bilan to'yinishi xolesterin ishlab chiqarilishini oshishi (semiz- likda, homiladorlikda, estrogen saqlovchi steroid gormonlar va klofibrat qabul qilganda) yoki o't kislotalari sekretsiyasi va so'rilishining kamayishi (och qolganda, ingichka ichak distal qismi kasalliklari va rezeksiyasida, tana vaznining tez kamayishida) natijasida kuzatiladi. Bu jarayon gormonlar ta'siri ostida kechadi Xususan, xolesistokinin, gastrin, glyukagon, sekretin hamda vazofaol intestinal gormonlar o't hosil bo'lishini rag'batlantiradi. Uning ajralishi va tormozlanishi somatostatin, pankreatik va vazofaol intestinal peptidlarga bog'liq. Sog'lom kishida o't suyuqligi o'zida kolloid eritmani hosil qiladi va u mitsella ko'rinishida bo'lib, tarkibida faol moddalar mavjud O't tarkibida xolesterin miqdori qancha ko'p bo'lsa, shuncha cho'kma yuzaga kelish jarayoni tezlashadi. Download 8.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling