O`tkir koronar sindromi va uning belgilari. Diagnostikasi va ekg davolash va asoratlari


Download 0.77 Mb.
bet1/4
Sana26.07.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1662562
  1   2   3   4
Bog'liq
Oʻtkir koronar sindrom


Oʻtkir koronar sindrom
Reja:

  1. O`tkir koronar sindromi va uning belgilari.

  2. Diagnostikasi va EKG

  3. Davolash va asoratlari

O ʻtkir koronar sindrom (OʻKS) deb odatda yurakka boruvchi qon miqdorining toʻsatdan kamayishi natijasida yuzaga keladigan oʻtkir miokard ishemiyasi va infarkti bilan namoyon boʻluvchi holatlarga aytiladi va nostabil stenokardiya (NS), ST segmenti koʻtarilmagan miokard infarkti (NSTEMI) va ST segmenti koʻtarilgan miokard infarktini (STEMI) oʻz ichiga oladi. Klinikasida koʻkrakdagi kuchli ogʻriq yetakchilik qilib, uning koʻpincha chap yelkaga tarqalishi kuzatiladi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻp terlash va koʻngil aynishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.


Oʻtkir koronar sindrom EKGdagi oʻzgarishlarga qarab ST segmenti koʻtarilgan va koʻtarilmagan OʻKSlarga ajratiladi. ST segmenti koʻtarilmagan OʻSK oʻz navbatida yurak troponini miqdoriga qarab yana ikki guruh: NSTEMI va NSga ajratiladi. Demak, belgilari, EKGdagi oʻzgarishlar va troponin miqdori tashxis qoʻyishga va kasallik turini aniqlashga asos boʻladi. Barcha OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar ikkilik antitrombotsitar terapiyani qabul qilishadi. OʻKS (nostabil stenokardiya) stabil stenokardiyadan farq qilib, bunda simptomlar toʻsatdan, hatto tinch holatda ham yuzaga chiqadi.
Belgi va simptomlari. OʻKSning kardinal belgisi oʻtkir toʻsh ortidagi bosuvchi ogʻriq hisoblanadi. Ogʻriq koʻpincha chap koʻkrak, qoʻl, yelka, boʻyin, patki jagʻ yoki oshqozon usti sohasiga tarqalishi mumkin. Ogʻriq jismoniy mehnat va stress holatlarida kuchayadi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻngil aynishi, qusish, holsizlik, bosh aylanishi yoki hushdan ketish ham kuzatilishi mumkin. OʻKS har doim ham yuqoridagi tipik belgilar bilan namoyon boʻlavermaydi, ayniqsa qariyalarda, diabetiklarda va ayollarda. Atipik belgilar sanchuvchi ogʻriqdan boshlab, hech qanday ogʻriq kuzatilmasligicha boʻlishi mumkin. Koʻkrak ogʻrigʻisiz kechadigan „tinch miokard infarkti“ polineyropatiya tufayli diabetik bemorlarda koʻproq kuzatiladi. Agar, miokard infarkti yurakning orqa devorida kuzatilsa, u holda bemorda koʻpincha epigastral (oshqozon usti) sohada ogʻriq va bradikardiya kuzatiladi. Ogʻriq yurak qorinchasida yuz bergan miokard infarktida gipotenziya (qon bosimining pasayishi), boʻyinturuq venalarining koʻtarilishi va oʻpka maydoning tozaligi kabi triada kuzatiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling