O`tkir koronar sindromi va uning belgilari. Diagnostikasi va ekg davolash va asoratlari
Download 0.77 Mb.
|
Oʻtkir koronar sindrom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostikasi.
Patofiziologiyasi. OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar tojsimon (koronar) arteriyalaridan birida toʻsatdan aterosklerotik plakchaning yorilishi yoki erroziyasi tufayli u yerda tromb hosil boʻladi va qon tomirini qisib qoʻyadi. Qisilgan qon tomiridan qon yaxshi oʻtmaganligi sababli miokardning kislorod bilan taʼminlanishi buziladi va u yerda ishemiya yoki nekroz boshlanadi. Aterosklerotik plakchaning yemirilishga moyilligi undagi yalligʻlanishga bogʻliq boʻlishi mumkin. Plakchaning erroziyasi yoki yirtilishi endoteliy ostidagi kollagenning qon bilan toʻqnashishiga va u yerga trombotsitlar yopishishiga sabab boʻladi. Toʻqima faktorining faollashuvi trombotsitlar agregatsiyasiga yaʼni tromb hosil boʻlishiga olib keladi. Plakcha yorilishida plakcha tarkibida lipidlar va makrofaglar miqdori koʻp, kollagen kam va plakcha yupqa fibroz kapsula bilan qoplangan boʻladi. Plakcha erroziyasida esa plakchada kollagen koʻp, fibroz kapsular, yirik lipidlar va yalligʻlanish hujayralari boʻlmaydi.
Diagnostikasi. OʻKS kasallik belgilari, hayotiy muhim koʻrsatkichlar kabi bemor anamnezi, EKGdagi oʻzgarishlar va laboratoriya natijalari asosida tashxis qoʻyiladi. Koʻkrak qafasida bosuvchi ogʻriq va nafas qisishi bilan kelgan bemorda bu kasallikni taxmin qilish kerak. EKG. Tashxisni tasdiqlash uchun tezda bemorni EKG qilish kerak boʻladi. EKGda ST segmentining pasayishi, T tishning inversiyasi, ST segmentining koʻtarilishi yoki yangi chap oyoqcha blokadasi kuzatilsa, tashxis tasdiqlanadi. Nostabil stenokardiyadan NSTEMIni farqlash uchun yurak biomarkerlarning bor yoki yoʻqligidan foydalaniladi. Chunki, yurak biomarkerlari faqat yurak miokardining nekrozi vaqtida qonga chiqadi (STEMI va NSTEMIda). Radiografiya va laboratoriya testlari. Koʻkrak sohasidagi ogʻriqqa sabab boʻluvchi boshqa holatlarni aniqlash yoki rad etish hamda davo chorasini toʻgʻri olib borish uchun koʻkrak qafasi koʻchma rentgeni, qonning umumiy tahlili, koagulogramma, qonning biokimyoviy tahlili ham qilinadi. Yurak biomarkerlari sifatida yurak troponini I va T hamda miokard kreatin kinazasidan foydalaniladi.Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling