KASALLIK KELIB CHIQISH SABABLARI
Toshli xolesistit kasalligi kelib chiqishida alohida hamda bir necha omillar muhim rol o’ynaydi. Quyida kasallik kelib chiqish sabablari haqida to’xtalamiz:
- O’t yo’llarining gelmintlar (gijjalar) ta’sirida zararlanishi;
- Oshqozon-ichak tizimidagi surunkali kasalliklar;
- Yog’li, qovurilgan hamda o’tkir mahsulotlarni ko’p iste’mol qilish;
- Semizlik, tana vaznining ortiqcha bo’lishi va qisqa muddat ichida ozish;
- Uzoq muddat davomida parenteral oziqlanish;
- Jigar sirrozi, qandli diabet ya’ni moddalar almashinuvi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar
O’t pufagidagi toshlar quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:
- Kristall;
- Fibroz;
- Amorf;
- Qatlamli.
Toshlarning kattaligi turlicha. Diametri 3 mm dan kichik, silliq bo’lgan toshlar organizmdan ichak orqali osonlikcha chiqarib yuboriladi.
Kalkulyoz xolesistitida toshlar quyidagilarga bo’linadi:
- Birlamchi (faqat o’t pufagida shakllanadi);
- Ikkilamchi (o’t yo’llari va jigar ichi kanallarida hosil bo’ladi).
Surunkali kalkulyoz xolesistit — o’t pufagi devorlarining yallig’lanishi bo’lib, u remissiya va xuruj davrlari bilan xarakterlanadi. Surunkali kalkulyoz xolesistitining kuchayishi davrini o’tkir yallig’lanish deb hisoblash kerak.
Surunkali kalkulyoz xolesistitining davrlari:
- Remisiya davri (so’nishi) bezovtalik sababining bartaraf etilishi (safroning o’n ikki barmoqli ichakka quyilishini vaqtincha tiklanishi);
- Zo’rayishi (kuchayishi) davri kanalning ikkilamchi obstruktsiyasi (to’silishi) va / yoki infektsiya qavati hosil bo’lishi sabab sodir bo’ladi.
Zo’rayish alomatlari yog’li oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin biroz vaqt o’tgach paydo bo’ladi:
- Epigastral hududda, o’ng qovurg’a ostida yoki kindik sohasida og’irlikni his qilish;
- Dispeptik buzilishlar (diareya va ich qotishi, og’izda achchiqlik, jig’ildon qaynashi).
Do'stlaringiz bilan baham: |