O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi; 
Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda: 
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil; 
- ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil; 
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil; 
- davlat  doktorlik  dissertasiyasi  biron-bir  sohani  mukammal  o'rganib  dissertasiya  yozish 
kabi hujjatlar olish mumkin. 
Fransiyada  oliy  malumot  va  ixtisos  beruvchi  oliy  texnologik  institutlar  mingdan  ortiq. 
Ular  odatda  sanoat,  maishiy  xizmat  ko'rsatish,  informatika  mutaxassisliklariga  ixtisoslashgan. 
O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi. 
Sirtqi  talim  shoxobchalari  juda  keng  bo'lib,  u  500  turdagi  o'rta,  oliy  professional 
ma'lumot berishni tavsiya eta oladi. 
Fransiyada  maktab  rahbarligi  lavozimiga  erishmoq  uchun  ta'limga  rahbarlik  qilishdan 
saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab 
iqtisodiyotini  boshqarish,  ta'limdagi  yuridik  masalalar,  qonunchilik,  ota-onalar  bilan  ishlash, 
madaniy  oqartuv  ishlarini  tashkil  etish,  jamoada  yaxshi  psixologik  muhitni  barpo  etish  kabi 
jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars 
bermaydi.  Uning  ish  faoliyatini  ikki  yil  davomida  diqqat  bilan  kuzatib  boriladi.  Shu  ikki  yil 
davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu 
lavozimidan  olib  tashlanadi.  Maktab  o'qituvchdlariga  qo'yilgan  talab  Fransiyada  o'ta  yuqori. 
Ayniqsa,  boshlang'ich  maktablarda  o'qituvchi  o'z  kasbini  ustasi,  ajoyib  notiq,  san'atkor, 
musiqachi,  sportchi,  tashkilotchi,  namunali  xulq-atvor  egasi  bo'lmog'i  lozim.  O‘qituvchilar  o'z 
nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga  ahamiyat  beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish 
uchun  aniq  muddat  belgilab  qo'yilmagan.  o'qituvchilar  o'z  ixtiyorlari  bilan  test  markazlarida 
imtihon  topshiradilar.  Shu  imtihonlar  davrida  o'qituvchi  faoliyatida  ayrim  nuqsonlar  sezilib, 
malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1.  Rivojlangan xorijiy davlatlarda talim yo nalishlari qanday belgilangan? 
2.  AQSHda ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 
3.  Yaponiya ta'lim tizimi haqida gapirib bering. 
4.  Janubiy Koreyada ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 
5.  Fransiyadagi ta'lim tizimini so'zlab bering. ] 
6.  Germaniya ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan? 


7.  O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan qanday foydalanish mumkin? 
 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling