O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi; Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda: -bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil; - ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil; - uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil; - davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin. Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi. Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo'lib, u 500 turdagi o'rta, oliy professional ma'lumot berishni tavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta'limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta'limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchdlariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori. Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo'lmog'i lozim. O‘qituvchilar o'z nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. o'qituvchilar o'z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda talim yo nalishlari qanday belgilangan? 2. AQSHda ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 3. Yaponiya ta'lim tizimi haqida gapirib bering. 4. Janubiy Koreyada ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 5. Fransiyadagi ta'lim tizimini so'zlab bering. ] 6. Germaniya ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 7. O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan qanday foydalanish mumkin? Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling