O`tkir koronar sindromi va uning belgilari. Diagnostikasi va ekg davolash va asoratlari


Klinik bashorat shkalalari. GRACE (Global Registry of Acute Coronary Events) shkalasi — OʻKSda oʻlim ehtimolini koʻrsatuvchi shkala hisoblanadi


Download 0.77 Mb.
bet3/4
Sana26.07.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1662562
1   2   3   4
Bog'liq
Oʻtkir koronar sindrom

Klinik bashorat shkalalari. GRACE (Global Registry of Acute Coronary Events) shkalasi — OʻKSda oʻlim ehtimolini koʻrsatuvchi shkala hisoblanadi.


HEART (history — kasallik tarixi, ECG, age — yoshi, risk factors — xavf omillari va troponin) shkalasi tez tibbiy yordam boʻlimiga keltirilgan koʻkrak qafasida ogʻriq mavjud boʻlgan bemorlarda yirik nojoʻya kardiovaskulyar holatlarni baholashda ishlatiladi.
Profilaktikasi. Yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish uchun qoʻllaniladigan birlamchi profilaktika usullariga ovqatlanish meʼyorlari, aerob jismoniy harakat, chekishni tashlash, agar bemor semiz boʻlsa, ozish, qandli diabet, yuqori qon bosimi va giperlipidemiyani nazorat ostiga olish hamda zarur hollarda aspirin qabul qilib yurish kiradi. Odam isteʼmol qiladigan ozuqasi sabzavotlar, mevalar, don maxsulotlari, baliq kabilarga asoslangan boʻlishi kerak. DASH, USDA va Mediterranean dietalar yurak qon-tomir kasalligi xavfini kamaytirish uchun tavsiya etiladi. Haftasiga 75 minut jismoniy mashqlar yurak qon-tomir kasalliklar xavfini kamaytirishi aniqlangan. Ikkilamchi profilaktika uchun yuqorida keltirilgan tavsiyalardan tashqari osh tuzi isteʼmoli kamaytiriladi, lipidlarni meʼyorlashtirish uchun statin terapiyasi, qon bosimini meʼyorlashtiruvchi dorilar, yillik grippga qarshi emlash tavsiya etiladi.
Davolash. OʻKSni davolashda EKGda aniqlangan STEMI kuzatilsa, u zudlik bilan revaskulyarizatsiyaga koʻrsatma hisoblanadi. NS yoki NSTEMI kuzatilsa, antitrombotsitar terapiya va antikoagulyatsiya qilinadi. Antitrombotsitar terapiya ikkilik boʻlib, uni aspirin va bitta trombotsit P2Y12 retseptor blokatori (tikaglerol, klopidogrel) tashkil etadi. Antikogulyatsiya uchun fraksiyalanmagan geparin, enoksaparin yoki fondaparinuksdan biri ishlatiladi. Qoʻshimcha chora tadbirlar sifatida ogʻriqni qoldirish, qon bosimini tushirish maqsadi-da, nitroglitserin til ostiga beriladi yoki vena ichiga yuboriladi. Sianoz, nafas yetishmasligi va qonning kislorodga toʻyinuvchaligi 90 % dan kam boʻlsa, oksigenoterapiya (kislorod berish) qilinadi. Baʼzi bemorlarda oʻpka shishi yoki oʻtkir yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bunday holatlarda bemorlarga halqa diuretiklar (masalan, furosemid) qilish haqida oʻylash kerak.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling