O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Germaniya ta’lim tizimi 
Germaniya talim tizimida maktabgacha tarbiya tizimi ham muhim bosqich hisoblanadi. 
Uning  100  yildan  ortiq  tarixi  bor.  Bolalar  bog'chalari  ta'limning  quyi  bosqichi  hisoblansada, 
lekin  davlat  tizimi  tarkibiga  kirmaydi.  Bog'chalarni  mablag‘  bilan  ta'minlash  turli  jamoat 
tashkilotlari,  hayriya  birlashmalari,  korxonalar,.  xususiy  shaxslar,  diniy  muassasalar 
zimmasidadir.  Ota-onalar  bolalar  bog'chalariga  o'z  farzandlarini  tarbiyalayotganliklari  uchun 
ancha miqdorda pul  tolaydilar. 3  yoshdan 6  yoshgacha bolalarning 80%  bog'chalarga qatnaydi. 
Germaniyada  odatda  bolalar  bog'chada  tushgacha  tarbiyalanadilar.  Kunning  yarmida  esa  uyda, 
oilada bo'ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog'chalar ham bor. 
Majburiy  talim  6  yoshdan  18  yoshgacha  bolgan  bolalarga  tegishli,  ya'ni  bu  jarayon  12 
yil  davom  etadi. Bundan 9  yillik (ba'zi  joylarda 10  yil) maktabda tola haftalik o'qishda o'qiydi. 
o'qish  davlat  maktablarida  tekin.  Xususiy  maktablar  kam.  o'qish  6  yoshdan  boshlanib,  4  yil 
davom  etadi  (faqat  Berlinda  6  yil).  Boshlang'ich  maktabdan  so'ng  o'quvchilar  yo'nalish 
bosqichidagi maktabga o'tadilar. Bu erda 5-6- sinf bosqichidagi . yo'nalish maktablarda maxsus 
dastur  asosida  o'qiydilar.  Keyin  navbatdagi  maktab  tipiga  ko'chadilar:  bular  -  asosiy,  maxsus. 
maktab,  real  bilim  yurtlari.  Deyarli  30%  bola  asosiy  maktabga  o'tadi.  9  yoki  10  yillik  o'qish 
tugatilgandan  keyin  kasbiy  tayyorgarlikka  o'tiladi.  Maxsus  maktablarda  nuqsonga  ega  bo'lgan 
bolalar  o'qiydi.  Real  bilim  yurtlari  asosiy  maktab  va  yuqori  bosqich  maktabi  o'rtasida  turadi. 
Qoidaga  ko'ra  bu  erda  o'qish  6  yil  davom  etadi  (5-10  sinfgacha)  va  tola  o'rta  ma'lumot  berish 
bilan  tugallanadi.  Bilim  yurtini  tugatganlar  o'rta  maxsus  o'quv  yurtiga  yoki  yuqori  bosqichdagi 
hunar-texnika  maktabiga  kirib  o'qish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Germaniyada  gimnaziyalar  ham 
mayjud.  Ular  5-13  sinflarni  o'z  ichiga  oladi.  11-13  sinflar  oliy  o'quv  yurtlariga  tayyorlash 
vazifasini  ham  bajaradi.  Gimnaziyani  bitirganlik  haqidagi  etuklik  attestati  oliy  o‘quv  yurtida 
o‘qish  imkonini  beradi.  Germaniya  talim  tizimida  hunar  talimi  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki 
yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchli. To‘liqsiz o'rta maktabni bitiruvchilarning 20% 
hunar talimi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5-yilni 
tashkil  etadi.  o'qish  uch  bosqichdan  iborat  bo'lib,  birinchi  -yili  asosiy  hunar  ta'limi  beriladi. 
Bunga  o'qitilayotgan  kasbga  taalluqli  maxsus  fanlardan  nazariy  asoslar  berilib,  yirik 
korxonalarda  amaliy  mashg'ulotlar  o'tkaziladi.  Ikkinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  ta'limi 
beriladi,  o'quvchining  birinchi  yilda  ikkinchi  yilga  o'tishi  sinov  imtihonlari  o'tkazilib  o'qishni 
davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi,  
Uchinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  talimi  yanada  chuqurlashtirilib  boriladi.  Bitiruv 
imtihonlari  maxsus  komissiya  tomonidan  qabul  qilinadi.  Komissiya  a'zolari  korxonalarning 
etakchi  mutaxassislari,  federal  erlardagi  sanoat  palatasi,  hunarmandchilik  palatasi  vakillaridan 
tashkil  topadi.  Hunar  maktablarining  diplomlari  oliy  o'quv  yurtlariga  kirish  uchun  huquq 
bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. o'qishga qabul qilish 
imtihonsiz maktab talimi to'g'risidagi hujjatga asosan oshiriladi. 
Oliy maktab o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o'quy yurtini shtatdagi rektor yoki 
bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. o'z-o'zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab 
berilgan  bir  necha  guruhlar  bosqichma-bosqich  ishtiroki  prinsipiga  amal  qilinadi.  Uning 
tarkibiga  professor-o'qituvchilar,  o'quvchilar,  ilmiy  xodimlar  va  boshqa  xodimlar  kiradi. 
Talabalar  o'qishi  erkin  tashkil  etilgan.  Ko'p  sonli  o'quv  bosqichlari  bilan  birga  o'quv  rejalari 
taklif  etiladi.  o'qishga  haq  to'lanmaydi.  Agar  talaba  yoki  ularning  ota-onalari  oziq-ovqat 
harajatlarini  ko'tara  olmasa  o'qish  uchun  moliyaviy  yordam  ko'rsatish  to'g'risidagi  federal 
qonunga ko'ra ular moliya yordami oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo'shib berilsa, 
ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi. 
Mamlakatda talimni isloh qilish masalasi ko'pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda 
o'quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o'qiydi. Ular 
o'qishga  kirganlarigaqadar  korxonalarda  bir  necha  yil  ishlashlari  yoki  bundesverda  xizmat 
qilishini  hisobga  olsak,  talabalar  haqiqiy  mehnat  faoliyatlarini  ancha  kech  boshlayotganligini 
tushunamiz. 
Germaniyada  Xalq  universitetlari  mavjud  bo"  lib,  ular  partiya  va  dindan  tashqari 


muassasa.  Ularning  ko‘pchiligi  kechki  bo'lib,  faqat  1989-yili  universitetlarda  400000  kurslar 
tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mm. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni 
rag'batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag' ajratadi. Malaka oshirish kurslarida 
o'qish  davrida  tinglovchilarga  mablag'  bilan  moliyaviy  yordam  beradilar.  Asosan  ishsizlar  o'z 
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko'proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. 
Yarim  yil  davomida  malaka  oshirgan  ishchilarning  75%  ish  bilan  ta'minlanadi.  Cherkovlar  ham 
fuqarolarning  bilim  darajalarini  oshirishda  faol  ishtirok  etadi.  Evangel  cherkovi  o'zining  15 
akademiyasida dolzarb mavzular bo'yicha konferensiyalar tashkil etadi. 
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga 
katta ahamiyat beradilar. 
Oliy  o'quv  yurtlarida  tadqiqot  bilan  shug'ullanish  ularning  qadimiy  an'analaridan  bin. 
o'tgan  asr  boshlarida  Vilgelm  fon  Gumboldt  pruss  universitetlarini  isloh  qildi,  o'shandan  beri 
«Tadqiqot va o'qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o'quv  yurtlari 
tadqiqotlarining  asosiy  yo  nalishi-fundamental  amaliy  tadqiqot  bolib,  ularga  boshqa  ilmiy-
tekshirish  institutlari,  sanoat  laboratoriyalari  yaqindan  yordam  beradi.  Germaniya  ta'limi  o'ziga 
xos  yo nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta'lim 
tizimini isloh etish yo'lida yangi izlanishlar olib borilmoqda. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling