O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
-Mavzu: Qadimgi Yunoniston va Rimda ta’lim-tarbiya va maktab
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
33-Mavzu: Qadimgi Yunoniston va Rimda ta’lim-tarbiya va maktab
Reja: 1. Quldorlik tuzumi davrida talim - tarbiya. 2. Qadimgi Gresiyada tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar, Afina va Spartada . 3. Pedagogika nazariyasi haqida faylasuf va olimlarning pedagogik nazariyalari 4. Soqrat, Ploton, Aristotellarning pedagogikaga qo‘shgan hissalari. Tayanch so’z va iboralar Quldolik tuzumi davrida jismoniy tarbiya,Sparta davlatida bolalarning davrlarga bo‘linishi,Afina davlatida tarbiya tizimi, Grammatist, Kifarist, Polestra, Efeblar maktablari. Misr, Messopatami, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida insoniyat madaniyatining murakkab formalarini boshqa joylardagiga qaraganda oldinroq vujudga keltirdi. Bu mamlakatlarda katta davlatlar oldinroq paydo bo‘ldi.Yirik quldorlik xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi kalendari bo‘lishi kerak edi. Astranomiya ilmi ana shunday boshlandi. Yer uchastkalarini o‘lchab chiqish, hosilni hisobga olish, inshootlar qurish hisobini qilish kerak edi. Shu tariqa geometriya va arfimetika vujudga keldi. Tabiat to‘g‘risidagi bilimlar qadim zamonlardan beri suratlarda aks ettirildi. Suratlar yordami bilan yozish- piktografiya yozuvi asta- sekin rivojlana bordi. Misr va xitoyda piktogafiya yozuvidan shartli- iyerogliflar (suratlar) bilan yoziladigan yozuv kelib chiqdi. Alfavit yozuvi dastlab xo‘jalik ishlari va boshqa shu kabi ishlarning borishini qayd qilish uchun xizmat etadi. Podsholar saroylarida kotiblar tayyorlaydigan maktablar ochildi. Misrda kotiblar qullarning zehni o‘tkir bolalaridan tayyorlanar edi. Bu maktabda kataklab o‘qitish tartibi hukmron edi. Misrda qadimiy qo‘lyozmalarni birida ―bolaning qulog‘i yelkasidadir‖ (ya‘ni kaltaklasang qulog‘iga kiradi) degan maqol saqlanib qolgan. Turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha hissa qo‘shganlar. M: Xitoyda qog‘oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik sistemasi o‘ylab chiqildi. Sharqiy O‘rta dengiz mamlakatlari shaharlarida eramizdan oldingi davrda savod o‘rgatadigan xalq maktablari bor edi. Bunday maktablar quldorlik davrining oxirida O‘rta Osiyoning ba‘zi shaharlarida ham paydo bo‘ldi. Savod maktablari hamda kohinlarning ta‘lim beradigan maktablari bilan bir qatorda hunar o‘rgatish, shuningdek harbiy jismoniy mashqlarni o‘rgatish tradisiyalari ham vujudga keldi. Har bir hunarmand o‘z hunarini o‘g‘liga o‘rgatishi tabiiy edi. Ilgari vaqtlarda qabilalardagi erkaklarning hammasi harbiy-jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari shart edi. Quldorlik jamiyatida esa bunday mashqlar bilan shug‘ullanish tobora harbiy toifaga xos imtiyozlarning biriga aylandi. Qurol yarog‘ va harbiy texnikaning rivojlana borishi natijasida turli mamlakatlarda o‘q otishni, ot minishni, nayza otishni va boshqa harbiy mashqlarni o‘rgatadigan mutaxassis ustozlar paydo bo‘ldi. Qadimgi Gresiya (Yunoniston) unchalik katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat edi. Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shaxri Afina) Greyiyadagi davlatlarning eng mo‘tabarlaridan edi. Bu davlatlarning har qaysida tarbiyaning alohida sistemalari vujudga keldi va shunga yarasha Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Spartaliklarni bolalari 7 yoshgacha uyda yashar keyin agella deb ataluvchi alohida davlat tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 18 yoshga yetguncha ana shu muassasalada tarbiyalanib, o‘qitilar edi. O‘smirlarni jismoniy jihatdan tarbiyalashga alohida e‘tibor berilar edi. Ularni chiniqtirar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka, chidashga, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatar edilar, Harbiy gimnastika mashqlariga ko‘p e‘tibor berar edilar. ―O‘qish va yozishga kelganda,- deb yozgan edi grek tarixchisi Plutarx, - bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad, hyech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi‖. Yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz qilib, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalash alohida vazifa qilib qo‘yilgan edi. Davlat rahbarlari yoshlar bilan suhbat o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. 18-20 yoshga yetgan yigitlar alohida efeblar guruhiga o‘tkazilar va harbiy xizmat o‘tar edilar. Qizlarga harbiy va jismoniy tarbiya berishga katta e‘tibor berilar edi. Buning sababi shu ediki, erkaklar qullar qo‘zg‘alonini bostirmoq uchun yoki urushlarga ketgan vaqtlariga shaharni va uy xonalarini himoyasiz qoldirib ketishga majbur bular edilar. Bunday paytlarda qurlollangan xotin-qizlar quruqchilik vazifasini o‘tar, qullarni itoatda tutar edilar. Afina tarbiyasi boshqacha yulga quyilgan edi. Afinadagi iqtisodiy xayot Spartadagi kabi cheklanib qolgan xayot emas edi. Qullar xususiy mulk xisoblanar edi. Afinada eramizdan avvalgi V-IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar edi. Qiz bolalar esa oilada tarbiyalana berar, ro‘zg‘or ishlarini o‘rganar edi. Afinada xotin qizlarning xayoti umuman uy doirasidan chiqmas va ichkarida o‘tar edi. Dastlab bolalar 17 yoshdan 13-14 yoshgacha grammatist va shfarist maktablarida o‘qitilar edilar. Bular haq olib o‘qitadigan xususiy maktablar edi, shuning uchun xam erkin, lekin puli bo‘lmagan grajdanlarning bolalaridan anchagina qismi bunday maktablarda ta‘lim ololmas edi, maktablarda didaskal deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar edilar. O‘g‘il bolalarni maktabgacha qullardan biri boshlab borar edi, bunday qul pedagog deb atalar edi. Grammatist maktabida o‘qish, yozish va xisoblash o‘rgatilar edi. Bunday maktabda harflarni hijjalab o‘qitish metodi qo‘llanilar edi bolalar harflarni nomlarini dlab olar, so‘ngra shu harflarni qo‘shib bug‘inlar yasab, bug‘inlarni qo‘shib so‘zlar yasar edilar. Kifaristlar maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar edi:unga muzika, ashula o‘rgatilar (Illiada va Odiseya) dan olingan parchalar o‘qitilar edi. O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan keyin polestra (―kurash maktabi‖)deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki uch yil da‘vomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Yoshlarning badavlatroq oiladan bo‘lgan qismi, polestrani tamomlaganidan keyin gimnasiyga kirar edi. Nixoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada 18-20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni da‘vom ettirar edilar. Otalar o‘z bolalariga kasb hunar o‘rgatar, bu tabaqaning bolalaridan ba‘zilar o‘z otalaridan savod o‘rganar edilar. Quldor zodoganlar mehnat bilan shug‘ullanuvchi erkin aholiga nafrat bilan qarar edilar. Qullarni esa ―gapiradigan ish quroli‖ debgina hisoblar edilar.Qadimgi Gresiya olimlari va faylasuflari Sokrat, Aristotel va Demokrit jamoat oldida so‘zlagan nutqlari va ilmiy asarlarida o‘zlarining tarbiya va ta‘lim to‘g‘risidagi fikrlarini juda ravshan ifoda etganlar.Sokrat eramizning avvalgi 469-399 yillar o‘zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay, konservativ zamindor arestokratlarning ideologi edi. Sokratning fikricha tarbiyada kutilgan maqsad buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki shining o‘z-o‘zini bilib olish ahloqni kamol toptirish bo‘lmogi lozim.Qadimgi Gresiyaning mashxur faylasufi Platon eramizdan ilgarigi (427-347) idealist faylasuf, Sokratning shogirdi.Platonning fikricha, davlatni maqsadi oliy ezgulik ideyasiga yaqinlashishdir, bu ideya asosan tarbiya yuli bilan ro‘yobga chiqadi. Platonning fikricha 3-yoshdan boshlab, yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar bilan shug‘ullanadilar. Platon uyinlarni maktabgacha tarbiya vositasi hisoblab, ularga katta ahamiyat berdi. Bolalar 7-12 yoshgacha davlat maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda ularga o‘qish, yozish, hisob, muzika va ashula o‘rgatiladi. Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi gimnastika mashqlari o‘rganilayetgan, pomstrada,ya‘ni jismoniy tarbiya maktablarida o‘qiydilar Polestrani tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshga yetguncha, arifmetika, geometriya va astronomiyani o‘rganadilar, 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar efiblida tarbiyalanadilar, ya‘ni harbiy gimnastika tayyorgarligini o‘tadilar, aqliy mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar 20 yoshidan boshlab jangchilar qatoriga o‘tadilar. Quldorlik tuzumi davridagi ta‘lim-tarbiyaning ahamiyati hozirgi ta‘lim-tarbiyaga kattadir. Chunki, ta‘lim-tarbiyadagi ba‘zi bir prinsiplar hozir ham saqlanib qolgan.Biz yosh avlodga tarbiya berishda albatta o‘tmishimizdagi ta‘lim-tarbiya to‘g‘risida to‘xtalib, undan foydalanishimiz lozim. Hozirgacha quldorlik tuzumidagi tarbiyaviy ta‘limiy uslublar davom ettirilib kelmoqda. Ba‘zi mamlakatlarda albatta, xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta‘lim-tarbiyaning rivojlanishida quldorlik tuzumi davrini ham ahamiyati beqiyosdir. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling