O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Abdurauf Fitrat XX asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi uchun kurashgan jadid harakatining namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat bo‘lib, u yirik davlat arbobi, yetuk olim, mohir pedagog va buyuk ma‘rifatparvar ham edi. Abdurauf Fitrat 1886 yili amirlikning poytaxti Buxoro shahrida tug‘ildi. «Fitrat» Abduraufning taxallusidir, bu so‘z «tug‘ma tabiat», «tug‘ma iste‘tod» degan ma‘nolarni anglatadi. Abdurauf dastlab eski maktabda, so‘ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko‘radi. Abdurauf Fitratning ijodiy faoliyati Turkiyada boshlandi. U islohotchilik yo‘liga kiradi. Uning jamiyatni isloh qilish haqidagi g‘oyalari 1909 yili fors tilida Turkiyada yozilgan dastlabki asarlari «Hindistonda bir farangi ila bir mudarrisning bir necha masala ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi »(1909 y) va «Hind sayyohi bayonoti»da (1911 y) ifodalanadi. 1913 yili 4 yillik o‘qishdan so‘ng Fitrat ilg‘or qarashlari bilan Buxoroga qaytadi. Yangi usul maktablari ishlarida faol ishtirok etadi. Fitrat turli bilim muassasalari uchun qator darslik va qo‘llanmalar yaratadi. 1917 yili uning «Ibtidoiy maktablarning so‘nggi sinflar uchun mo‘ljallab tuzilgan o‘zbek tilidagi o‘quv darsligi» Bokuda nashr etiladi. Uning turli mavzudagi publisistik maqolalari o‘sha davr matbuotida tez-tez e‘lon qilib turiladi. Ayniqsa, «Ittifoq etaylik», «Yurt qayg‘usi», «Maorif ishlari», «Maktab ishlari», «Maktab kerak», «Tilimiz» kabi maqolalar bevosita maorif masalasiga bag‘ishlangan edi. Adib 1918 yilning aprelida Toshkentga kelib o‘qituvchilik qilagan. Shu bilan birga u Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. U jamiyat safida madaniyatimiz tarixida alohida kasb etgan o‘tmish ilmiy, adabiy va madaniy merosimizni o‘rganish va ulardan xalqni bahramand etish, avlodlarni aedodlarning o‘lmas ruiyati bilan bog‘lshada katta xizmat qilgan. Fitrat 1921 yili Buxoroda hukumat bilan ochilgan Sharq musiqa maktabining tashabbuskori bo‘ladi va maktabga o‘z hovlisini hadya etadi. 1922-1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o‘zbek, tojik va bosha millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o‘qituvchilarga metodik qo‘llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko‘paytirishga, xotin-qizlarni ma‘rifatga tortishga alohida e‘tibor beradi. Fitrat 1920-1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi. U bu yillari Lazerev nomidagi Jonli sharq tillari institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi, shu yerda va Leningrad universitetida ma‘ruza o‘qiydi. Leningrad universiteti uni klassik adabiyot namoyondalari to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvoniga tavsiya qiladi. Jonli sharq tillari institutining ilmiy kengashi unga professorlik unvoni berish tavsiyani tasdiqlaydi. Fitrat O‘rta Osiyoning birinchi professori bo‘lib tarixga kiradi. 30-yillarga kelib Fitrat ijodidan «Panturkizm», «Millatchilik» g‘oyalari axtarilib, uni qoralash boshlanadi. U 1937 yilning 23 aprelidan 24 apreliga o‘tar kechasi hibsga olinadi. «Xalq dushmani», «Millatchi» kabi ayblar qo‘yilib, sud Fitratni 1938 yil 5 oktyabrda otishga hukm qiladi. Bu hukm bir kun oldin ijro etiladi. Abdurauf Fitrat O‘zbekistonda maktab va ta‘lim- tarbiya rivojiga katta hissa qo‘shgan yetuk ma‘rifatparvar va mohir islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida qoldi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling