O`tkir koronar sindromi va uning belgilari. Diagnostikasi va ekg davolash va asoratlari


ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSni davolash


Download 0.77 Mb.
bet4/4
Sana26.07.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1662562
1   2   3   4
Bog'liq
Oʻtkir koronar sindrom

ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSni davolash


ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSni davolash bemorning oʻlim xavfiga asoslangan (masalan, TIMI shkalasi) holda amalga oshiriladi. Agar bemor yuqori yoki oʻrta yuqori darajada xavf guruhiga kirsa, bunday bemorlarda 2-72 soat ichida koronar angiografiya oʻtkazilib, invaziv davolanadi. Agar, bemor past xavf guruhiga kirsa, boshqa testlar (zoʻriqishdagi EKG, ExoKG) oʻtkazilib, bemor koronar angiografiyaga muhtoj yoki yoʻqligi aniqlab olinadi.
ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSda antitrombotsitar va antikoagulyatsion terapiya quyidagicha amalga oshiriladi.

ST segmenti koʻtarilgan OʻKSni davolash


ST segmenti koʻtarilgan OʻKS yaʼni STEMI aniqlanishi bilan tezkor revaskulyarizatsiya operatsiyasi (koronar kateterizatsiya) oʻtkazilishi lozim. Yurak katerizatsiyasi yurak qon tomirlari hisoblangan tojsimon arteriyalarga (odatda son yoki bilak arteriyalari orqali) kateter kiritish va u yerni kuzatish (angigrafiya) imkonini beradi. Kerakli joyga yetib olgach, stent orqali koronar angioplastika (perkutan koronar intervensiya — PCI) qilish imkonini beradi. Bemor bilan birinchi uchrashgandan keyin bu muolaja 90 minutdan kam vaqt ichida qilinishi kerak. STEMIda fibrinolitik terapiya agar PCIni 120 minutdan kam vaqt ichida qilishning imkoni boʻlmasa, qilinadi. Fibrinolitik terapiya uchun tenekteplaza, alteplaza, reteplaza yoki streptokinazadan birini ishlatish mumkin.
STEMIda antitrombotsitar va antikoagulyatsion terapiya quyidagicha amalga oshiriladi.

Asoratlari. Oʻtkir yurak yetishmovchiligi
Miokard infarktidan (MI) keyin yurak yetishmovchiligi koʻp uchraydi (14-36 %). MIda yurak yetishmovchiligi oʻlim ehtimolini baholash va davolash ishlarini olib borishga katta taʼsir etadi. MIdagi ogʻir asoratlarning asosiy qismini kardiogen shok tashkil qiladi deb hisoblansa ham, MIda yurak yetishmovchiligining uchrash tezligi ancha yuqori darajada. Oʻtkir yurak yetishmovchiligi kuzatilgan MI bilan kelgan bemorlar bu asoratsiz MI bilan kelganlarga qaraganda farqlicha davolanadi. Masalan, bunday holatda yuqori dozadagi beta blokatorlaridan foydalanish zararlidir. Toʻsatdan yurak oʻlimi. Toʻsatdan yurak oʻlimi bu yurakdan kelib chiqadigan oʻtkir simptomlar tufayli 1 soat ichida oʻlim kuzatilishiga aytiladi. MI koronar yurak kasalliklari ichida toʻsatdan yurak oʻlimiga eng koʻp sabab boʻluvchi kasallik hisoblanadi. Yurak aritmiyalari. OʻKSdan keyin va u bilan birga uchrovchi yurak aritmiyalari ham keng tarqalgan boʻlib, uning uchrash chastotasi STEMIda koʻp, NSTEMIda nisbatan kamroq boʻladi. MIni boshidan oʻtkazgan bemorlarning deyarli 90 %ida yurak aritmiyalarining qaysidir shakli rivojlanadi. Shundan 25 % bemorlarda bu aritmiyalar 24 soat ichida kuzatiladi. Aksariyat aritmiyalar yengil boʻlib, oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi. Eng xavfli aritmiya yurak qorinchasi aritmiyasi boʻlib, dastlabki birinchi soatda eng koʻp uchraydi va keyin uchrashi kamayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Amsterdam EA, Wenger NK, Brindis RG, Casey DE Jr, Ganiats TG, Holmes DR Jr, Jaffe AS, Jneid H, Kelly RF, Kontos MC, Levine GN, Liebson PR, Mukherjee D, Peterson ED, Sabatine MS, Smalling RW, Zieman SJ. 2014 AHA/ACC Guideline for the Management of Patients with Non-ST-Elevation Acute Coronary Syndromes: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines. J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):e139-e228. doi: 10.1016/j.jacc.2014.09.017. Epub 2014 Sep 23. Erratum in: J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):2713-4. Dosage error in article text. PMID: 25260718.

  2. Т.ф.н., Фозилов Х.Г. et al „Стабил ишемик юрак касаллиги билан оғриган беморларни даволаш бўйича миллий клиник протокол“,. [https://ssv.uz/uploads/documentation/bbc1ae097d996339c2d46ec4781b906f.pdf Кардиологик касалликларининг клиник баённомалари, ташхислаш ва даволаш стандартлари], 2020 — 394 bet. 

  3. Jameson JL, Fauci AS, Kasper DL, Hauser SL, Longo DL, Loscalzo J. Harrisonʼs Principles of Internal Medicine, Twentieth Edition (Vol.1 & Vol.2). McGraw-Hill Education / Medical; 2018.

  4. OʻGara PT, Kushner FG, et al. 2013 ACCF/AHA Guideline for the Management of ST-Elevation Myocardial Infarction. Circulation. 2013; 127(4).

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling