O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Islom  dinida  mehnat  qilish  ibodat  qilish  bilan  barobarligi,  mehnat  qilishdan


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Islom  dinida  mehnat  qilish  ibodat  qilish  bilan  barobarligi,  mehnat  qilishdan 
uyalmaslik  kerakligi  aytiladi.  Zero  mehnat  –  inson  hayotining  ko’rki,  bezagi.  Mehnat 
insonga  baxt  saodat,  farovonlik  baxsh  etadi.  Halol  mehnat  ma’naviy  hayotning 
mezonidir.  Mehnat  insonni  uch  balodan:  yurak  siqilishidan,  axloqiy  buzilishdan, 
muhtojlikdan  saqlaydi.  Yana  «Ishni  puxta  va  yaxshilab  qilgan  kishini  Alloh  yaxshi 
ko’radi» (Hadis) deb musilmonlarni sidqi dildan mehnat qilishga chorlaydi. 
Sh.Sa‘diy  insoniy  qadr-qimmatni  mehnatda,  hunarga  tayanishda  deb  tushunadi  va 
shunday deb ta‘lim beradi. 
 
 
 
O‘z mehnatidan non yegan kishi 
 
 
 
Hotam minnatidan ozod yosh-qishi 
(Guliston. T., G‘.G‘ulom nashriyoti. 1968 yil, 6-bet). 
Bolalarga mehnat  quvonchi,  o‘qishdagi  yutuq  quvonchini berish ular qalbida faxrlanish 
hissini, o‘z izzat-nafsi hissini uyg‘otish  – bu tarbiyaning eng  asosiy birinchi  vazifasidir, degan 
Suxomlinskiy. 
Avestoda  «Bolalar  yosh  paytdanoq  daraxt  ko‘chati  o‘tqazish,  uy-ro‘zg‘or  qurilmalarini 
yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatish kerakligini» - ta‘kidlagan. 
Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi,  o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-
ne‘matlar yaratishi lozim. 
...Mehnat qilmaydigan odamlar! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot  eshiklarga 
ta‘zim  qilib,  abadul-abad  bosh  egib  turajaksan!  Haqiqatdan  ham  sening  yoningdan  turli  xil 
ziroatlarni  olib  o‘tadilar,  bu  noz-ne‘matlarning  barchasi  mehnat  qilayotgan,  to‘g‘  va  farovon 
yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul-abad shunday bo‘lajak! 
Inson  butun  umr  davomida  suv,  tuproq,  olov,  umuman  inson,  dunyodagi  jamiki  yaxshi 
narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. 
Chorvador  to‘g‘  bo‘lsin  uchun  chorvani  muttasil  parvarish  qilmoq  lozim,  kabi  g‘oyalar 
ta‘kidlangan. 
Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak, - degan Servantes. 
Agar  inson  biron  kasbni  mukammal  egallasa,  mehnat  unga  huzur  bag‘ishlaydi,  baxt 
keltiradi, degan Andre Morda. 
Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam 
kasb-hunarda  ozod  hamma  bab-barobar  bo‘ladi,  har  kim  o‘zi  istagan  yoki  tanlagan  kasb-hunar 
bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma‘nosi bilan ozod bo‘ladigan – deb ta‘kidlagan A.N.Forobiy. 
«Mehnatdan  tashqari  va  mehnatsiz  tarbiya  yo‘q  va  bo‘lishi  ham  mumkin  emas,  chunki 
murakkab  va  ko‘p  qirrali  mehnatsiz  haqiqiy  insonni  tarbiyalab  bo‘lmaydi»  va  yana 
«Mehnatsevarlik  –  bu  obrazli  qilib  aytganda,  uchta  tushuncha:  zarur,  qiyin  va  go‘zal  degan 
tushunchalar yig‘indisidan iborat». 
Mehnat kishining va jamiyatning eng zarur yashash shartidir. Inson nima bilan faxrlansa 
va  u  nima  bilan  e‘zozlansa,  ularning  hammasi  mehnatning  natijasidir.  Mehnat  barcha 
boyliklarning manbai bo‘lish bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir. Buning ma‘nosi 
shundaki, insonning o‘zini inson sifatida shakllantirgan (narsa) ham, insonning qudrati nimalarga 
qodir ekanligini namoyish qilgan ham ana shu mehnatdir. 
Mehnat – butun moddiy va ma‘naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning 
negizidir. 
Mehnat  tarbiyasining  vazifalari  ko‘p  qirralidir.  U  o‘quvchilarni  mehnat  faoliyatiga 
amaliy  tayyorlashning  juda  ko‘p  tomonlarini  qamrab  oladi.  Mehnat  tarbiyasining  eng  muhim 
vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko‘nikma va mahoratni ularda 
shakllantirishdan  iborat.  Eng  muhimi  mehnat  qilayotgan  kishi  o‘zi  bjarayotgan  ish  natijalarini 


ko‘rgan  taqdirdagina  uning  uchun  mehnat  tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etadi.  Eng  zaruri  mehnat 
uning  uchun  moddiy  va  ma‘naviy  qimmatga  ega  bo‘lishi  shart.  Busiz  mehnatning  natijasi 
bo‘lishi mumkin emas.  
Hozir  mehnat  tarbiyasining  maqsadi  mulkka  munosabatni  shakllantirishga  qaratilmog‘i 
zarur. Umuman mehnat insonni ijodiy fikrlashga, fidoiylikka, mustaqillikka da‘vat etmog‘i shart. 
O‘quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash eng asosiy muammo. Shaxsning ma‘naviy qiyofasini 
tarkib toptirishda mehnatning roli nihoyatda kattadir. Mehnatda shaxsan qatnashmay turib, degan 
edi  Ushinskiy,  inson  o‘zining  axloqiy  rivojlanishida  olg‘a  qarab  borolmaydi,  bir  joyda  ham 
turolmaydi, u orqaga ketadi. 
O‘quvchilarda  mehnat  tarbiyasini  tashkil  etishda  shaxsiy,  oilaviy  va  jamiyat 
manfaatlarini uyg‘un shakllantirishga o‘qituvchilar alohida e‘tiboni qaratishlari shart. 
O‘quvchilarni  mehnatga  axloqiy,  psixologik  va  amaliy  tayyorlash  jarayonida 
mehnatsevarlik,  mehnat  intizomiga  bo‘ysinish  odati,  maqsadni  amalga  oshirishda 
tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik singari irodaviy fazilatlar shakllantirib borilsa foydali bo‘ladi. 
O‘quvchilarni mehnatda tarbiyalash dastlab oilada, maktablarda – o‘quv-tarbiya ishining 
tizimida,  bolalar  tashkiloti  faoliyatida,  ishlab  chiqarish  jamoalari  mehnatida  ishtirok  etishlari 
orqali amalga oshiriladi. 
Maktab  o‘quvchilari  mehnatning  mazmuni  O‘zbekiston  Respublikasi  oldida  turgan 
ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  ma‘naviy  rivojlanish  istiqbollari  ehtiyojlaridan, 
maktabning  ichki  sharoiti,  imkoniyatlari  va  talablaridan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Bu  masalada 
jahon ishlab chiqarishi, tovarlarning sifati – umumiy raqobat eng asosiy mezon hisoblanadi. 
Fan  va  texnikaning  toboro  uyg‘unlashib  borishi,  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlarida  amalda 
qo‘llanishi o‘quvchilar mehnat ta‘limi va tarbiyasini takomillashtirishni, o‘zgartirishni, ijtimoiy 
hayotning o‘zi taqozo etmoqda. 
O‘quvchilarning  mehnat  tarbiyasi  shakllari  xilma-xildir.  Ular  asosan  o‘quv  mehnati, 
sinfdan  tashqari  ishlar  jarayonidagi  mehnat,  ijtimoiy  foydali  mehnat,  uy  mehnati  va  ishlab 
chiqarish mehnatlarini tashkil etadi. 
O‘quv  mehnati  asosida  barcha  o‘quv  fanlari  mazmuni  asosida  mehnatning  nazariy 
asoslari  va  mehnatga  munosabat,  uning  amaliy  ahamiyati  singari  vazifalar  o‘quvchilarga 
o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat, sinfdan tashqari va otaliq tashkilotlarning mehnat maydonlarida, 
sexlarda mehnatning amaliy ko‘nikmalari bilan qurollantirish ta‘minlanadi. 
Ijtimoiy  foydali  mehnat  maktab  binosi  va  maydonlarini  ozoda  saqlash,  bog‘  va  sport 
maydonlari bunyod etish, tirik burchaklar tashkil etish, o‘quv tajriba uchastkalarida, issiqxonalar, 
ustaxonalardagi  mashg‘ulotlarda,  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  yig‘ishda,  Vatan  urishi 
qaxramonlari  xotirasiga  o‘rnatilgan  tarixiy  yodgorliklarga  qarash,  temir-tersak  va  dorivor 
o‘simliklar  to‘plash  singarilar  bilan  shug‘ullanadi.  Hozirgi  umumta‘lim  maktablarida  mehnat 
tarbiyasi o‘quvchilarga mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda 
bo‘lishni va kasb tanlashga shakllantirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olmog‘i darkor. 
Akademik liseylar, kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olgan ixtisoslikni egallashga imkon beradi. 
O‘quvchilar mehnatiga qo‘yiladigan pedagogik talablar:  
1. Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashlab turish.  
2. Oilada uy-ro‘zg‘or ishlariga jalb qilish. 
3. Bola  mehnatda  bevosita  ishtirok  etsa  va  mehnatga  qanchalik  erta  jalb  etilsa,  uning 
mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. 
4. Mehnat  bola  uchun  zaruriyat,  burch  va  odatga  aylanmog‘i  kerak.  Mehnat  oson  va 
qo‘lidan keladigan bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarligiga mos bo‘lishi 
kerak. 
5. Mehnat  dam  olish  bilan  almashlanib  turishi  kerak,  chunki  qattiq  mehnat  kishini, 
ayniqsa o‘quvchini charchatib qo‘yishi mumkin. 
6. Bolalarning  mehnat  faoliyati  ijtimoiy  ahamiyatga  va  iqtisodiy-ma‘naviy  asosga  ega 
bo‘lishi kerak. 


7. Har  qanday  mehnat  topshirig‘i  foydali  va  imkoni  boricha  yaqqol  natija  bilan 
tugallanishi lozim. 
8. Mehnat  faoliyatini  tashkil  qilish  aqliy,  estetik,  iqtisodiy,  ekologik  tarbiyalar  bilan 
mustahkam bog‘lanishi foydali. 
9. Mehnat  amaliy  xarakter  kasbetishi,  ijtimoiy  jihatdan  kerakli  va  foydali  bo‘lishi, 
jamoaning va butun jamiyatning manfaatlariga muvofiq kelishi muhim. 
10.   Mehnat  o‘quvchildarda  ijodiylikni,  faollikni,  tashabbuskorlik  va  mustaqillikni 
hamda manfaatdolikni o‘stirishi kerak. 
11.   Mehnatda sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi  qoidalariga  rioya qilish  darkor 
va hokazi. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling